Get Mystery Box with random crypto!

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash o'z faoliyatini boshlad | A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti

Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash o'z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining tegishli qaroriga muvofiq, A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti huzuridagi PhD.28/30.12.2019.Ped.68.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash va ilmiy seminar tarkibi sohadagi fan doktorlari va professorlardan iborat holda yangidan shakllantirilib, qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda tasdiqlangan edi.

Kuni kecha Ilmiy darajalar beruvchi
mazkur ilmiy kengashning 1-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi hamda ilmiy kengash va ilmiy seminar faoliyatini ochiq, shaffof tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalar ko'rib chiqildi.

OAK rayosati qarori bilan Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertatsiyalar himoyasiga ruxsat berildi:

13.00.02-Ta‘lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktab ta‘limi yo‘nalishi);

13.00.07-Ta‘limda menejment (maktab ta‘limi yo‘nalishi);

bir martalik ilmiy kengash tuzish asosida 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta‘limotlar tarixi (maktab ta‘limi yo‘nalishi).

Milliy-tadqiqot institutining rasmiy sahifalarini kuzatib boring

Telegram | Facebook
YouTube |  Instagram