Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-09-13 20:38:45
#IndependentCommission_uz

@alisherQodir
2.1K viewsedited  17:38
Ochish/sharhlash
2022-09-13 19:04:02 Dunyodagi murakkab vaziyat barcha uchun birdek xavotirli.

#SCO2022Samarkand

Insoniyat millionlab qurbonlar evaziga erishgan muvozanatini haqligidan shubha qilmayotgan yirik davlatlar oʻz manfaatlari yoʻlida “oʻyin qilayotgan” bir vaqtda, 15 ta davlat va 10 dan ortiq xalqaro tashkilot rahbarlari jam boʻladigan SHHTning Samarqand sammiti muhim xulosalar uchun imkoniyatga aylanishi kutilmoqda.

SHHT Oʻzbekiston raisligi davrida, katta yoki kichikligiga qaramasdan, teng va manfaatli hamkorlikdan manfaatdor boʻlgan dunyoning yarmini jamlab, koʻplab davlatlar uchun ham jozibali tashkilotga aylangani eʼtirof etilmoqda.

Ushbu eʼtiroflar bilan birga, tinchimas urush mafkurachilari tomonidan Samarqand sammiti qarshi koalitsiyani shakllantirishi mumkinligi haqidagi “bashorat”lar paydo boʻldi.

Oʻzbekiston Prezidentining maqsadi batafsil yoritilgan, tinchlik va barqarorlik, oʻzaro manfaatli iqtisodiy va siyosiy ustuvorliklarni Samarqand ruhida umumlashtirgan takliflaridan iborat Samarqand sammiti haqidagi maqolasi oʻz vaqtida eʼlon qilindi va koʻplab taxminlarga javob boʻldi.

Dunyo shiddat bilan oʻzgarmoqda. Bugungi reallik qanchalar mustahkam va kuchli boʻlmasin, hech kim yakka holda barqaror jamiyat qura olmasligini koʻrsatib berdi. Yaqin tarixda shunday xomxayol insoniyatni ikkita lagerga boʻlgan va bir tomonni taraqqiyotdan ortda qolib ketishiga olib kelganini dunyo hamjamiyati unutmagan.

Prezident Sh.Mirziyoyev xalqlarimiz yana boʻlinish va tortishish emas, qitʼalar, mintaqalararo transport yoʻlaklarini ochish, oʻzaro manfaat keltiradigan savdo-iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish, taraqqiyot yoʻlida hamkorlikni mustahkamlash va madaniyatlararo doʻstona muloqot talab qilayotganini yozmoqda.

Shu nuqtai nazardan, bir necha ming yillik tarixida borlik va yoʻqlikdan sadoqat va xiyonatgacha barchasini koʻrgan Samarqandda, unda mangu qoʻnim topgan, adolatga kuch ishlatish bilan erishib bo’lmasligini vasiyat qilgan Amir Temur vatani Oʻzbekiston zaminida dunyoda tinchlik va barqaror taraqqiyot ruhi tiklanishi kerak. Butun dunyo shunga umid qilmoqda.

@alisherQodir
2.9K views16:04
Ochish/sharhlash
2022-09-11 17:53:21 Ijod erkinligi xalqni taraqqiyoti uchun xizmat qilishi kerak, yemirilishi uchun emas.

Qonun - xalqning axloq mezonlariga qarshi bo’lsa, o’zgarishi shart.

@alisherQodir
2.3K viewsedited  14:53
Ochish/sharhlash
2022-09-06 14:57:43
#IndependentCommission_uz

Комиссия аъзоларининг Даулетмурат Тажимуратов билан учрашувида нималар очиқланди?
___
Что выяснилось на встрече членов комиссии с Даулетмуратом Таджимуратовым?
___
What was revealed at the meeting of the members of the commission with Dauletmurat Tajimuratov?

каналга уланиш
https://t.me/ombudsmanuz

Cайт |Telegram | Facebook | Instagram | Twitter | Youtube
556 views11:57
Ochish/sharhlash
2022-09-06 08:29:37 Sovet davlatida ham hamma narsa tekin edi…
1.0K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-09-06 03:50:37
Ta'lim davlat kafolatida

Fraksiya yig'ilishida “Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari budjetlarining 2022 yil I yarim yilligidagi ijrosi” muhokama qilindi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram l Website l Facebook l Instagram l Youtube
20 views00:50
Ochish/sharhlash
2022-09-02 05:48:03
Bugun Oʻzbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov vafot etgan kun. Oxiratlari obod boʻlsin.

Mustaqillikning birinchi, murakkab va tahlikali davrida sovuqqon, qattiqqoʻl va dono rahbarlik uchun minnatdormiz.

Oʻzidan oldingi rahbarni qora qilish illatidan qutilganimiz davlatchiligimiz uchun juda katta muvaffaqiyat. Bu muvaffaqiyatni qadriyatga aylantirish lozim.

Oʻtgan kunlardan toʻgʻri xulosa qilib, kelajak uchun rahbari atrofida mustahkam birlashaoladigan oʻzbek xalqini Yaratgan o’z panohida asrasin.

@alisherQodir
1.9K viewsedited  02:48
Ochish/sharhlash
2022-09-01 19:05:42 Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha qilgan maʼruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinni asossiz talqiniga suyanib xato xulosalarga sabab boʻlibdi.

Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin oʻtmishning qora kunlarini eslatib oʻtdi. Oʻsha qora kunlarda xalqimizning eng ilgʻor fikrlovchi qatlamlarning yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolarni takrorlanishiga olib kelishi mumkin.

Prezident nafaqat oʻzbek, balki oʻsha davrda sovet davlatida yashagan barcha millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahshiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglash va toʻgʻri talqin qilish uchun katta tarixchi boʻlish shart emas, menimcha.

Hamkasblarimga shunday ham murakkab boʻlgan muhitni yana murakkablashtiradigan, mintaqadagi tinchlik va osoyishtalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilishni tavsiya qilaman. Zero bundan hech kim yutmaydi!

Oʻynab gapirsak ham, oʻylab gapiradigan vaqtda ishlayapmiz.

@alisherQodir
100 viewsedited  16:05
Ochish/sharhlash
2022-09-01 07:59:50 Mustaqillikning 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirda davlat rahbarining so’zi va sahnada ko’rganlarimdan qisqa xulosalarim: 

Taʼlim, taʼlim va yana taʼlim… Oʻzbekistonning porloq kelajagi uchun raqobatbardosh, fobiyalardan qutulgan yangi avlodni tarbiyalash zarur. Ozodlik va milliy taraqqiyot uchun kurashib qurbon bo’lgan bobolar o’gitlari va taqdiridan toʻgʻri xulosalar chiqarishimiz kerak.

Adolatli sud boʻlmas ekan, hech nima boʻlmaydi!

Odamlarga tadbirkorlik orqali daromad qilish va yaxshi yashashga sharoit yaratish orqali sovet davridan orttirilgan, millatimizga xos bo’lmagan illat - boqimandalik kayfiyatini yo’q qilish kerak.

Ishlamagan tishlamaydigan, ishlaganlar, istasa, ishlamagani uchun muhtoj bo’lib qolganlarga yordam beradigan, bunday yordam davlat tomonidan rag’batlantiriladigan jamiyat qurishimiz kerak.

Davlat qudratli, fuqarolari sahovatli bo’lsin.

Insonni qadrlash uni salomatligiga sifatli xizmat qilish va toza ichimlik suvi bilan taʼminlashdan boshlanishi kerak.

Muhim xulosalardan biri, bugungi beqaror va notinch dunyoda mustaqillikni asrash va barqaror rivojlanish uchun qondosh mamlakatlar bilan harakatlar va qarashlarda uygʻunlikka erishish zarur.

Qiyomatgacha O’zbekistonimiz mustaqil, xalqimiz ma’rifatli va munavvar bo’lsin!

@alisherQodir
378 viewsedited  04:59
Ochish/sharhlash
2022-08-30 10:37:16
Gumonlanayotganlarni ota-onalariga va jamoatchilikka topshirayapmiz. Ota-onalarning ko’z yoshlariga chidash qiyin!

Otani o’ksitib, onani yig’latib, farzandlarni sargardon qilib millatimni o’ylayapman deganlarga ishonmayman!


@alisherqodir
1.1K viewsLobar Ali, 07:37
Ochish/sharhlash