Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 3

2022-11-26 10:14:31 Zo’riqish bo’lmasa harakat bo’lmaydi. Harakat bo’lmasa hech narsa bo’lmaydi…

Rabbimov bilan hamfikrman.


@alisherQodir
767 views07:14
Ochish/sharhlash
2022-11-24 16:45:40 Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritish boʻyicha qonun loyihasi deputatlarning koʻplab takliflaridan kelib chiqib masʼul qoʻmitalarga takomillashtirish uchun qaytarildi.

Bu qarorni ma’qullamadim, lekin bildirilgan ko’p takliflar asosli va jiddiy o’rganib chiqish kerak, deb o’ylayman.

Ishlashda davom etamiz…

@alisherQodir
708 views13:45
Ochish/sharhlash
2022-11-24 09:45:43 Konstitutsiyaga o’zgartirishlar kiritilmoqda…

Konstitutsiyaning 76 ta moddasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar bilan birga, 15 ta yangi modda va 1 ta yangi bob kiritilmoqda. Loyihada fuqarolar tomonidan taqdim qilingan 160 mingga yaqin takliflardan ham keng foydalanilgan.

Milliy tiklanish” va OʻzLiDeP partiya fraksiyalari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi muhokamasiga kiritish tashabbusini qoʻllab-quvvatladilar.

@alisherQodir
1.4K views06:45
Ochish/sharhlash
2022-11-22 20:21:08
Davlat byudjetidan aholiga uy-joy olish uchun koʻmak sifatida rejalashtirilgan 668 mlrd. soʻmni 83 foizi ajratilgan.

Lekin bu kam daromad, uyga muhtoj fuqarolarimizni ogʻirini yengil qilmayapdi.

Maqsad fuqaroni uylik qilish boʻlsa, puli toʻlangan uyni fuqaroga foizsiz, uzoq muddatli ipoteka qarzi sifatida taqdim etaylik.


@alisherQodir
1.0K viewsedited  17:21
Ochish/sharhlash
2022-11-18 10:44:55
O’zbekiston yoshlari bayrog’imiz haqida nimalar deyishmoqda…

@alisherQodir
664 viewsedited  07:44
Ochish/sharhlash
2022-11-18 06:08:43
Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi dunyoga kelgan kun.

Bayroq - har qanday davlatning eng koʻp foydalanadigan va davlat haqida birinchi xulosalarni paydo qiladigan ramz.

Oʻzbekistonimiz bayrogʻini koʻrganlar oʻzbeklarni musaffo ruhidek lojuvard, begʻubor, imonga toʻlgan yuragidek sof, barokatga burkangan yashil diyorida ajdodlardan qadriyatlarni avlodlarga uzatayotgan jon tomirlarimizni koʻradi. Uning hilpirashi xalqimizning mujassam ummon toʻlqinlaridek taraqqiyotga intilayotgan tafakkuriga dalolatdir.

Bayroqqa qilingan xuruj Ona, farzand va Vatanga qilingan xurujdek qabul qilinmas ekan u ishonch bilan hilpiray olmaydi, atrofiga millatni birlashtira olmaydi.

Toʻrt ranglimizni yaxshi koʻraylik, atrofida mustahkam birlashaylik va baland koʻtaraylik-ki, toki u qiyomatgacha Oʻzbekistonimizdek emin-erkin va ozod hilpirasin!

@alisherQodir
1.1K viewsedited  03:08
Ochish/sharhlash
2022-11-17 07:35:30 Gaz va elektr haqida…

Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o’zgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar o’zgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta'minlashda sifat o’zgarmaydi.

Izoh beraman…

Sifatli ta’minot uchun yaroqli tarmoqlar bo’lishi kerak. Tarmoqlar yaroqli bo’lishi uchun muntazam va qimmat ta’mir ishlari talab qilinadi. Bu byudjet uchun og’ir, qarzga qilish - teshik idishga suv quygandek gap, investorlar esa davlat bilan sherikchilik qilishni istashmaydi.

Energiya sotish kompaniyalari o’zi daromad ko’rmagunicha sohada o’zgarish bo’lmaydi.

Gaz ham elektr ham bor, yetmasa sotib olish imkoniyati bor, lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirib ketgan. Aholini elektr va gaz bilan ta’minlashdagi muammo resurs yetishmovchiligi emas, boshqaruv va ta’minot tizimini eskirganida.

Istaganingizcha Energetika vazirini (yoki meni, farqi yo’q) tanqid qilishingiz mumkin, sohada hammamiz uchun og’ir va og’riqli, vaqt talab qiladigan islohotlar bo’lmas ekan, muammo turaveradi.

@alisherQodir
5.5K views04:35
Ochish/sharhlash
2022-11-15 14:43:52
Maktabgacha boʻlgan davr bola ongu-tafakkurining 80 foizgacha qismini shakllantiradi.

Demak, shu davrda berilgan tarbiyaning mazmuni yaqin 15-20 yilda jamiyatda ma’naviy, milliy va ijtimoiy qadriyatlarga munosabatni belgilab beradi. Bu davr mamlakat kelajagini belgilaydigan poydevor davr ekanligini hech kim inkor qilmaydi.

Toshkentda Maktabgacha taʼlim vazirligi YUNISEF bilan hamkorlikda, ilk davr tarbiyasini tashkil qilish bilan bogʻliq xalqaro konferensiya oʻtkazmoqda.

Konferensiyada Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev 3 millionga yaqin 6 yoshgacha bolalarimizni tarbiyalash yo’lida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va belgilangan rejalarni o’z ichiga olgan mazmunli maʼruza bilan ishtirok etdi.

@alisherQodir
1.7K viewsedited  11:43
Ochish/sharhlash
2022-11-14 16:24:37 Yaxshi yashash uchun non ham, suv ham kerak. Noningiz boʻlsa-yu, suvingiz boʻlmasa, noningizdan berib suv olasiz.

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida nizoga sabab boʻlib kelayotgan hududiy muammolar ikki davlat rahbarlarining siyosiy irodasi bilan yechimini topmoqda.

Bugun Qonunchilik palatasiga kiritilgan O’zbekiston va Qirg’iziston chegaralarining alohida qismlari to’g’risida va Andijon suv omboridan birgalikda foydalanish to’g’risidagi qonun loyihalari koʻpchilik ovoz bilan maʼqullandi.

Markaziy Osiyo - qondosh xalqlarning talashib-tortishadigan emas, maslahatlashib, kelishib, birgalikda rivojlanadigan mintaqaga aylanishi kerak.

@alisherQodir
1.5K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-11-14 15:15:48 Qondosh Turkiyaning Istanbul shahridagi pastkash terrorchilik harakatini laʼnatlaymiz.

Halok boʻlganlarni Alloh rahmat qilsin, yaqinlariga sabr toqat bersin. Yaralanganlarga shifo tilaymiz.

Terroristlar anglashlari kerak bo’lgan haqiqat shuki, qondosh Turkiyani bunday nomard hujumlar bilan qoʻrqitib boʻlmaydi.



Kardeş Türkiye’nin İstanbul şehrindeki kalleş saldırıyı kınıyoruz.

Hayatını kaybedenlere Allahtan rahmet, yakınlarına sabr, yaralılara acil şifalar diliyoruz.

Terroristler anlamaları gereken gerçek - kardeş Türkiye’yi böyle namert saldırılarla korkutmak mümkün değildir!

@alisherQodir
1.5K viewsedited  12:15
Ochish/sharhlash