Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-12-09 17:20:40
Meni ham uyimda kuniga 3-4 soat elektr uzilayapdi, issiqlik tushib ketayapdi, 8-qavatga piyoda chiqayapmiz… Hozir hech kimga oson emas.

Shunday bo’lsa ham biz uchun kun-u tun ishlayotgan energetiklar mehnatini qadrlaylik!

Tizimdagi keng ko’lamli muammolar qisqa vaqtda paydo bo’lmagan va qisqa vaqtda bartaraf etilishining imkoni yo’q.

Bu qiyinchiliklarni mustahkam birlashib yengishimiz kerak!

@alisherQodir
862 viewsedited  14:20
Ochish/sharhlash
2022-12-09 10:39:16 Taraqqiyotchi xalqparvar jadidchilar tomon tanlashda adashganlari, umrlariga zomin bo’libgina qolmay, xalqimizni taraqqiyotdan kamida 100 yil orqaga otib yuborgan…

Yo’qotadigan hassamiz ham, yo’qotishga haqqimiz ham yo’q! Fitna - fasodlar ichimizdan zarar bermasa, tashqi bosimlarga immunitet yetarli.

Bishkekka tashrifni kechiktirilishi juda to’g’ri qaror.

@alisherQodir
1.6K viewsedited  07:39
Ochish/sharhlash
2022-12-08 08:17:45 Bugun Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30 yil boʻldi.

Barcha vatandoshlarni samimiy tabriklayman.

Konstitutsiya - fuqarolar va davlat orasidagi kelishuvning umumiy shakli boʻlsa, qolgan barcha tafsilotlar qonunlarda aks etadi.

Bu kelishuvdan maqsad fuqaroni ham, davlatni ham huquq va majburiyatlarini belgilash, shu orqali fuqaroga xotirjam hayot, davlatga barqaror taraqqiyotni kafolatlashdir.

Tomonlar huquqlarini talab qilish bilan bir qatorda, qabul qilgan majburiyatlariga masʼuliyat bilan amal qilishlari asosiy, hal qiluvchi masala.

Qolaversa, bu kelishuv oʻzgarmas emas, fuqarolar yoki davlatning oʻzgarib boradigan ehtiyoj va manfaatlariga muvofiq oʻzgarishlar qilish ham oʻz qoʻlimizda.

@alisherQodir
762 views05:17
Ochish/sharhlash
2022-12-05 08:29:56
Energiya sotishni xususiylashtirishning oqibati

100 so’mga ishlab chiqarib 101 so’mga sotasan, qanoat bilan 1 so’m daromadga rozi bo’lasan. Shu 1 so’m ham 1 milliardga aylanadi. 990 millionini bozorni ushlab turish uchun tarmoqlarni ta’mirlashga sarf qilasan.

100 so’mga ishlab chiqarib 25 so’mga sotsang, 75 so’mini qarzdan qoplab, tarmoqni
3-4 yilda bir marta byudjetdan orttiraoladigan pulga ta’mirlasang… qish sovuq, qor va deputatlar, ularga bog’liq bo’lmasa ham, odamlarga qora ko’rinaveradi.
1.2K views05:29
Ochish/sharhlash
2022-12-03 06:51:03
Siyosatdagidek futbolda ham hammasi ko’ringanidek emas…

Hamma qo’rqayotgan jamoani yutganlarni avval siz yutib qo’ygan bo’lishingiz mumkin…

Hamma qo’rqayotgan, sizni o’ziga muhtoj deb biladiganlar, sizga muhtoj bo’lib qaroringizni kutishi mumkin…

Bu futbol jo’ralar, ishlash kerak, urushmasdan.

@alisherQodir
1.3K viewsedited  03:51
Ochish/sharhlash
2022-12-01 07:21:13 O’zbekistonda tuhmat qilsa ham xorijiy investor haq bo’ladigan zamonlar tugaganini #minervaworld bilmagan.

O’zimizning do’ppini o’zimizga kiydirib daromad reja qilgan “xorijiylar” xulosa qilishi kerak.

Ishonchimizni suiste’mol qiladigan bunday “xorijiy investorlar” asosan hududlarga ko’z tikishidan kelib chiqsak, viloyat rahbarlari Ortiqxo'jayev bilan maslahatlashib turishsa bo’larkan.

Biz o’zaro hurmat va manfaat asosida hamma bilan hamkor va do’stmiz.


@alisherQodir
2.7K views04:21
Ochish/sharhlash
2022-11-30 18:38:38 Insonni boshiga keladigan har qanday fojia, avomligi yoki bilimsizligidan boʻlar ekan…

Bugun Qoraqalpog’istondagi tartibsizliklar bo’yicha sud, sudlanuvchilarni tinglashda davom etdi.

Barcha sudlanuvchilar video chaqiriqlarga aldanganini, xato xulosa qilganini, xatoni tez anglab yetgani va kech boʻlsa-da, tuzatishga harakat qilganini, chin dildan pushaymon ekanligini gapirmoqda.

Hamma koʻrsatma berayotganlar Tajimuratovga nafrat sochayapdi. Sudya koʻrsatma berayotganlarni ogohlantirib charchadi, lekin foydasi bo’lmayapdi.

Tajimuratov sudyadan uning koʻrsatma berish navbatini sogʻligi bilan bogʻliq muammo sababli kechiktirishni soʻradi.

Sudya Tajimuratovni bironta ham iltimosini rad etmayapdi…

Uzr, bitta iltimosini rad etibdi: sudda adolatni taʼminlash uchun Qurʼoni Karimni ushlab qasam ichish soʻrovi qabul qilinmadi.

@alisherQodir
2.5K viewsedited  15:38
Ochish/sharhlash
2022-11-29 17:01:02 ​​Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar boʻyicha sudning ikkinchi kuni.

Bugun sudlanuvchilarning koʻrsatmalarini eshitish boshlandi.

Eshituv sudlanuvchi Turdanovning kutilmagan bayonoti bilan boshlandi: u barcha sudlanuvchilar nomidan sudlanuvchi Tajimuratovni ulardan alohida oʻtkazishni soʻradi. Sudlanuvchi Tajimuratovni qolganlarni “xoinlar”, “qoʻrqoqlar” deb haqorat qilgani sudlanuvchilar orasida janjalga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Sud, ichki ishlar xodimlarini tartibni saqlashga tayyor ekanliklarini aytib, iltimosni rad etdi.

Qiyin va ogʻir muhit… Pushaymonlik, afsus, nadomat.

Bironta sudlanuvchi oʻzi gapini tugatmaguncha toʻxtatilmayapdi.

Kimdir tugʻilgan farzandini koʻzi bilan koʻrmagan, kimdir
uzoq tayyorgarlik koʻrgan jahon chempionatida ishtirok etolmadi, kimdir Britaniyaga oʻqishga ketishi kerak edi, kimningdir onasi ogʻir kasal…

Sudya protsess talablariga metindek amal qilayapti.

Sudlanuvchi Kallixanova juda taʼsirchan gapirdi. Tartibsizliklarda vafot etgan har bir insonni vijdoniga yuk sifatida qabul qilganini, buni hech qanday qamoq jazosi ketkaza olmasligini aytib yigʻlab yubordi: “Biz juda jiddiy xato qildik!Mamlakatimizga tosh otdik, mamlakatimiz esa bizga uch mahal issiq ovqat berib, issiq-sovugʻimizni oʻlchab oʻtiribdi. Judayam pushaymonman… “

Sudlanuvchi Tajimuratov sudlanuvchilarga savol berish huquqidan juda samarali foydalanayapdi, deyarli barcha koʻrsatmalardan keyin sudlanuvchilarga oʻnlab savollar berib, uning ortidan ergashganlarni jinoyatchi ekanliklarini isbotlab berishga harakat qilayotgandek taassurot uygʻotmoqda…

Ertaga koʻrsatmalarni tinglash davom ettiriladi.

@alisherQodir
1.2K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2022-11-28 17:22:36 Sudning birinchi kunidan taassurotlar:

- jarayon toʻliq qoraqalpoq tilida olib borilmoqda. Qoraqalpoqcha ham turkiy, qondoshlarimizning tili, tushunayapmiz;

- JPK da qanday yozilgan boʻlsa nuqta, verguligacha amal qilinmoqda. Prokuror ayblov xulosasini naqd 4 soat oʻqib eshittirdi;

- sudlanuvchilarga yondashuv shunchalar insonparvarki, advokat va sudlanuvchilarning barcha iltimoslari qabul qilindi;

- sudlanuvchilar barcha ayblovlarni toʻliq va qisman tan olishdi.

Haqiqiy sud jarayonini koʻrayapmiz. Aslida shunday boʻlishi kerak.

@alisherQodir
671 viewsedited  14:22
Ochish/sharhlash
2022-11-28 07:47:34 Sud boshlandi…

Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklarni betaraf oʻrganish maqsadida tashkil etilgan komissiya, tartibsizliklarga aloqador barcha bilan yaqindan ishladik.

Hammaga namoyish qilinmagan ko’p ma’lumotlarni o’rganishda davom etayapmiz.

Komissiya yordami bilan 107 nafar tergov hibsxonasidagi fuqarolar shartli ozodlikka chiqarildi.

Komissiya bugun, Buxoroda boshlanadigan sud jarayonlarini bevosita sud zalidan kuzatib boradi.

@alisherQodir
1.1K viewsedited  04:47
Ochish/sharhlash