Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-11-11 18:31:10 Human Rights Watch (HRW) Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar bilan bogʻliq tahlillarini eʼlon qilibdi.

Komissiya aʼzosi sifatida, qabul qilgan majburiyatimdan kelib chiqib batafsillashmayman, lekin, HRW tahlillarining koʻp qismida tasdiqlanmagan, taxminlarga tayangan va xato xulosalar chiqarilgan.

"Betartib kuch ishlatilgan yoki hayot uchun xavf boʻlmagan holda oʻqotar quroldan foydalanilgan", degan xulosaga kelish uchun ishonchli voqealar video-xronologiyasi bilan yaxshilab tanishib chiqish kerak. HRWda komissiyadan farqli oʻlaroq bunday imkoniyat boʻlmadi, albatta.

Menga qolsa, shaxsiy fikrim, olomonni eyforiyada fojiali ehtiyotsizligi va uning oqibatlari haqida gapirish mumkindir, ehtimol.

Komissiya oʻz ishini davom ettirayapdi. Bizga ishonchli va batafsil xulosalar uchun vaqt kerak.

Tarkibi xalq saylagan vakillar va nodavlat tashkilotlardan iborat boʻlgan komissiyaning erkinligiga shubha bilan qarash hammamiz huquqlarini himoya qilish uchun jon kuydirayotgan insonlarga nisbatan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.

@alisherQodir
584 viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2022-11-11 05:44:41
Ayblov rasman rad etildi. Ukraina elchisiga eʼtiroz yetkazildi.

Urush holatidagi razvedka ehtimollarni kengroq olishini tushunaman, lekin bu darajada adashish davlatlarimiz orasiga sovuqlik tushirishni maqsad qilgan kuchlarni “maxsus operatsiyasi” boʻlib chiqmasligiga umid qilaman.

Ukrainaga tezroq tinchlik qaytsin.

@alisherQodir
1.2K viewsedited  02:44
Ochish/sharhlash
2022-11-10 05:01:56
Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi, tarixiy sammiti oʻz ishini boshladi.

Tili, tarixi va qadriyatlari umumiy boʻlgan davlatlar tomonidan maqsad va manfaatlarni muvofiqlashtirish uchun birlashish ayni muddao va davr talabidir.

Tinchlik va taraqqiyotga tahdid bo’lib borayotgan yirik davlatlar orasidagi xudbin va hadsiz raqobat, yemirilib ketayotgan o’zaro ishonch, davlatlarimizni rivojlanish uchun birlashish zaruratini yuzaga keltirdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti qondosh xalqlarning hamkor va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo’lishi kerak.

Ushbu masalada siyosatshunos Hamid Sodiqning fikrini tinglab ko'rishni tavsiya qilaman.

@alisherQodir
963 viewsedited  02:01
Ochish/sharhlash
2022-11-06 15:51:04
Turkiyaning Bursa shahrida “Qoʻrqut ota” kinofestivali boʻlib oʻtdi.

Tadbirda 17 turkiy davlatlarning 57 ta kinofilmi Gran-pri uchun kurashgan.

Festivalda oʻzbek kinoijodkorlari Dilmurod Masaidovning «Ayol qismati» badiiy filmi hamda Furqat Usmonovning "Inson" koʻp qismli hujjatli filmlari bilan ishtirok etishdi.

Har ikki film Gran-priga loyiq koʻrilgan.

Furqat Usmonovning “Inson” hujjatli filmi “Eng yaxshi hujjatli film”nominatsiyasida ham gʻolib boʻlgan.

Taʼkidlash lozim, festivalda ilk marotaba, 16 qismdan iborat, turkiy dunyoning umumiy qahramoni Xoʻja Nasriddin haqidagi animatsion filmning loyihasi e'lon qilinibdi.

Gʻoyalarning kurash maydoniga aylanib borayotgan dunyoda kino - eng kuchli targʻibot quroli ekanligini hamma tushunib yetdi.

Turkiy dunyoning bu sohada ham kuchlarni birlashtirishi juda yaxshi.

“Ayol qismati”ni juda taʼsirchan ochib bergan, men uchun doimo samimiy, sevimli boʻlgan Raʼno Shodiyevaga Allohdan shifo soʻrab qolaman.

@alisherQodir
786 viewsedited  12:51
Ochish/sharhlash
2022-11-06 06:14:52
Amerika, Xitoy, Turkiya, Yevropa va Rossiya axborot kanallarini solishtirib tomosha qilish tahlil va xulosa uchun juda qulay bo’ldi.

Ozgina tahlil qobiliyati bor va yuzaki bo’lsada, tarixni biladiganlar nuqtani tez topib oladilar.

Afsus, bu imkoniyat hozircha sinov rejimida, Toshkent shahri va viloyati aholisi uchun ekan. Sinovni yaxshi o’tishi va eng qisqa vaqtda barcha fuqarolarimizga bu imkoniyat taqdim etilishiga shubham yo’q.

Xabardorda xato kam bo’ladi.

Xato qilish imkoniyatlarimizdan o’tmishda keragidan ortiq foydalanib bo’lganmiz.

@alisherQodir
824 viewsedited  03:14
Ochish/sharhlash
2022-11-02 11:01:37
Ayrim do’stlarimiz Dmitriy Gordon kechirim so’ramadi, so’z o’yini qildi, degan fikrni aytishdi. Sarvar Usmon masalaga nuqta qo'yibdilar.

O’zbeklar ham birlashsa mustahkam birlashadi

@alisherQodir
1.1K viewsedited  08:01
Ochish/sharhlash
2022-11-01 05:20:24 Nega ayrim davlatlar yoki
insonlar to’kin, ayrimlari muhtoj yashaydilar?

Sabablardan biri

Matematik Sodiq Afgʻon 1982 yilda SSSRni tarqalib ketishini taxmin qilgan ekan.

Sovet davlatida vaqtga munosabatni matematik tahlil qilgan Afgʻon: “Sovet davlatida vaqtning qiymati yo’q. Bir stakan kvas ichish uchun bir soat, mashina sotib olish uchun bir yil navbatda turishga rozi jamiyat natija yaratishi mumkin emas. Vaqt - pul degan fikr notoʻgʻri, vaqt - hayotdir. Vaqtga munosabat natijaga tengdir” deydi.

Nemislar (Yalpi ichki mahsulot hajmi 4,2 trillion AQSH dollari) yaponlar (4,9 trillion AQSH dollari) va o’zbeklarda (69,2 milliard AQSH dollari) vaqtga munosabat - ularning iqtisodlari orasidagi farqqa teng desak xato bo’ladimi?

Vaqtga munosabat - o’zgarish uchun o'rganishimiz, farzandlarimizga o’rgatishimiz zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmadir.

Atrofimiz o’zgarishi uchun o’zimiz o’zgarishimiz kerak.

@alisherQodir
1.9K viewsedited  02:20
Ochish/sharhlash
2022-10-28 20:58:46
Afsuski, xatolar - millionlab aybsiz insonlarni azoblayapdi. Bu juda achinarli.

Faqat kuchlilar xatosini tan oladi va uzr so’raydi.

Do’st Ukrainaga tezroq tinchlik qaytishini tilaymiz.

@alisherQodir
5.7K viewsedited  17:58
Ochish/sharhlash
2022-10-27 15:04:39 Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bayonoti

Internet tarmogʻida ukrainalik jurnalist va bloger Dmitriy Gordonning isroillik tadbirkor Leonid Nevzlin bilan videointervyusi tarqalib, goʻyoki unda Eronning uchuvchisiz uchoqlari (dron) Oʻzbekiston hududida yigʻilayotgani toʻgʻrisida yolgʻon maʼlumotlar keltirilgan.

Shuni alohida maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Eron Islom Respublikasi bilan harbiy-texnik sohada hamkorlik qilmaydi va oʻz hududida Eron harbiy texnikasini yigʻmaydi.

Shu bilan birga, hozirgi vaqtgacha Ukraina tomonidan ham, boshqa xorijiy hamkorlardan ham “Eron dronlarini yigʻish” masalasi boʻyicha rasmiy murojaatlar kelib tushmagan.

Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Ukraina rasmiy hukumatiga Ukraina ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekiston toʻgʻrisida ikki tomonlama munosabatlarga putur yetkazishi mumkin boʻlgan bunday asossiz ayblovlar va boshqa ishonchsiz maʼlumotlar tarqatilishining oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrishni soʻrab murojaat qiladi.
2.6K views12:04
Ochish/sharhlash
2022-10-27 14:31:38
Ўзбекистон Эрон дронлари мамлакат ҳудудида йиғилаётганини рад этди

Ўзбекистон Мудофаа саноати давлат қўмитаси Ўзбекистонда Украинадаги қуролли можарода қўлланилаётган Эрон жанговар учувчисиз учиш аппаратлари (дрон) йиғилаётгани ҳақида тарқалган маълумотни рад этди.

https://kun.uz/18874927

Kun.uz расмий канали
2.0K views11:31
Ochish/sharhlash