Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 6

2022-10-12 05:18:50 Kecha siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov bilan oʻtkazilgan muloqot jamiyatda siyosiy tafakkurni oʻzgartirishga intilayotgan partiya faollari uchun juda foydali boʻldi. Partiya xodimlari bugungi jamiyat talablariga uygʻun boʻlish uchun erkin va uygʻun fikrlashni oʻrganishi zarur.

Bugun Fargʻonada ishlaymiz. Hududlarda partiya faoliyati samarali va taʼsirchan boʻlmasa, natijaga erishish qiyin.

@alisherQodir
314 viewsedited  02:18
Ochish/sharhlash
2022-10-06 09:08:16
Inson o‘zini anglashi va bilimi darajasida erkin bo‘ladi. Jamiyat ham shunday.

@alisherQodir
782 views06:08
Ochish/sharhlash
2022-10-03 06:27:35 Hududiy yaxlitlik har qanday holatda ham muhokama mavzusi boʻlmasligi kerak.

Xalqlarni oʻz taqdirini tanlash huquqi faqat hududda hal etilishi, tashqaridan har qanday aralashuv qaror legitimligini rad etishga asos boʻladigan xalqaro normaga tayanishi lozim.

@alisherQodir
786 views03:27
Ochish/sharhlash
2022-10-01 10:43:54 ​​“Milliy tiklanish” DP “Gʻuncha”, “Gulxan”, “Tong yulduzi”, “Bolalar sporti” va “Klass” bolalar nashrlari bilan birgalikda maktab oʻquvchilari orasida insholar tanlovi oʻtkazdik.

Adiblar, muharrir va yoshlar tashkilotining faollaridan iborat nufuzli komissiya tomonidan 2 oy ichida kelib tushgan 7 mingdan ziyod insholardan 32 tasini eng saralari sifatida tanlab olindi.

32 nafar gʻoliblarni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida tabrikladik.

Tadbir boʻyicha xulosalarim:

Ijobiy jihatlari:
- ishtirokchilarning 80 foizi qizlarimiz. Demak, millatning umidbaxsh tafakkurli ayollari yetilmoqda;

- eng yosh ishtirokchi, Yunusobod tumanidagi 274-sonli maktabni 3-sinf oʻquvchisi Hulkaroy jadidchi bobolar haqida ajoyib mushohada qilgan, juda taʼsirlandim;

- Buxoro viloyati maktab oʻquvchilari eng faol ishtirok etishdi va 9 nafar oʻquvchi gʻolib boʻldi;

-bu tanlov har yili Ustozlar kunida oʻtkaziladigan anʼanaviy tanlovga aylantiriladi.

Salbiy jihatlari:
- bexato yozish biz uchun yot masala boʻlib ulgurgan;

- 300 ga yaqin insho ochiqchasiga koʻchirilgan va tasodifni qarangki, asosan korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusi tanlangan;

- Ustozlar va jadidlar haqidagi mavzu eng kam tanlangan. Bolalarimiz uchun namunalar yaratishda oqsayapmiz, menimcha;

- Prezident va Iqtidorli bolalar maktablaridan ishtirok juda kam boʻldi. Bolalarimiz ijtimoiy masalalarda faol boʻlishlari kerak. Taraqqiyot uchun faqat bilimli emas, masʼul, faol va daxldorlar ham juda zarur;

- maktabda oʻqish, yozish bilan birga jamiyatga daxldorlik hissini shakllantirishda muhim oʻrni boʻlgan bolalar nashrlarini yoʻq boʻlib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.

Tadbir asosida taklif tugʻildi. Gʻoliblari Mustaqillik yoki Ustozlar kuni arafasida eʼlon qilinadigan, 40 yoshgacha boʻlgan barcha ishtirok etadigan Respublika insholar tanlovi tashkil qilinsa.

Dunyo kutubxonalariga sayohat, oliygohlar yoki nufuzli oʻquv kurslari uchun toʻlov, xorijga 3 oylik til oʻrganish safarlari va shunga oʻxshash inson kapitaliga sarmoyalar bilan taqdirlanadigan anʼanaviy tanlovchalik maʼrifat va madaniyatni targʻib qilish boʻlmasa kerak…

Faqat oʻqigan yoza oladi. Faqat yoza oladiganlar koʻra oladi, oʻzgara oladi va atrofini oʻzgartira oladi.

@alisherQodir
881 viewsedited  07:43
Ochish/sharhlash
2022-10-01 06:13:00 Ilk so‘z “O‘qi” edi.

Bu so‘zda ilohiy ziyo bor. Boshqa boyliklar sarflansa, ozayadi, Sizdagi boylik- ziyo sarflangani sayin ko‘payadi.

Siz dunyoning eng davlatmand odamisiz - ustoz!

Davlatingiz haqiqatgo‘y, or-nomusli va maʼrifatparvar inson tarbiyasiga xizmat qilsin, aziz ustozlar!

Yilning har bir kuni Sizning bayramingiz, Ustozlar kunidir. Bayramingiz muborak bo’lsin.

@alisherQodir
1.3K views03:13
Ochish/sharhlash
2022-09-28 16:42:05
Biz ma’nan, ruhan va jismonan jiddiy jarohatlangan millatmiz.

Yo matonat va sabr bilan kurashamiz, bu jarohatdan qutulib qaddimmizni rostlaymiz, yoki yana og’zi ochiq, oyoq-qo'li shol majruhga aylanamiz...

Bu haqorat emas, haqiqat.

@alisherQodir
1.1K viewsedited  13:42
Ochish/sharhlash
2022-09-25 12:25:54 Nafrat, adovat, betoqatlik va beandishalik qalb xastaliklaridir. Bu xastaliklar inson qalbini majruh, jamiyatni esa parokanda qiladi.

Afsus, butun dunyoda bo’layotgani kabi bizning jamiyatimizda ham bu illat ildizlamoqda.

Muftiy hazratlarining murojaatlari har birimiz uchun nasihat va o’zgarishga da’vat sifatida qabul qilinishi zarur.

@alisherQodir
499 views09:25
Ochish/sharhlash
2022-09-22 08:57:32 Kecha Islom akademiyasida boʻlib oʻtayotgan imom-xatiblarning malaka oshirish kurslarida ishtirok etdim. Yorugʻ yuzli, mukarram insonlar.

Pokistonda umrining soʻnggi kunlarini oʻtkazgan, Karachi universitetining fozil ulamolaridan hisoblangan vatandoshimiz Aʼzam Xoshimiy “Alvido Vatan” deb nomlanuvchi kichikkina xotiralarida vatanimiz istilosining ilk davrlari haqida koʻplab faktlarni yozgan.

Diqqatimni tortgan narsa shu boʻldi-ki, istilochilar tomonidan ilk kunlardan boshlab nafaqat imom-xatiblar, balki masjidlarga yaqin kelganlarning barchasi ayovsiz yoʻq qilingan. Yoʻq qilish bilan bir qatorda turli boʻhton va tuhmatlar bilan ularni qora qilish uchun tizimli targʻibot-tashviqot ishlari ham olib borilgan.

Bu gʻoyaviy qurolning taʼsiri, oʻsha davrlarda eʼtiqodi mustahkamligi uchun shahid ketgan ajdodlarimizda koʻrinmagandir, lekin bugun birovning haqi, toʻgʻri soʻz, hayo va xulq kabi tushunchalarga istehzo bilan qaraydigan, iymon-eʼtiqoddan gapirsang, eshak arava bilan koʻp xotinlikdan gapiradiganlar jamiyatimizning sezilarli qatlamida yaqqol koʻrinadi.

"Xalqni ruhini oʻldirmoqchi boʻlsang uning ruhoniylarini oʻldir", degan istilochilar shiori bekorga emasligiga yana bir bor amin boʻldim.

Oʻzi-yu oʻzgani ayamasdan zararlayotgan, nafrat va hasadni hayotiy zaruratga aylantirib qoʻygan tarbiya tizimimiz jiddiy jarohatdan qutulishi kerak!

Taʼlim-tarbiyaning fidoyilari boʻlgan muallimlar qatorida, maʼnaviyat pedagoglari - imom-xatiblarimizning ham bu masʼuliyatni anglayotganlaridan xotirjam boʻldim.

Yaratgan xalqimiz va vatanimizni oʻz panohida asrasin.

@alisherQodir
3.4K viewsedited  05:57
Ochish/sharhlash
2022-09-19 20:50:17
“Milliy tiklanish” partiyasining qizg’in va odatiy fraktsiya majlislaridan biri…
1.7K views17:50
Ochish/sharhlash
2022-09-14 13:38:29 ​​Tilla nishon masalasida…

Partiyada yaxshi ishlagan mahalliy kengash deputatlarini ragʻbatlantirish tizimi bor. Tashakkurnoma bilan birga qimmatbaho sovgʻa ham beramiz, qoʻl soati, telefon, noutbuk…

Masalan, Qoraqalpogʻistonning Shumanay va Kegeyli tumanlarida deputatlarimiz Uljan Ravajova va Mirgul Baydullayeva tartibsizliklarda tasodifan aralashib qolgan va tergovga yaqindan yordam bergan fuqarolarni qamoqdan chiqarish va ularni keyingi ishlariga koʻmak berishdagi faolligi uchun tashakkurnoma va 1 million soʻmdan pul mukofoti berdik.

Barcha hududiy partiya tashkilotlariga xomiylik mablagʻlari hisobidan faol mahalliy deputatlarni muntazam ragʻbatlantirib borish tavsiya qilingan.

Mahalliy kengash deputati oylik olmaydi, ularga berilgan imtiyozlar ham haminqadar, lekin ishi juda ogʻir, koʻp va konfliktlarga toʻla.

Partiyaning Toshkent shahar kengashi xomiylik mablagʻi hisobiga partiya nishonini tilla aralashmasida yasatib, shahar partiya tashkilotining qaroriga asosan bir yilda bir marta, eng fidoyi tuman kengashi deputatini taqdirlash tizimini yoʻlga qoʻyishibdi. Nima ham derdik, ragʻbatlantirishda oʻziga xos yondashuv.

Birinchi nishon Chilonzor tumani deputati Sanjar Imomovga berilibdi. Kollegial qaror.

Maʼlumot berilishicha, nishon 2 million soʻm xomiylik mablagʻiga yasatilgan. Fidoyi mahalliy kengash deputati bundan koʻpiga munosib deb oʻylayman.

Partiya xalq pulini sovurayapdi, hech nima qilmayapdi, degan fikr aytilibdi...

Partiya saylovoldi dasturining ijrosi boʻyicha muntazam jamoatchilikka hisobot berib boradi. Ayrim bloger “do'stlar” tilla piar yoki pullik xabarlardan ortib, juda qimmat chorak diqqatini partiyalar faoliyatini yoritishga ajratganida o’zlari ham, jamoatchilik ham partiyalar haqida sahifalaridagi tor doiraning fikridan koʻproq maʼlumotga ega boʻlib, siyosiy partiyalarning xayrixohlari ham ko’paygan bo’lur edi.

Qora piar ham foydali piar, faqat tekin. Bizni qora piarchilarimiz gohida bizga shunday yordam berib turishadi, tashakkur.

@alisherQodir
3.2K views10:38
Ochish/sharhlash