Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 9

2022-08-10 10:04:51
Oʻzbekiston fuqarosi boshqa davlatning harbiy yoki xavfsizlik xizmatlariga yollangani uchun Jinoyat kodeksiga muvofiq 5 yilgacha qamalishi koʻzda tutilgan.

Bu taʼsirsiz chora.

Bunday shaxslarni yollanish rasmiylashtirilgan kunidan e’tiboran fuqaroligini bekor qilish va Oʻzbekistonga kirishini umrbod taʼqiqlash kerak.

Qonunga tegishli o’zgartirish kiritish masalasida maslahatlashuvlarni boshladik.


@alisherQodir
2.9K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2022-08-09 12:24:36
Chempion o’zbeklar!
3.7K views09:24
Ochish/sharhlash
2022-08-09 05:30:08 “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Bu 25 yildan beri kutilayotgan qonun edi.

Davlat xizmatchisining huquq va majburiyatlarini aniq belgilab bergan ushbu qonun davlat xizmati va davlat xizmatchilarining dunyoqarashi, ish sifati va samaradorligini tubdan oʻzgartirishi kerak.

Oʻzgarmaydiganlardan ayovsiz voz kechib, salohiyatli yoshlarni davlat xizmatiga jalb qilish imkoniyati tugʻildi.

@alisherQodir
3.3K viewsedited  02:30
Ochish/sharhlash
2022-08-08 07:53:28 Shaxmat siyosatga oʻxshaydi, kamida uch qadam oldindan reja boʻlmasa oʻyindan chiqasan, deyishadi. Menimcha aksi, siyosat shaxmatga oʻxshashi kerak, murakkab rejalar aniq chegaralangan qoidalarni buzmay amalga oshirilishi lozim.

Lekin dunyo tarixida siyosat doimo futbolga koʻproq oʻxshagan: natijani intellekt emas, kuch hal qiladi, xato boʻlsa ham qarori majburiy hakamlar kengashi bor va xato sababli natija qayta koʻrib chiqilmaydi.

Bugun shaxmat olimpiadasidan O‘zbekistonning gʻalabasi haqida xushxabar kutayapmiz.


@alisherQodir
3.0K viewsedited  04:53
Ochish/sharhlash
2022-08-06 12:59:58 Komissiyaning yakuniy xulosasi eʼlon qilinmaguncha tahlillarni oshkor qilmayman.

Lekin #NotExtremistsning yolg’on va provokatsiyasini jamoatchilikka “yedirilishiga” ham qarab turmayman, yolg’on yolg’ondir!

Dalillangan, ko‘z bilan ko‘rgan va odamlardan eshitganimga tayanayapman.

@alisherqodir
2.3K viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2022-08-05 09:26:21 Shu maqolaga munosabat bersam:

Komissiya aʼzosi sifatida bu maqolada keltirilgan fikrlarni batafsil rad etish uchun vakolatim yo‘q, lekin ko‘p aniq dalillar bilan tanish ekanligim uchun bu maqola yolg‘on va chalg‘ituvchi talqinlarga to‘la ekanligini aniq aytaman.

Komissiya xulosasini kuting. Oldi qochdi talqinlarga ishonishga shoshilmang.

@alisherQodir
3.3K viewsedited  06:26
Ochish/sharhlash
2022-08-02 18:19:18
Komissiya aʼzolari tomonidan fuqarolar qabuli oʻtkazildi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida boʻlib oʻtgan voqealarda inson huquq va erkinliklarining qanchalik taʼminlanganlik holatlarini oʻrganishda albatta fuqarolar bilan muloqot qilish va ular murojaatlari bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Fuqarolar qabulini oʻtkazishdan maqsad ham huquqiy yordam olishni istagan fuqarolar murojaatlarini koʻrib chiqish, ularga tegishli tushuntirishlar berishdan iborat.

@alisherQodir
3.2K viewsedited  15:19
Ochish/sharhlash
2022-07-28 20:52:00
Бу сафар туманларда бўлган намойишлар тафсилотлари ўрганилди

Қорақалпоғистон Республикасида юз берган воқеаларни ўрганиш бўйича Комиссия аъзолари Қонликўл, Шуманай ва Кегейли туманларига бориб, инсон ҳуқуқлари, эркинликлари ҳамда қонуний манфаатларини бузиш билан боғлиқ ҳолатлар ва ҳодисаларни ўрганишди. Учрашувларда туман ҳокимлари, ИИО ходимлари, тадбиркорлик субъектлари раҳбарлари ва ишчи ходимлар билан суҳбатлашишди.
батафсил

Cайт |Telegram | Facebook |Instagram | Twitter
2.7K views17:52
Ochish/sharhlash