Get Mystery Box with random crypto!

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha qilgan maʼruzasi R | Alisher Qodirov

Prezident Shavkat Mirziyoyevning kuni kecha qilgan maʼruzasi Rossiya Davlat dumasi deputati Konstantin Zatulinni asossiz talqiniga suyanib xato xulosalarga sabab boʻlibdi.

Davlat rahbari tarixiy faktlarga asoslanib, yaqin oʻtmishning qora kunlarini eslatib oʻtdi. Oʻsha qora kunlarda xalqimizning eng ilgʻor fikrlovchi qatlamlarning yakson qilinganini eslamaslik, kelajakda bu kabi xatolarni takrorlanishiga olib kelishi mumkin.

Prezident nafaqat oʻzbek, balki oʻsha davrda sovet davlatida yashagan barcha millatlarning ziyolilariga nisbatan qilingan vahshiy nohaqliklar haqida gapirdi. Buni anglash va toʻgʻri talqin qilish uchun katta tarixchi boʻlish shart emas, menimcha.

Hamkasblarimga shunday ham murakkab boʻlgan muhitni yana murakkablashtiradigan, mintaqadagi tinchlik va osoyishtalikka putur yetkazadigan talqinlardan tiyilishni tavsiya qilaman. Zero bundan hech kim yutmaydi!

Oʻynab gapirsak ham, oʻylab gapiradigan vaqtda ishlayapmiz.

@alisherQodir