Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 8

2022-08-29 19:30:51 Komissiyaning tergov izolyatorlaridagi bir qator fuqarolarni qamoqda saqlash chorasini jamoatchilik kafolati asosida uyida cheklash chorasiga almashtirish taklifi ijobiy hal bo’ldi.

Nukus, Shumanay va Kegeyli tumanlarida 30 ga yaqin gumonlanuvchilarni oilasiga topshirayapmiz.

@alisherQodir
2.0K viewsAlisher, edited  16:30
Ochish/sharhlash
2022-08-28 17:38:07 Gazetamizni tanqid qilishibdi.

Tan olish kerak, 60 millionga yaqin ish haqidan qarzdorlik bor, bu ish holati, bungacha ham boʻlgan, bundan keyin ham boʻladi, fojia emas. Bu masala hal etilayotgan edi, 1-2 kunda yechimi bo’ladi.

Gazeta chiqarish moliyaviy foydali biznes hisoblanmaydi. Partiya uchun muhim ekanligini hisobga olib gazetani bosqichma-bosqich toʻliq partiya tomonidan moliyalashtirilishi yoʻllarini izlayapmiz.

Tanqid uchun esa rahmat. Ammo, bir fakt - yil davomida 10 ming nusxada muntazam va mazmunli chiqayotgan, uchdan bir qismi bepul tarqatilayotgan boshqa siyosiy partiya gazetasi bormi?

Partiya gazetani erkin va tashabbuskor ishlashi uchun barcha sharoitlarni yaratishga harakat qilayapdi. Trailblazer ham partiyaning matbuot xodimlarini viloyatlarga safarlarida qiynalmasliklari uchun olingan va toʻgʻri boʻlgan ekan-ki, pul yetmasa garovga qoʻyib kredit ham olsa boʻlarkan.

Faqat masala shunchalar odatiy va kichik-ki, muhokama maydoniga chiqib qolganiga oʻylanib qolasan kishi.

P.S. “Milliy tiklanish”ga befarq emas ekansiz, bu juda yaxshi, endi uni obuna boʻlib qoʻllab-quvvatlang.

@alisherQodir
1.9K viewsAlisher, edited  14:38
Ochish/sharhlash
2022-08-26 17:25:26
Qoraqalpogʻistonda yangi davr boshlanmoqda.

Buning uchun zarur sharoitlar yaratilgan, qoʻshimcha imtiyozlar yana berildi.

Omanbay Oʻrinboyevga omad va muvaffaqiyat, qoraqalpoq qondoshlarga tinchlik va taraqqiyot tilaymiz.

@alisherQodir
1.4K viewsAlisher, edited  14:25
Ochish/sharhlash
2022-08-24 00:56:45
Oʻtamuratov Maxset Oʻrazbayevich, Qoraqalpogʻistonda qurbonlar eʼlon qilinganidan koʻpligini iddao qilgan, Maxsetbek ham kiritilgan 50 nafar qurbonlar roʻyxatini eʼlon qilgan Kozlovskaya degan yolgʻonchini fosh etdi.

“Men oʻlmaganman, qolaversa, shu roʻyxatdagilarni hammasini taniyman, hammasi tirik!” deydi Maxsetbek.

Yolgʻon tarqatmang. Agar qandaydir asosli maʼlumotlarga ega boʻlsangiz komissiyaga taqdim eting.

Tvitterda @independentuzb damiz.
1.9K viewsAlisher, edited  21:56
Ochish/sharhlash
2022-08-22 18:42:30
Komissiyaning bugungi faoliyati samarali boʻldi.

Tergovdagi fuqarolarning advokatlaridan muammo va takliflarini tingladik. Mutasaddilar bilan muhokama boshlandi.

Bosh Prokuratura tergov jarayoni haqida maʼlumot berdi. Juda koʻp masalalarga javob oldik. Shulardan bittasi, qiynoq!

Tergovchi qiynoq bilan koʻrsatma olishdan manfaatdor emas. Chunki, birinchidan, bunday koʻrsatmalar sudda “sinadi”, ikkinchidan, tergovchi javobgar boʻladi.

Yoshlar bilan uchrashuv juda katta masalalarni koʻrsatdi. Tahlillarni boshladik.
Bizni @independentuzb da kuzating.

@alisherQodir
2.5K viewsLobar Ali, 15:42
Ochish/sharhlash
2022-08-19 07:48:38
Biz eʼtiqodi baquvvat va Yaratganga muhabbati bor millatmiz. Rahbarlarimiz ham xalqimizdek.

Razzoq va Rahim Yaratgan davlatimiz va millatimizga baraka va xotirjamlik bersin.

@alisherQodir
2.8K viewsAlisher, edited  04:48
Ochish/sharhlash
2022-08-18 08:21:48 Komissiya qiynoqlarni bor yoki yoʻqligini oʻrganmoqda, qiynoqlarni emas.

Takrorlayman, gazeta.uz istagini haqiqatdek koʻrsatishga shoshilmasdan, sarlavhasini o’zgartirishga majbur bo’ladigan yolg’onlarni tarqatmasdan komissiya xulosasini kutishi kerak.

@alisherQodir
2.0K viewsAlisher, 05:21
Ochish/sharhlash
2022-08-17 13:54:06 Qoraqalpogʻistonda hech qanday repressiya va bosim yoʻq. Tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oʻxshash mavzularda surishtiruvlar AQSH, Qozogʻiston, Shri-Lanka, Myanma kabi davlatlarda ham uzoq vaqt olib borilgan va ayrimlarida davom etmoqda, bu juda tabiiy va toʻgʻri.

Qonunni buzgan inson, yer yuzini istalgan burchagida tergov qilinadi, aybi boʻlsa jazolanadi. Aybi yoʻqlar qoʻyib yuboriladi.

Qoraqalpogʻistonda mingdan ortiq inson aybsiz boʻlgani uchun emas, yaxshi niyat namoyishi sifatida qoʻyib yuborilgan. Qolgan qism bilan tergov yakunlanmadi.

Provokatsiya qilmang, surishtiruvga xalaqit bermang.

Komissiya faoliyatini TWITTERda @Independentuzb manzilida kuzatib boring.

@alisherQodir
2.7K viewsAlisher, edited  10:54
Ochish/sharhlash
2022-08-17 04:55:02 Aqlli muhokamalar va munozaralar boshqa tilda, maqtov, haqorat va g’iybat o’zbekcha.

Kirill (“Altman Ego” yutub kanali) intervyu soʻradi va men oʻzbek tilida fikrlarimni yaxshi izoh qilishimni aytdim. U va jamoasi faqat rus tilida ishlay olar ekan.

“Koʻp aqlli odamlar bilan gaplashasan, qiziqarli va foydali suhbatlar oʻtkazasan, suhbatlaringni oʻzbek tiliga audio tarjima qilsang auditoriyang yanada koʻpayadi, oʻzbek auditoriyasini ham dunyoqarashi rivojlanadi” deb savol berdim.

“Meni oʻzbek auditoriyasi koʻrmaydi” deb qoʻya qoldi.

Rus tilida suhbatlashdik, men koʻp fikrlarimni istagan darajamda ochib berolmadim. Lekin gap men haqimda emas, oʻzbek tilida axborot isteʼmol qiluvchi auditoriya haqida.

Bu auditoriya mushohadasiz, loqayd va eʼtiborsiz. Muhokama va munozara madaniyati juda past. Immunitet zaifligidan o’ziga o’zini “yedirish” juda oson.

Bu sovet axborot siyosatining hali aktiv bo’lgan natijasi va oʻzgarishi uzoq vaqt talab qiladigan dard. Davolanishning muhim sharti avval dardni tan olish, haqorat va kamsitishlardan tiyilib, oʻzgarishning toʻgʻri yoʻlini tanlashdir.

Istaganingizcha tortishaylik, lekin bu qonun bilan oʻzgarib qoladigan ish emas! Avval qonun o’qiydigan va amal qiladigan, elementar darajada milliy g’ururi bo’lgan avlodni tarbiyalash kerak.

@alisherQodir
2.6K viewsAlisher, 01:55
Ochish/sharhlash
2022-08-16 20:15:57
Taʼlim vaziri B.Saidovni yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik masalasida axborotini eshitdik.

Bogʻcha va maktabga yangi avlod pedagoglari kelmas ekan tarbiya va taʼlimda kutilgan burilishni amalga oshirish juda qiyin.

Raqobatbardosh avlod tarbiya qilish Oʻzbekiston uchun hayot-mamot masalasidir.

Hukumat tomonidan bu zarurat eʼtirof etilgan va koʻp ishlar qilinmoqda.

Pedagogika institutlarida bu yildan boshlab, tarbiyachi mutaxassislarni tayyorlashni boshlangani juda jiddiy muvaffaqiyat.

@alisherQodir
1.9K viewsAlisher, edited  17:15
Ochish/sharhlash