Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Qodirov

Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov A
Telegram kanalining logotibi alisherqodir — Alisher Qodirov
Kanal manzili: @alisherqodir
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4.02K
Kanalning ta’rifi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o’rinbosari, “Milliy tiklanish" DP MK raisi
fb.com/IQAlisher
https://instagram.com/alisherqodir.k
http://twitter.com/alisherQodir
Murojaat uchun: @alisherqodirov_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 5

2022-10-27 09:39:10
Ukrainalik bloger Dmitriy Gordon Leonid Nevzlin bilan suhbatida Eronning bomba-dronlarini Oʻzbekistonda yigʻilayotgani haqida maʼlumot berdi.

Bu asossiz va masʼuliyatsiz eʼlonni eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak.

Oʻzbekiston rus agressiyasini hech qanday shaklda qoʻllab-quvvatlamasligini, muzokaralar va hududiy yaxlitlikni qoʻllab-quvvatlaydigan betaraf pozitsiyasini fuqarolarimiz ham butun dunyo ham juda yaxshi tushunib boʻldi.

Tashqi ishlar @uzbekmfa va Mudofaa @mudofaavazirligi vazirliklari bu tuhmatni rasman rad etishi va Gordonni uzr soʻrashga majbur qilishi kerak.

@alisherQodir
8.2K viewsedited  06:39
Ochish/sharhlash
2022-10-25 14:44:52 ​​Hukumatni 2022-2026 yillarga moʻljallangan davlat dasturini ijrosi boʻyicha hisobotini eshitdik.

“Milliy tiklanish” partiyasi uchun tarbiya va taʼlim sohasi ustuvorligidan kelib chiqib, dasturning "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" toʻgʻrisidagi 4-yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratildi.

Quyidagilarga Hukumat eʼtiborini qaratdik:

- Bogʻcha yoshidagi 75 ta bolaga 1 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachi toʻgʻri kelmoqda. Tarbiyachilarni ko’proq o’qitish uchun qoʻshimcha kvotalar ajratilishi kerak;

- Bogʻcha tarbiyachisi boʻlish jozibasiz. Maosh juda kam. Vaholanki, tarbiyachining ishi oʻqituvchinikidan ogʻirroq. 7 yoshgacha tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xato oʻqituvchining ishini foydasiz qilishi mumkin;

- Milliy tarbiya metodikasi mavjud emas. Bu masala tahlil qilinishi kerak. Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Ilk davrda tarbiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish zarur;

- Maktabda pedagoglarning yangi avlodini tayyorlash boʻyicha 10 yillik davlat dasturi qabul qilinishi zarur;

- “Gʻuncha”, “Gulxan”, “Tong yulduzi”, “Bolalar sporti” va “Klass” bolalar nashrlari bolalarni o’qish ko’nikmasini shakllantirishda juda muhim. Xalq taʼlimi vazirligi bu nashrlarni qaramogʻiga olishi zarur.


@alisherQodir
3.3K viewsedited  11:44
Ochish/sharhlash
2022-10-21 16:07:54
“Milliy tiklanish” milliy qadriyatlarga tayangan taraqqiyotni targ’ib qiluvchi partiyadir.

@alisherQodir
2.7K viewsedited  13:07
Ochish/sharhlash
2022-10-21 08:10:18 Bugundan boshlab “Milliy tiklanish” gazetasi to’liq lotin alifbosida nashr etiladi.

@alisherQodir


http://online.anyflip.com/husmc/vrbg/mobile/
2.7K views05:10
Ochish/sharhlash
2022-10-21 06:00:03 Oʻzbek tili ham dunyodagi barcha goʻzal tillar qatorida rivojlanishi kerak.

Rivojlantirish darajasini oʻzbeklarning ona vatani boʻlgan Oʻzbekistonda oʻzbek tiliga boʻlgan munosabat belgilab beradi.

Bolaning ilk davri uchun muhim hayotiy kashfiyoti: bogʻchada - muloqot, maktabda - bilim begona tilda taklif qilinsa, yilning 365 kunini oʻzbek tili bayrami qilib nishonlasak ham, ona tilimiz rivojlanmaydi, aksincha zaiflashib ketaveradi.

Begona soʻzlarni tushunmagan bola ilk davrdayoq muhim hayotiy koʻnikmalarni boy berib, oʻzligiga xos boʻlmagan begona koʻnikmalarga moslashadi.

Lev Tolstoy aytganidek, “…oʻz millatiga begona odamdan ham baxtsizroq kim boʻlishi mumkin”.

Til bilish fazilatdir. Bolalarimiz oʻzbek, ingliz, rus, arab, fors tillarini mukammal oʻrgansinlar, faqat 10 yoshdan keyin!

Bolaning ongosti, oʻzligiga uygʻun ruhiy dunyosi shakllanadigan ilk davrini begona til muhitida oʻtkazishga majburlash nafaqat pedagogik xato, balki oʻzlikka nisbatan jinoyatdir.

Bu nafaqat Oʻzbekistondagi asosiy millat boʻlgan oʻzbeklar, balki boshqa millatli vatandoshlarimiz uchun ham tegishli masala.

Oʻzbek - oʻzbek, tojik - tojik, qozoq - qozoq, rus - rus tilida savodini chiqarsin. 4 - sinfdan boshlab, oʻzbek tili majburiy, qolgan tillar ixtiyoriy, oʻrganish uchun sharoit yaratilishi kerak.

Boshqa millatli vatandoshlarimiz uchun bogʻcha va maktab qurish, ularni mutaxassis bilan taʼminlashni moliyalashtirmoqchi boʻlgan manfaatdor davlatlarga imtiyoz beraylik.

Biz ham millatdoshlarimiz yashaydigan davlatlarda bogʻcha va maktablar ochish haqida oʻylashimiz kerak.

Millat, til va Vatan Yaratganning omonati boʻlib, tanlanmaydi, nasib qiladi. Ularni avaylash, rivojlantirish va avlodlarga bezarar yetkazish muqaddas vazifamiz boʻlishi kerak.

@alisherQodir
3.0K views03:00
Ochish/sharhlash
2022-10-20 07:53:46 ​​Kecha Fransiya parlamentida kam uchraydigan holat boʻldi: Hukumat Konstitutsiyaning 49.3 moddasida berilgan vakolatidan foydalanib, Parlamentni qarshi ekanligiga qaramasdan byudjetni ijroga qabul qildi.

Hukumat energiya resurslari uchun narxlarni oshirmaslikni soʻradi, Parlament rad etdi.

Parlament bozor qonunlarini buzilishiga qarshi, zarariga boʻlsa ham. Hukumat esa noanʼanaviy qaror bilan ijtimoiy keskinlikni oldini olmoqchi.

Parlament ish beruvchi boʻlgan tadbirkordan, hukumat esa aholining muhtoj qatlamini noroziligidan xavotirda. Hukumat tabiatidan kelib chiqib qisqa, Parlament esa fundamental, uzoq muddatda xalq manfaatini oʻylayapdi.

Bizda ham Konstitutsiyaga “Ijtimoiy davlat” tushunchasi kiritilib, aholining ijtimoiy muhtoj qatlamini taʼminlash davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqchi.

Bu qadriyatlarimizdagidek boylarni muhtojlarga yordamini davlat tomonidan ragʻbatlantirish shaklida boʻlsa yaxshi, lekin barchasi davlat byudjeti hisobiga boʻlsa, juda qisqa vaqtda muhtojlar jamiyatiga ega boʻlamiz.

Fikrimcha, muhtojlarni emas, tadbirkorlarni koʻproq oʻylash kerak. Tadbirkorlar muhtojlarni oʻylashni boshlasa, davlat taraqqiyot haqida oʻylashni boshlaydi.

@alisherQodir
2.3K views04:53
Ochish/sharhlash
2022-10-18 14:27:46
Samarqandda oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkilotining tarixiy sammiti barcha qondosh mamlakatlar orasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashiga shubha yoʻq.

Oʻzbekiston-Ozarbayjon parlamentlararo doʻstlik guruhining Ozarbayjon tomonidan rahbari, parlament aʼzosi, Ganira Pashayeva xonim bilan doʻstlik guruhi faoliyatini rivojlantirish masalalarini muhokama qildik.

@alisherQodir
1.6K viewsedited  11:27
Ochish/sharhlash
2022-10-18 06:36:25
Shvetsiya parlamentida mamlakat bosh vaziri saylandi: 176 ta ovoz rozi, 173 ta ovoz qarshi.

176 ta deputat qarsak chaldi,
173 ta deputat rozi boʻldi.

Saylangan rahbarga oson boʻlmasligi aniq, chunki qarshi boʻlganlarga muammolar qoʻsh koʻrinaveradi. Ko’p ishlash va ko’p gapirish kerak boʻladi.

Demokratiya degani shu!

Norozi boʻlsak ham koʻpchilik tanlovini hurmat qilishni oʻrganmagunimizcha erkinlik va demokratiya haqida gaplar qogʻozda yashaydi.

Oʻzimiz oʻzgarmagunimizcha atrofimiz oʻzgarmaydi.

@alisherQodir
1.7K viewsedited  03:36
Ochish/sharhlash
2022-10-15 06:58:42
Mustaqil Komissiyaning QR Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan quvvatlangan taklifi asosida 38 nafar vatandoshlarimiz mahalliy kengash deputatlarining masʼuliyatiga tayangan jamoatchilik kafilligi asosida qamoqxonadan chiqarildilar.

Chiqarilayotganlar aybsiz emas.

Aybiga iqrorligi, aybining kamzararligi va tergovga yaqindan yordam berganligi uchun ularga nisbatan bunday qaror qabul qilindi.

Tartibsizliklarni tashkillashtirgan va faol ishtirok etganlarga nisbatan qonunda belgilangan jazo qoʻllanilishiga shubha boʻlmasligi kerak.

@alisherQodir
2.3K viewsedited  03:58
Ochish/sharhlash
2022-10-14 10:47:00 Faqat meni, hammaga egilaverib qaddi bukulib qolgan xalqim oʻz uyida, befarosatni izza qilmaslik uchun begona tilda burmalansa ham oyoqosti qilinadi, kamiga “qashqadaryolik” boʻlgani uchun kamsitiladi.

Barchani hurmat qilamiz, lekin barcha ham bizni borimizcha hurmat qilishga oʻrganishi shart!

@alisherQodir
2.5K views07:47
Ochish/sharhlash