Get Mystery Box with random crypto!

Mustaqillikning 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirda davlat rah | Alisher Qodirov

Mustaqillikning 31 yilligiga bagʻishlangan tadbirda davlat rahbarining so’zi va sahnada ko’rganlarimdan qisqa xulosalarim: 

Taʼlim, taʼlim va yana taʼlim… Oʻzbekistonning porloq kelajagi uchun raqobatbardosh, fobiyalardan qutulgan yangi avlodni tarbiyalash zarur. Ozodlik va milliy taraqqiyot uchun kurashib qurbon bo’lgan bobolar o’gitlari va taqdiridan toʻgʻri xulosalar chiqarishimiz kerak.

Adolatli sud boʻlmas ekan, hech nima boʻlmaydi!

Odamlarga tadbirkorlik orqali daromad qilish va yaxshi yashashga sharoit yaratish orqali sovet davridan orttirilgan, millatimizga xos bo’lmagan illat - boqimandalik kayfiyatini yo’q qilish kerak.

Ishlamagan tishlamaydigan, ishlaganlar, istasa, ishlamagani uchun muhtoj bo’lib qolganlarga yordam beradigan, bunday yordam davlat tomonidan rag’batlantiriladigan jamiyat qurishimiz kerak.

Davlat qudratli, fuqarolari sahovatli bo’lsin.

Insonni qadrlash uni salomatligiga sifatli xizmat qilish va toza ichimlik suvi bilan taʼminlashdan boshlanishi kerak.

Muhim xulosalardan biri, bugungi beqaror va notinch dunyoda mustaqillikni asrash va barqaror rivojlanish uchun qondosh mamlakatlar bilan harakatlar va qarashlarda uygʻunlikka erishish zarur.

Qiyomatgacha O’zbekistonimiz mustaqil, xalqimiz ma’rifatli va munavvar bo’lsin!

@alisherQodir