Get Mystery Box with random crypto!

​​Tilla nishon masalasida… Partiyada yaxshi ishlagan mahalliy | Alisher Qodirov

​​Tilla nishon masalasida…

Partiyada yaxshi ishlagan mahalliy kengash deputatlarini ragʻbatlantirish tizimi bor. Tashakkurnoma bilan birga qimmatbaho sovgʻa ham beramiz, qoʻl soati, telefon, noutbuk…

Masalan, Qoraqalpogʻistonning Shumanay va Kegeyli tumanlarida deputatlarimiz Uljan Ravajova va Mirgul Baydullayeva tartibsizliklarda tasodifan aralashib qolgan va tergovga yaqindan yordam bergan fuqarolarni qamoqdan chiqarish va ularni keyingi ishlariga koʻmak berishdagi faolligi uchun tashakkurnoma va 1 million soʻmdan pul mukofoti berdik.

Barcha hududiy partiya tashkilotlariga xomiylik mablagʻlari hisobidan faol mahalliy deputatlarni muntazam ragʻbatlantirib borish tavsiya qilingan.

Mahalliy kengash deputati oylik olmaydi, ularga berilgan imtiyozlar ham haminqadar, lekin ishi juda ogʻir, koʻp va konfliktlarga toʻla.

Partiyaning Toshkent shahar kengashi xomiylik mablagʻi hisobiga partiya nishonini tilla aralashmasida yasatib, shahar partiya tashkilotining qaroriga asosan bir yilda bir marta, eng fidoyi tuman kengashi deputatini taqdirlash tizimini yoʻlga qoʻyishibdi. Nima ham derdik, ragʻbatlantirishda oʻziga xos yondashuv.

Birinchi nishon Chilonzor tumani deputati Sanjar Imomovga berilibdi. Kollegial qaror.

Maʼlumot berilishicha, nishon 2 million soʻm xomiylik mablagʻiga yasatilgan. Fidoyi mahalliy kengash deputati bundan koʻpiga munosib deb oʻylayman.

Partiya xalq pulini sovurayapdi, hech nima qilmayapdi, degan fikr aytilibdi...

Partiya saylovoldi dasturining ijrosi boʻyicha muntazam jamoatchilikka hisobot berib boradi. Ayrim bloger “do'stlar” tilla piar yoki pullik xabarlardan ortib, juda qimmat chorak diqqatini partiyalar faoliyatini yoritishga ajratganida o’zlari ham, jamoatchilik ham partiyalar haqida sahifalaridagi tor doiraning fikridan koʻproq maʼlumotga ega boʻlib, siyosiy partiyalarning xayrixohlari ham ko’paygan bo’lur edi.

Qora piar ham foydali piar, faqat tekin. Bizni qora piarchilarimiz gohida bizga shunday yordam berib turishadi, tashakkur.

@alisherQodir