Get Mystery Box with random crypto!

​​Kecha Fransiya parlamentida kam uchraydigan holat boʻldi: Hu | Alisher Qodirov

​​Kecha Fransiya parlamentida kam uchraydigan holat boʻldi: Hukumat Konstitutsiyaning 49.3 moddasida berilgan vakolatidan foydalanib, Parlamentni qarshi ekanligiga qaramasdan byudjetni ijroga qabul qildi.

Hukumat energiya resurslari uchun narxlarni oshirmaslikni soʻradi, Parlament rad etdi.

Parlament bozor qonunlarini buzilishiga qarshi, zarariga boʻlsa ham. Hukumat esa noanʼanaviy qaror bilan ijtimoiy keskinlikni oldini olmoqchi.

Parlament ish beruvchi boʻlgan tadbirkordan, hukumat esa aholining muhtoj qatlamini noroziligidan xavotirda. Hukumat tabiatidan kelib chiqib qisqa, Parlament esa fundamental, uzoq muddatda xalq manfaatini oʻylayapdi.

Bizda ham Konstitutsiyaga “Ijtimoiy davlat” tushunchasi kiritilib, aholining ijtimoiy muhtoj qatlamini taʼminlash davlatning majburiyati sifatida belgilanmoqchi.

Bu qadriyatlarimizdagidek boylarni muhtojlarga yordamini davlat tomonidan ragʻbatlantirish shaklida boʻlsa yaxshi, lekin barchasi davlat byudjeti hisobiga boʻlsa, juda qisqa vaqtda muhtojlar jamiyatiga ega boʻlamiz.

Fikrimcha, muhtojlarni emas, tadbirkorlarni koʻproq oʻylash kerak. Tadbirkorlar muhtojlarni oʻylashni boshlasa, davlat taraqqiyot haqida oʻylashni boshlaydi.

@alisherQodir