Get Mystery Box with random crypto!

​​Hukumatni 2022-2026 yillarga moʻljallangan davlat dasturini | Alisher Qodirov

​​Hukumatni 2022-2026 yillarga moʻljallangan davlat dasturini ijrosi boʻyicha hisobotini eshitdik.

“Milliy tiklanish” partiyasi uchun tarbiya va taʼlim sohasi ustuvorligidan kelib chiqib, dasturning "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" toʻgʻrisidagi 4-yoʻnalishga alohida eʼtibor qaratildi.

Quyidagilarga Hukumat eʼtiborini qaratdik:

- Bogʻcha yoshidagi 75 ta bolaga 1 nafar oliy maʼlumotli tarbiyachi toʻgʻri kelmoqda. Tarbiyachilarni ko’proq o’qitish uchun qoʻshimcha kvotalar ajratilishi kerak;

- Bogʻcha tarbiyachisi boʻlish jozibasiz. Maosh juda kam. Vaholanki, tarbiyachining ishi oʻqituvchinikidan ogʻirroq. 7 yoshgacha tarbiyada yoʻl qoʻyilgan xato oʻqituvchining ishini foydasiz qilishi mumkin;

- Milliy tarbiya metodikasi mavjud emas. Bu masala tahlil qilinishi kerak. Maktabgacha taʼlim vazirligi huzurida Ilk davrda tarbiya ilmiy-tadqiqot institutini tashkil qilish zarur;

- Maktabda pedagoglarning yangi avlodini tayyorlash boʻyicha 10 yillik davlat dasturi qabul qilinishi zarur;

- “Gʻuncha”, “Gulxan”, “Tong yulduzi”, “Bolalar sporti” va “Klass” bolalar nashrlari bolalarni o’qish ko’nikmasini shakllantirishda juda muhim. Xalq taʼlimi vazirligi bu nashrlarni qaramogʻiga olishi zarur.


@alisherQodir