Get Mystery Box with random crypto!

Human Rights Watch (HRW) Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar | Alisher Qodirov

Human Rights Watch (HRW) Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar bilan bogʻliq tahlillarini eʼlon qilibdi.

Komissiya aʼzosi sifatida, qabul qilgan majburiyatimdan kelib chiqib batafsillashmayman, lekin, HRW tahlillarining koʻp qismida tasdiqlanmagan, taxminlarga tayangan va xato xulosalar chiqarilgan.

"Betartib kuch ishlatilgan yoki hayot uchun xavf boʻlmagan holda oʻqotar quroldan foydalanilgan", degan xulosaga kelish uchun ishonchli voqealar video-xronologiyasi bilan yaxshilab tanishib chiqish kerak. HRWda komissiyadan farqli oʻlaroq bunday imkoniyat boʻlmadi, albatta.

Menga qolsa, shaxsiy fikrim, olomonni eyforiyada fojiali ehtiyotsizligi va uning oqibatlari haqida gapirish mumkindir, ehtimol.

Komissiya oʻz ishini davom ettirayapdi. Bizga ishonchli va batafsil xulosalar uchun vaqt kerak.

Tarkibi xalq saylagan vakillar va nodavlat tashkilotlardan iborat boʻlgan komissiyaning erkinligiga shubha bilan qarash hammamiz huquqlarini himoya qilish uchun jon kuydirayotgan insonlarga nisbatan hurmatsizlikdan boshqa narsa emas.

@alisherQodir