Get Mystery Box with random crypto!

Nega ayrim davlatlar yoki insonlar to’kin, ayrimlari muhtoj ya | Alisher Qodirov

Nega ayrim davlatlar yoki
insonlar to’kin, ayrimlari muhtoj yashaydilar?

Sabablardan biri

Matematik Sodiq Afgʻon 1982 yilda SSSRni tarqalib ketishini taxmin qilgan ekan.

Sovet davlatida vaqtga munosabatni matematik tahlil qilgan Afgʻon: “Sovet davlatida vaqtning qiymati yo’q. Bir stakan kvas ichish uchun bir soat, mashina sotib olish uchun bir yil navbatda turishga rozi jamiyat natija yaratishi mumkin emas. Vaqt - pul degan fikr notoʻgʻri, vaqt - hayotdir. Vaqtga munosabat natijaga tengdir” deydi.

Nemislar (Yalpi ichki mahsulot hajmi 4,2 trillion AQSH dollari) yaponlar (4,9 trillion AQSH dollari) va o’zbeklarda (69,2 milliard AQSH dollari) vaqtga munosabat - ularning iqtisodlari orasidagi farqqa teng desak xato bo’ladimi?

Vaqtga munosabat - o’zgarish uchun o'rganishimiz, farzandlarimizga o’rgatishimiz zarur bo’lgan hayotiy ko’nikmadir.

Atrofimiz o’zgarishi uchun o’zimiz o’zgarishimiz kerak.

@alisherQodir