Get Mystery Box with random crypto!

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi, tarixiy | Alisher Qodirov

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi, tarixiy sammiti oʻz ishini boshladi.

Tili, tarixi va qadriyatlari umumiy boʻlgan davlatlar tomonidan maqsad va manfaatlarni muvofiqlashtirish uchun birlashish ayni muddao va davr talabidir.

Tinchlik va taraqqiyotga tahdid bo’lib borayotgan yirik davlatlar orasidagi xudbin va hadsiz raqobat, yemirilib ketayotgan o’zaro ishonch, davlatlarimizni rivojlanish uchun birlashish zaruratini yuzaga keltirdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti qondosh xalqlarning hamkor va barqaror rivojlanishi uchun mustahkam poydevor bo’lishi kerak.

Ushbu masalada siyosatshunos Hamid Sodiqning fikrini tinglab ko'rishni tavsiya qilaman.

@alisherQodir