Get Mystery Box with random crypto!

Gaz va elektr haqida… Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtoma | Alisher Qodirov

Gaz va elektr haqida…

Avtosanoatda monopoliya tugamasa avtomashina narxlari o’zgarmaganidek, energetikada ham monopoliya tugamas, narxlar o’zgarmas ekan, aholini gaz va elektr bilan ta'minlashda sifat o’zgarmaydi.

Izoh beraman…

Sifatli ta’minot uchun yaroqli tarmoqlar bo’lishi kerak. Tarmoqlar yaroqli bo’lishi uchun muntazam va qimmat ta’mir ishlari talab qilinadi. Bu byudjet uchun og’ir, qarzga qilish - teshik idishga suv quygandek gap, investorlar esa davlat bilan sherikchilik qilishni istashmaydi.

Energiya sotish kompaniyalari o’zi daromad ko’rmagunicha sohada o’zgarish bo’lmaydi.

Gaz ham elektr ham bor, yetmasa sotib olish imkoniyati bor, lekin minglab kilometr simlar va trubalar eskirib ketgan. Aholini elektr va gaz bilan ta’minlashdagi muammo resurs yetishmovchiligi emas, boshqaruv va ta’minot tizimini eskirganida.

Istaganingizcha Energetika vazirini (yoki meni, farqi yo’q) tanqid qilishingiz mumkin, sohada hammamiz uchun og’ir va og’riqli, vaqt talab qiladigan islohotlar bo’lmas ekan, muammo turaveradi.

@alisherQodir