Get Mystery Box with random crypto!

Maktabgacha boʻlgan davr bola ongu-tafakkurining 80 foizgacha | Alisher Qodirov

Maktabgacha boʻlgan davr bola ongu-tafakkurining 80 foizgacha qismini shakllantiradi.

Demak, shu davrda berilgan tarbiyaning mazmuni yaqin 15-20 yilda jamiyatda ma’naviy, milliy va ijtimoiy qadriyatlarga munosabatni belgilab beradi. Bu davr mamlakat kelajagini belgilaydigan poydevor davr ekanligini hech kim inkor qilmaydi.

Toshkentda Maktabgacha taʼlim vazirligi YUNISEF bilan hamkorlikda, ilk davr tarbiyasini tashkil qilish bilan bogʻliq xalqaro konferensiya oʻtkazmoqda.

Konferensiyada Davlat rahbari Sh.Mirziyoyev 3 millionga yaqin 6 yoshgacha bolalarimizni tarbiyalash yo’lida erishilgan natijalar, mavjud muammolar va belgilangan rejalarni o’z ichiga olgan mazmunli maʼruza bilan ishtirok etdi.

@alisherQodir