Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi dunyoga kel | Alisher Qodirov

Bugun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi dunyoga kelgan kun.

Bayroq - har qanday davlatning eng koʻp foydalanadigan va davlat haqida birinchi xulosalarni paydo qiladigan ramz.

Oʻzbekistonimiz bayrogʻini koʻrganlar oʻzbeklarni musaffo ruhidek lojuvard, begʻubor, imonga toʻlgan yuragidek sof, barokatga burkangan yashil diyorida ajdodlardan qadriyatlarni avlodlarga uzatayotgan jon tomirlarimizni koʻradi. Uning hilpirashi xalqimizning mujassam ummon toʻlqinlaridek taraqqiyotga intilayotgan tafakkuriga dalolatdir.

Bayroqqa qilingan xuruj Ona, farzand va Vatanga qilingan xurujdek qabul qilinmas ekan u ishonch bilan hilpiray olmaydi, atrofiga millatni birlashtira olmaydi.

Toʻrt ranglimizni yaxshi koʻraylik, atrofida mustahkam birlashaylik va baland koʻtaraylik-ki, toki u qiyomatgacha Oʻzbekistonimizdek emin-erkin va ozod hilpirasin!

@alisherQodir