Get Mystery Box with random crypto!

Insonni boshiga keladigan har qanday fojia, avomligi yoki bili | Alisher Qodirov

Insonni boshiga keladigan har qanday fojia, avomligi yoki bilimsizligidan boʻlar ekan…

Bugun Qoraqalpog’istondagi tartibsizliklar bo’yicha sud, sudlanuvchilarni tinglashda davom etdi.

Barcha sudlanuvchilar video chaqiriqlarga aldanganini, xato xulosa qilganini, xatoni tez anglab yetgani va kech boʻlsa-da, tuzatishga harakat qilganini, chin dildan pushaymon ekanligini gapirmoqda.

Hamma koʻrsatma berayotganlar Tajimuratovga nafrat sochayapdi. Sudya koʻrsatma berayotganlarni ogohlantirib charchadi, lekin foydasi bo’lmayapdi.

Tajimuratov sudyadan uning koʻrsatma berish navbatini sogʻligi bilan bogʻliq muammo sababli kechiktirishni soʻradi.

Sudya Tajimuratovni bironta ham iltimosini rad etmayapdi…

Uzr, bitta iltimosini rad etibdi: sudda adolatni taʼminlash uchun Qurʼoni Karimni ushlab qasam ichish soʻrovi qabul qilinmadi.

@alisherQodir