Get Mystery Box with random crypto!

Bugun Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30 yil boʻldi. Barc | Alisher Qodirov

Bugun Konstitutsiyamiz qabul qilinganiga 30 yil boʻldi.

Barcha vatandoshlarni samimiy tabriklayman.

Konstitutsiya - fuqarolar va davlat orasidagi kelishuvning umumiy shakli boʻlsa, qolgan barcha tafsilotlar qonunlarda aks etadi.

Bu kelishuvdan maqsad fuqaroni ham, davlatni ham huquq va majburiyatlarini belgilash, shu orqali fuqaroga xotirjam hayot, davlatga barqaror taraqqiyotni kafolatlashdir.

Tomonlar huquqlarini talab qilish bilan bir qatorda, qabul qilgan majburiyatlariga masʼuliyat bilan amal qilishlari asosiy, hal qiluvchi masala.

Qolaversa, bu kelishuv oʻzgarmas emas, fuqarolar yoki davlatning oʻzgarib boradigan ehtiyoj va manfaatlariga muvofiq oʻzgarishlar qilish ham oʻz qoʻlimizda.

@alisherQodir