Get Mystery Box with random crypto!

​​Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar boʻyicha sudning ikkinc | Alisher Qodirov

​​Qoraqalpogʻistondagi tartibsizliklar boʻyicha sudning ikkinchi kuni.

Bugun sudlanuvchilarning koʻrsatmalarini eshitish boshlandi.

Eshituv sudlanuvchi Turdanovning kutilmagan bayonoti bilan boshlandi: u barcha sudlanuvchilar nomidan sudlanuvchi Tajimuratovni ulardan alohida oʻtkazishni soʻradi. Sudlanuvchi Tajimuratovni qolganlarni “xoinlar”, “qoʻrqoqlar” deb haqorat qilgani sudlanuvchilar orasida janjalga sabab boʻlishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Sud, ichki ishlar xodimlarini tartibni saqlashga tayyor ekanliklarini aytib, iltimosni rad etdi.

Qiyin va ogʻir muhit… Pushaymonlik, afsus, nadomat.

Bironta sudlanuvchi oʻzi gapini tugatmaguncha toʻxtatilmayapdi.

Kimdir tugʻilgan farzandini koʻzi bilan koʻrmagan, kimdir
uzoq tayyorgarlik koʻrgan jahon chempionatida ishtirok etolmadi, kimdir Britaniyaga oʻqishga ketishi kerak edi, kimningdir onasi ogʻir kasal…

Sudya protsess talablariga metindek amal qilayapti.

Sudlanuvchi Kallixanova juda taʼsirchan gapirdi. Tartibsizliklarda vafot etgan har bir insonni vijdoniga yuk sifatida qabul qilganini, buni hech qanday qamoq jazosi ketkaza olmasligini aytib yigʻlab yubordi: “Biz juda jiddiy xato qildik!Mamlakatimizga tosh otdik, mamlakatimiz esa bizga uch mahal issiq ovqat berib, issiq-sovugʻimizni oʻlchab oʻtiribdi. Judayam pushaymonman… “

Sudlanuvchi Tajimuratov sudlanuvchilarga savol berish huquqidan juda samarali foydalanayapdi, deyarli barcha koʻrsatmalardan keyin sudlanuvchilarga oʻnlab savollar berib, uning ortidan ergashganlarni jinoyatchi ekanliklarini isbotlab berishga harakat qilayotgandek taassurot uygʻotmoqda…

Ertaga koʻrsatmalarni tinglash davom ettiriladi.

@alisherQodir