Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 212.03K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 111

2021-12-12 16:12:53 Bugun, 12-dekabr soat 21:00 da yoshlarforumi.uz platformasi orqali yoshlardan kelgan takliflar va “Oʻzbekiston yoshlari forumi — 2021” yuzasidan ovozli suhbat oʻtkazamiz.

Ovozli suhbatimizda bir qator ommaviy axborot vositalari xodimlari, blogerlar ham ishtirok etadilar. Suhbat davomida forumga taklif yuborgan yoshlarga ham soʻz beriladi.

Savollaringizni izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. Suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.me/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
81.8K views13:12
Ochish/sharhlash
2021-12-12 16:11:38 Live stream scheduled for Dec 12 at 16:00
13:11
Ochish/sharhlash
2021-12-10 20:03:17
Yodingizda bo’lsa, 4 nafar farzandning onasi, uch nafarini kontrakt asosida, bir nafarini esa grant asosida o’qitadigan bizning qahramon Shahodat opamiz haqida post yozib qoldirgandim. Mana o’sha grant asosida o’qiydigan do’stimiz Bunyodbek va’da qilingan noutbukni olgani keldilar! Barakalla, Bunyodbek! Kun kelib o’z sohasining yetuk mutaxassisi bo’lib yetishingizga ishonaman. Albatta, bu yaxshilikni Siz ham kimgadir qaytarishingizga umidvorman! Shahodat opa, o’g’lingizga imkon berganingiz uchun yana bir marta Sizga minnatdorchilik bildiraman!

@alisher_sadullaev
46.6K viewsedited  17:03
Ochish/sharhlash
2021-12-10 08:16:43 ​​​​Xorijiy tillarga qiziquvchi va shugʻullanuvchi yoshlar, siz uchun ajoyib yangilik!

Samarqand shahrida 18-20 dekabr kunlari
"O'zbekiston yoshlar forumi-2021" doirasida "Ibrat avlodlari" xorijiy tillari forumi bo'lib o'tadi.

Forum yoʻnalishlari:
- "Interactive Communication" yoshlarning chet tillarida fikrlash va kompetensiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘yinlar;
- "Debates Club" turli xil mavzularga oid bahs-munozaralar;
- "Polyglot" Ingliz, nemis va fransuz tillarini mukammal o‘zlashtirgan yoshlar o‘rtasida bellashuv;
- "CEFR" Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sertifikatini olish uchun test sinovlari;
- "IELTS Computer Delivered" 15-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun na'munaviy testlar va haqiqiy imtihon muhiti;
- “Intuto” loyiha taqdimoti va shu kabi koʻplab qiziqarli loyihalar sizni kutmoqda!

Forumda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati 16-dekabr 15:00ga qadar.

yoshlarforumi.uz platformasi orqali yo‘nalishlar kesimida o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuboring!

Murojaat uchun telefon: +99899 597-01-06

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube
29.7K views05:16
Ochish/sharhlash
2021-12-09 07:39:31
Assalomu alaykum, Sirdaryo yoshlari! Bugun sizning viloyatingizda bo’lamiz. Tumanlarda sizlar bilan uchrashamiz degan umiddaman.

P.S. yoshlarforumi.uz ga 12-dekabrga qadar takliflar yo’llashingiz mumkin. Uyog’iga ekspertlar bilan muhokamalar boshlanadi!

@alisher_sadullaev
22.9K viewsedited  04:39
Ochish/sharhlash
2021-12-08 17:21:17 ​​Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida sizlarga so’zlab bermoqchiman. Chekka hududlardagi mahalla yoshlarining muammolarini o’rganib yurganimizdan xabaringiz bor.

Ayni damda Jizzax viloyatidamiz. Ertalab Zarbdor tumani, tushdan keyin Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasiga bordik. Yoshlar bilan muloqot qilib turganimizda Shahodat ismli opaga ko’zim tushib qoldi. Opaning ko’zlarida onalarcha mehr bor edi. Ulardan “farzandlaringiz nima bilan shug’ullanadi, deb so’radim?” Ular “4 nafar farzandim bor, ikki qiz, ikki oʻgʻil — hammasi o’qiydi”, deb javob berdilar. 3 nafari toʻlov-kontrakt, bir nafari grantda o’qirkan.

Xayron bo’ldim, qanday qilib bir vaqtning o’zida 3 ta kontrakt pulini to’lash va qo’shimchasiga talabalar xarajatlarni qoplash mumkin axir? Shahodat opa o’z vaqtida oliy ta’lim olish uchun imkoni bo’lmaganligini, lekin hozir hech bir farzandi oliy ta’lim olish imkoniyatidan voz kechmasligi kerakligini aytdilar. Hatto bu oila uchun og’ir moliyaviy qiyinchiliklar tug’dirsa ham.

Men o’zim uchun bugun yangi qahramonni kashf qildim. O’zi yemay-ichmay bolam deb, farzandlari ta’limi uchun borini beradigan mana shunday ota-onalar jamiyatimizning, zamonamizning haqiqiy qahramonlaridir! Rosti ichimdan nima o’tganini o’zim bilaman. Shahodat opadan ularning oilalariga qanday yordam bera olishimni so’radim, ular kamtarona “o’zimiz uddalaymiz” dedilar.

Taqdirni qarangki, “Talabaga madad” loyihasi orqali bir qizlarining kontrakt pulining yarmini to’lab bergan ekanmiz. Endi yana bir qizlarining kontrakt pullarini bir qismini to’lab beradigan bo’ldik. Ayniqsa, qizlari ta’limi uchun harakat qilayotgan Shahodat opaga hurmatim ikki karra oshdi.

O’g’il farzandlari Bunyodbek esa Toshkentda grant asosida o’qir ekan, uning bir yillik yotoqxona xarajatlarini qoplab beradigan, o’qishi uchun agentligimiz nomidan noutbuk sovg’a qiladigan bo’ldik. Shunaqa gaplar, do’stlar!

@alisher_sadullaev
67.9K views14:21
Ochish/sharhlash
2021-12-08 16:47:47
Farzandlari ta'limi uchun borini bergan ota-onalarga bag'ishlaymiz!

"Osmondagi bolalar" jamoasi ushbu videoni farzandlarining ta'limi yo'lida o'zini baxshida qilgan ota-onalarga bag'ishlaydi!

Farzandlarining ta'limi uchun borini bergan ota-onalar, sizlar dunyodagi eng yaxshi insonsizlar! Boringizga shukur!

Bizlar uchun borini baxshida qilgan ota-onalarimizga yuboramiz!

"Osmondagi bolalar" ning yangi soni premyerasi 10-dekabr, juma kuni, soat 20:00 da boʻlib oʻtadi.

YouTube:

17.0K views13:47
Ochish/sharhlash
2021-12-07 21:56:32
Forumlarga faqat “dejurniy”lar keladi, yorqin fikrli va noqulaylar kelmaydi” deb aytishardi!

Mana ochiq tizim! Forumning rasmiy veb sahifasiga bir kunda 30 ming nafardan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyurishgan. Tashrif buyuruvchilarning 4827 nafari rasmiy ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, oxirgi 3 kun ichida ularning 2798 nafari o’z takliflarini qoldirishgan. Xususan, talaba, bloger, tadbirkor, hunarmand, o’qituvchi, shifokor, huquqshunos, iqtisodchi, ijodkor, tahlilchi va xorijdagi vatandoshlar ham yoshlarning rivojlanishi uchun takliflar bildirishgan. Prezidentimiz topshiriqlariga binoan Forum yakunlariga ko’ra Hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Biz esa takliflarni vazirlik va idoralarga yetkazishni boshlab yubordik. Tez orada ushbu taklif egalarining o’zlari vazir va hokimlarga ayni shu murojaatlarini yetkazish imkoniyatlari ham yaratiladi!

@alisher_sadullaev
21.9K views18:56
Ochish/sharhlash
2021-02-12 21:36:09
Birgalikda ezgulik ulashamiz: sizda ham volontyor bo'lish imkoniyati bor!

Shu yilning fevral va mart oylarida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari qoshida "Volontyorlar maktabi" tashkil etilishi haqidagi xabarni sizga yetkazishdan mamnunmiz.

Agarda siz o'z oldingizga jamiyat rivojiga hissa qo'shish, insonlarga ko'mak berishdek ezgu maqsad qo'ygan bo'lsangiz, safimizga qo'shiling.

Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
6.2K views18:36
Ochish/sharhlash