Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 105

2022-02-15 16:00:09 ​​Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida oʻqitish xarajatlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #sakkizinchiimkoniyat

Hukumatning tegishli qarori bilan, “Yoshlar daftari”ga kirgan yoki bandligi ta’minlangani sabab undan chiqarilgan, xususiy tashkilotga ishga qabul qilinganiga 6 oydan oshmagan yosh xodimlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab berilishi belgilangan.

Bugungi kunga qadar, ushbu tizim orqali 125 nafar yoshlarning kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlari kompensatsiya qilib berildi. Bu qariyb 146 million so‘mni tashkil etmoqda. Mazkur imkoniyatdan foydalanish uchun batafsil ma‘lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

O‘z navbatida bu imkoniyat ham yoshlar uchun, ham ish beruvchi uchun muhim ahamiyatga ega, nazarimizda. Sababi yoshlar xususiy tashkilotga ishga kirgach o‘z ustida ishlab, kasbini mukammal darajada o‘rganishi uchun davlat unga imkoniyat beryapti. Xususiy tashkilotga esa bu hech qanday xarajat tug‘dirmaydi. Albatta, bundan davlat ham yutadi.

Yoshlar uchun yaratilgan yana yuzga yaqin imkoniyatlarni yoritishda davom etamiz. Quyida bugungacha ma’lumot berilgan imkoniyatlar bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
1. Xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi;
2. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi;
3. To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun imkoniyat;
4. Prezident granti;
5. Talaba-yoshlar uchun soliq borasidagi imkoniyat;
6. Talaba-yoshlarning ijara to'lovlari qoplab beriladi;
7. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi.

P.S.: Yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar ko‘proq yoshlarga yetib borishi uchun ulashishda ko‘mak bersangiz, albatta, minnatdor bo‘lamiz!

@alisher_sadullaev
57.8K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-02-14 16:15:38 ​​Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab beriladi — yoshlar uchun #yettinchiimkoniyat

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan, «Mehribonlik» uylari, Bolalar shaharchalari va oilaviy bolalar uylarida tarbiyalangan yoshlar, shuningdek, «Ijtimoiy himoya yagona reyestri»ga kiritilgan oilalarning «Yoshlar daftari»ga kiritilgan farzandlari uchun safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badali qoplab berilishi belgilangan.

Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun yuqorida sanalgan toifalarga kiruvchi yoshlar Yoshlar ishlari agentligining tegishli hududiy bo‘limiga murojaat qilishlari yoki https://yoshlardaftari.uz platformasi orqali onlayn murojaat qilishlari mumkin. Batafsil ma’lumot.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, bugungacha mazkur imkoniyatdan 3 191 nafar yoshlar foydalangan. Hududlar miqyosida esa eng ko‘p Toshkent shahriga (513 nafar), Samarqand viloyatiga (351 nafar) va Andijon viloyatlariga (288 nafar) to‘g‘ri kelmoqda.

O‘ylaymizki, bu ham ko‘plab yoshlarimizni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yana bir yaxshi tizimdir. Buning ortidan ham ko‘p oilalar davlatning yordamini his qilishiga ishonamiz. Obunachilarimiz orasida bu imkoniyatdan foydalangan yoshlar bormi?

@alisher_sadullaev
29.5K viewsedited  13:15
Ochish/sharhlash
2022-02-14 12:41:47
Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 539 yil to‘ldi

Zahiriddin Muhammad Bobur
— o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasining asoschisi, benazir shaxs sifatida tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan.

Ushbu sana munosabati bilan, Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan ishlangan «Boburlar Bobur haqida nima deydi?» videoroligini taqdim etamiz.

Qadrli yoshlar, siz Bobur haqida nimalarni bilasiz? Izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
22.6K views09:41
Ochish/sharhlash
2022-02-13 12:55:02
Oromgohda haqiqiy qish kayfiyati, qor esa tizza barobar! Bolalarning ko’zlarida jo’shqinlik, ulkan taassurotlarni ko’rdim. Ilk bor bilim ortidan uylariga pul ham olib boradigan bo’lishdi.

@alisher_sadullaev
34.4K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2022-02-13 12:50:57 Yaqinda Sirdaryo tumani, “Hikmatli” mahallasiga borgan edik. Mahalla tumanning chekka hududlaridan biri ekan. Yoshlar yetakchisi Tursunqul Husanov bilan kechki payt zakovat o’yinini ko’rgani bordik.

U joylarda ochiq katta bino deyarli yo’q, faqat qishda isitish qiyin bo’lgan bir to’yxona bor ekan. Yoshlar shu joyda yig’ilib, “Zakovat” o’ynashayotgan ekan. Shunchaki havaskorlar, lekin atmosfera zo’r edi.

“Liderlar” kitobi muallifi Otabek Hasanov ham biz bilan edilar. Shunda ko’zi chaqnab turgan yoshlarga professional atmosfera yaratishni niyat qildik. Mana bugun bu yoshlar Bo’stonliq tumanida “Zakovat” NNT asoschisi Abdurasul akaning shaxsan o’zlari qo’l ostida bellashdilar.

Oromgohda haqiqiy qish kayfiyati, qor esa tizza barobar! Bolalarning ko’zlarida jo’shqinlik, ulkan taassurotlarni ko’rdim. Ilk bor bilim ortidan uylarida pul ham olib borishadigan bo’lishdi.

@alisher_sadullaev
33.6K viewsedited  09:50
Ochish/sharhlash
2022-02-10 08:45:20 ​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to'lovlari qoplab beriladi — yoshlar uchun #oltinchiimkoniyat

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan, 2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o'ziga, shu jumladan, ota-onasiga (qonuniy vakillariga) tegishli bo'lmagan uyda ijarada yashaydigan talabalarga ular tomonidan to'lanadigan oylik ijara to'lovining 50 foizi budjet mablag'lari hisobidan qoplab berilishi belgilangan.

Ijara pulining 50 foizi (Toshkent shahrida BHMning 1 baravarigacha, qolgan hududlarda esa BHMning 0,5 baravarigacha) davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida, davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil oladigan va ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarga qoplab beriladi. Batafsil ma’lumotni ushbu havola orqali olishingiz mumkin.

Bizdagi ma'lumotlarga ko'ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha 5 955 nafar talaba bu imkoniyatdan foydalangan. Bu qariyb 4,6 mlrd. so'mni tashkil etmoqda. O'tgan yili bu imkoniyatdan foydalangan talabalar yoki foydalanmoqchi bo'lganlar bormi? Qanday to'siqlarga yoki muammolarga duch kelgansiz? Izohlarda yozib qoldiring.

Sizning fikr va takliflaringiz asosida bu tizimga mas'ul bo'lgan Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi bilan zarur choralarni ko'ramiz, albatta!

@alisher_sadullaev
44.9K viewsedited  05:45
Ochish/sharhlash
2022-02-09 16:11:09
Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to‘ldi

G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy — 1441-yil Hirot shahrida tug‘ilgan. Buyuk mutafakkir o‘zining ijodi bilan xalqning madaniy, ma’rifiy va ilmiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan.

Alisher Navoiy ulug‘ o‘zbek va boshqa turkiy xalqlarning shoiri, mutafakkiri va davlat arbobi bo‘lgan. G‘arbda chig‘atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “nizomi millati va din” (din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug‘lanadi.

Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlab Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi hamkorligida ishlangan Alisher Navoiy ijodidan bir g‘azal tahlilini taqdim etamiz.

Siz-chi? Alisher Navoiyning qaysi g‘azallarini yod olgansiz?

@alisher_sadullaev
168.8K views13:11
Ochish/sharhlash
2022-02-07 12:55:56 Talabalarga yengillik: kontrakt to‘lash muddati 1-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar uchun:

to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlar (magistratura, bakalavr);

to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar (texnikum, kollej);

tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;

o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.

@alisher_sadullaev
41.0K viewsedited  09:55
Ochish/sharhlash
2022-02-05 16:42:40 ​​Yaqinda jamoamizga Qoraqalpog'iston Respublikasi, Nukus shahridan IELTS'dan 8,5 ball olgan 16 yoshli Zulfiya Ktaybekova ismli singlimiz imtihon xarajati kompensatsiyasini olish uchun ariza topshirgani haqida ma'lumot kelib tushdi.

Ochig'i ko'rib xayron qoldim. 16 yoshli maktab o'quvchisi uchun bu juda katta natija. Kecha Qoraqalpog'iston Respublikasida xizmat safaridaligimizdan foydalanib, Zulfiya singlimizga kompensatsiya uchun sertifikatini shaxsan topshirib, unga va mana shu natijaga erishishidagi asosiy sababchi insonlar — ota-onasiga minnatdorchiligimizni bildirdik.

Zulfiya Ktaybekova Prezident maktabida tahsil oladi. Uning dadasi Laziz aka Qoraqalpoq davlat universitetining fizika fakultetida dotsent bo'lib ishlaydi, onasi esa Nukus shahridagi 24-maktabda ishlaydi. Zulfiyaning akasi «Yangi O'zbekiston» universitetida tahsil oladi. Ko'rinib turibdiki, ziyolilar oilasi va unga munosib farzandlar.

Yaqinda Prezident maktabi o'quvchisi Maqsadbek Fayzullayev 17 yoshida TOP-300 talikka kiradigan 11 ta xorijiy universitetga o'qish qabul qilinib, umumiy hisobda 312 ming dollar grant yutgani haqida yozgandim. Prezident maktablari tizimiga ham yoshlarimizning mana shunday natijalari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Nazarimda, iqtidorlar bilan tizimli ishlash mexanizmi shakllanmoqda.

Zulfiya singlimizning bu yutug'i birinchi o'rinda oilada ota-onaning farzandlariga bo'lgan e'tibori, oilaning farzandlarga bo'lgan ishonchi qanchalik kuchli ekanini ko'rsatadi. Bu qizimiz kelajakda dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalarida biologiya yo'nalishi bo'yicha tahsil olmoqchi. Zulfiyaning ilm olish yo'lidagi harakatlariga kuch-quvvat va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Eslatib o’taman, 2021-yil xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini qoplab berish tizimini yo'lga qo'yganmiz. 20-yanvar holatiga ko'ra, ushbu tizim orqali 3 246 nafar yoshlarning xarajati qoplab berildi. Bu qariyb 6 000 000 000 so'mni tashkil etmoqda.

@alisher_sadullaev
25.3K views13:42
Ochish/sharhlash
2022-02-04 17:30:22 ​​Talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun soliq borasida ham imkoniyat bor! Yoshlar uchun #beshinchiimkoniyat

Soliq kodeksining 378-moddasi, 16-bandiga binoan, kontrakt to‘lovini ish haqi yoki boshqa daromadlardan amalga oshirgan shaxslarning daromadi soliqqa tortilmaydi.

Mazkur imkoniyatdan 26 yoshga to‘lmagan farzandlari to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan ota-onalar, 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i shartnoma asosida o‘qiydigan shaxslar va yoshidan qatʼiy nazar daromad oluvchi (rasman ishlayotgan) talabalar foydalanishlari mumkin.

Ushbu imkoniyat o‘z mablag‘lari, jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan taʼlim kreditlari va yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lar (ssudalar) hisobidan o‘qish uchun to‘lov amalga oshirilganda taqdim etiladi.

Batafsil ma’lumotni https://yoshlarportali.uz/oz portali orqali mana bu havola orqali yoki Davlat soliq qo‘mitasining 1198 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilish orqali bilib olishingiz mumkin. Bu imkoniyatning huquqiy asosi bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Hisoblaymiz. Masalan, hali 26 yoshga to‘lmagan talabaning yillik to‘lov-kontrakti miqdori 10 mln so‘m. Uning otasi 5 mln so‘m oylik olsa va shu oyligidan farzandiga kontrakt to‘lasa, undan daromad solig‘i (12 foiz yoki 600 ming so‘m) olinmaydi. Shunda bu talabaning otasi 10 mln so‘m kontrakt to‘lasa, 1 200 000 so‘m yutadi.

Albatta, bu to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarga, ularning ota-onalariga biroz bo‘lsa-da qo‘llab-quvvatlov bo‘ladi, degan umiddamiz. Ota-onalar, talaba-yoshlar, kontrakt to‘layotganda mazkur imkoniyatdan foydalanganmisiz?

@alisher_sadullaev
37.7K views14:30
Ochish/sharhlash