Get Mystery Box with random crypto!

Forumlarga faqat “dejurniy”lar keladi, yorqin fikrli va noqula | Alisher Sadullaev

Forumlarga faqat “dejurniy”lar keladi, yorqin fikrli va noqulaylar kelmaydi” deb aytishardi!

Mana ochiq tizim! Forumning rasmiy veb sahifasiga bir kunda 30 ming nafardan ortiq foydalanuvchilar tashrif buyurishgan. Tashrif buyuruvchilarning 4827 nafari rasmiy ro’yxatdan o’tgan bo’lsa, oxirgi 3 kun ichida ularning 2798 nafari o’z takliflarini qoldirishgan. Xususan, talaba, bloger, tadbirkor, hunarmand, o’qituvchi, shifokor, huquqshunos, iqtisodchi, ijodkor, tahlilchi va xorijdagi vatandoshlar ham yoshlarning rivojlanishi uchun takliflar bildirishgan. Prezidentimiz topshiriqlariga binoan Forum yakunlariga ko’ra Hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda. Biz esa takliflarni vazirlik va idoralarga yetkazishni boshlab yubordik. Tez orada ushbu taklif egalarining o’zlari vazir va hokimlarga ayni shu murojaatlarini yetkazish imkoniyatlari ham yaratiladi!

@alisher_sadullaev