Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 107

2022-01-21 18:32:56
Bugungacha Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ashurov Sarvar Gʻaniyevich Vazirlar Mahkamasining Yoshlar, jamoat tashkilotlari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash masalalari kotibiyati mudiri lavozimiga tayinlandi.

Sarvar aka yoshlar tizimidagi ko‘plab qarorlarni qabul qilishda, yoshlar manfaatlariga xizmat qiladigan tizimlarni yo‘lga qo‘yishda eng ko‘p mehnat qilgan inson. U kishini tizimdagi faoliyatini, yoshlar uchun qilgan ishlarini alohida qadrlaymiz! Sarvar Gʻaniyevichning keyingi faoliyatiga omad va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

So‘nggi bir necha oy davomida Yoshlar ishlari agentligi tizimida faoliyat yuritgan eng yaxshi kadrlar mas’ul lavozimlarga tayinlanmoqda. Nazarimda, avvalo, agentlik davlat va jamiyat uchun rahbar kadrlarni tayyorlab beradigan o‘ziga xos markaz, zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, yoshlar uchun “sotsial lift” bo‘lishi kerak.

@alisher_sadullaev
13.2K views15:32
Ochish/sharhlash
2022-01-21 14:00:08 ​​Ta'lim krediti — yoshlar uchun imkoniyat! (3-qism)

Oliy ta'lim muassasalari talabalarini qo'llab-quvvatlash maqsadida 2021-yil 18-avgustda «Oliy ta'lim tashkilotlarida to'lov-kontrakt asosida o'qish uchun ta'lim kreditlari ajratishni tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorda O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan davlat, nodavlat, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlari, xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarining filiallari va qo'shma ta'lim dasturlari bo'yicha kunduzgi ta'lim shaklida bakalavriat hamda magistraturada tahsil olayotgan talabalarga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) miqdorida ta'lim krediti ajratilishi belgilandi.

Ta'lim kreditlari uchun foizlarni hisoblash va to'lash oliy ta'lim tashkilotiga mablag'lar o'tkazilgan sanadan boshlab, asosiy qarzni qaytarish esa talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Batafsil ma'lumotlarni https://yoshlarportali.uz/oz platformasidan ushbu havola orqali topishingiz mumkin. Moliya vazirligi ta’lim krediti olish uchun banklar roʻyxati va murojaat uchun telefon raqamlarni ham e’lon qilgan.

Hisoblaymiz. Aytaylik, 2-kursda o'qiyotgan, yillik kontrakt to'lovi 10 mln. so'm bo'lgan talaba ta'lim krediti olsa, kredit foizini (hozirda 14%) o'qish davomida oyma-oy to'lab boradi. 10 mln. so'mning 14 foizini (1,4 mln. so'mni) bir yilda to'lansa, bir oyga 117 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda. Qolgan asosiy qarzni (10 mln so'mni) talaba o'qishni bitirgandan keyin, oradan 7 oy o'tib (bu vaqt davomida bemalol ishga kirishga ham ulguradi) 7 yil davomida to'lashi mumkin. Shunda bir oyga 119 ming so'mdan to'g'ri kelmoqda.

Ota-onasi rasmiy ishda ishlamaydigan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirmagan oilalar talabalari kafil topishda qiynalishadi, sirtqi yoki kechki ta’lim shaklida o‘qiydigan talabalar esa ushbu ta’lim kreditini ololmaydi. Shunday bo'lsa-da, 2021-yil yakuniga ko'ra, 19 879 nafar talaba mazkur ta'lim kreditidan foydalanishgan.

Talaba-yoshlar, 2021-yilda ta'lim krediti oldingizmi? Qanday to'siqlarga duch keldingiz? Sizning taklif va fikrlaringiz asosida mutasaddilar bilan jarayonni soddalashtirish va muammolarni yechish ustida ishlaymiz, albatta. Izohlarda yozib qoldiring.

@alisher_sadullaev
47.0K views11:00
Ochish/sharhlash
2022-01-21 08:37:03 Oʻquv markazlar yopilmaydi. Karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda faoliyatini davom ettiradi va nazorat kuchaytiriladi.

@alisher_sadullaev
31.9K views05:37
Ochish/sharhlash
2022-01-20 20:14:02 Rasman: Xususiy maktablar ham 24-yanvardan boshlab bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi

@alisher_sadullaev
16.3K views17:14
Ochish/sharhlash
2022-01-20 19:49:59 Rasman: 24-yanvardan boshlab maktablar bir oy davomida onlayn faoliyat olib boradi — Xalq ta’limi vazirligi

@alisher_sadullaev
28.2K views16:49
Ochish/sharhlash
2022-01-20 19:49:19 Rasman: 24-yanvardan boshlab, barcha oliy ta'lim muassasalari (davlat, nodavlat, xususiy hamda xorijiy filiallar) va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar (barcha ta’lim shakllari va turlari bo‘yicha) bir oy muddatga masofaviy (onlayn) ta'limga o'tkazildi — Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi

@alisher_sadullaev
36.8K viewsedited  16:49
Ochish/sharhlash
2022-01-20 14:59:35 Koʻplab mahalladagi nomzodlar, boʻlajak mahalladagi yoshlar yetakchilari takliflariga koʻra ushbu kanal ochildi. Bu yerda doimiy ravishda qoʻllanmalar, tushunchalar va qarorlar berib boriladi.

Shuningdek, kanal orqali mahalladagi yoshlar yetakchilarining yangi tizimdagi faoliyati, ularga berilayotgan imkoniyatlar, oʻqish va ishlash mexanizmi kabilarni muhokama qilib boramiz!

Doimiy ravishda yangiliklarni kuzatib borish uchun mahalladagi barcha nomzodlar va yetakchilarni ushbu kanalga obuna boʻlishlarini soʻragan boʻlardik.

Kuzatib boring: https://t.me/mahallayetakchilari_rasmiy
19.0K views11:59
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:35:26 Intellektual turnirlar tashkil qilish, bilimdon yoshlarni rag‘batlantirish, yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan kompyuter va mobil o‘yinlarni yaratgan dasturchilarga grant va subsidiyalar ajratish maqsadida 2022-yilda 50 mlrd so‘m miqdorida, keyingi yillarda asoslangan hisob-kitoblarga muvofiq davlat byudjetidan mablag‘ ajratiladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
23.4K views10:35
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:34:25 Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularga motivatsiya berish maqsadida mashhur olimlar, jumladan, Nobel mukofoti sohiblari bilan uchrashuvlar tashkil etib boriladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
20.8K views10:34
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:33:36 Ta’lim muassasalarida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual klublarining koordinatori bo‘lgan professor-o‘qituvchilarga mehnatga haq to‘lash fondining 50 foizi miqdorida bir martalik ustama to‘lab beriladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
20.2K views10:33
Ochish/sharhlash