Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 108

2022-01-20 13:32:48 Intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari ta’limning keyingi bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
18.1K views10:32
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:31:50 2022-yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
17.0K views10:31
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:30:53 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
18.2K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:30:08 2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi — Prezident qarori

@alisher_sadullaev
18.9K views10:30
Ochish/sharhlash
2022-01-20 13:29:24 Prezident Shavkat Mirziyoyev «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar.

Prezident qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi.

@alisher_sadullaev
18.8K views10:29
Ochish/sharhlash
2022-01-20 10:14:27 Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi

Prezident qaroriga ko'ra, mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimini yaratilib, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.

“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish kabilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi.

Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.

Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m) miqdorida;

xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m) miqdorida;

xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m) miqdorida.

@alisher_sadullaev
25.1K views07:14
Ochish/sharhlash
2022-01-19 20:40:50
Bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Daniyarov Abatbay Saparbayevich Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.

Abat akaning yoshlar bilan ishlash tizimida alohida o'rni bor. Ayniqsa, qoraqalpoq yoshlarining muammolarini eshitib, uni hal etishda qilgan va qoraqalpoq yoshlari uchun amalga oshirgan barcha xizmatlarini alohida e'tirof etish kerak. Bugungi tayinlov esa yoshlarga bo'lgan juda katta ishonchning yana bir dalilidir.

Abat Saparbayevichning keyingi faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

@alisher_sadullaev
14.2K views17:40
Ochish/sharhlash
2022-01-19 15:05:50 “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-yilgi birinchi stipendiya tanlovini e’lon qilgani xabar berilgandi. Bugun, 19-yanvar kuni soat 20:00da ushbu tanlov yuzasidan ovozli muloqot bo'lib o'tadi.

Ovozli suhbat davomida stipendiyaning maqsadi, mexanizmi, olish tartibi, kimlar imtiyozdan foydalanishi mumkinligi kabi masalalarga javob olishingiz mumkin.

Ishtirok etish uchun:
https://t.me/elyurtumidifoundation?livestream

@alisher_sadullaev
29.4K views12:05
Ochish/sharhlash
2022-01-15 16:00:15 ​​ Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)

2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.

Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.

Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.

Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.

Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.

Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab muraat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

@alisher_sadullaev
31.2K views13:00
Ochish/sharhlash
2022-01-14 15:00:20
14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!

Jonajon yurtimizning sarhadlarida Vatanimiz tinchligini himoya qilayotgan, xalqimizning farovon hayotini ta’minlayotgan, tinchligimiz va mustaqilligimiz yo‘lida mehnat qilayotgan barcha mard o‘g‘lonlarimizni, harbiylarimizni hamda xavfsizligimizga mas’ul barcha xodimlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz!

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

@alisher_sadullaev
16.2K views12:00
Ochish/sharhlash