Get Mystery Box with random crypto!

​​​​Xorijiy tillarga qiziquvchi va shugʻullanuvchi yoshlar, si | Alisher Sadullaev

​​​​Xorijiy tillarga qiziquvchi va shugʻullanuvchi yoshlar, siz uchun ajoyib yangilik!

Samarqand shahrida 18-20 dekabr kunlari
"O'zbekiston yoshlar forumi-2021" doirasida "Ibrat avlodlari" xorijiy tillari forumi bo'lib o'tadi.

Forum yoʻnalishlari:
- "Interactive Communication" yoshlarning chet tillarida fikrlash va kompetensiyaviy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan o‘yinlar;
- "Debates Club" turli xil mavzularga oid bahs-munozaralar;
- "Polyglot" Ingliz, nemis va fransuz tillarini mukammal o‘zlashtirgan yoshlar o‘rtasida bellashuv;
- "CEFR" Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha sertifikatini olish uchun test sinovlari;
- "IELTS Computer Delivered" 15-30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun na'munaviy testlar va haqiqiy imtihon muhiti;
- “Intuto” loyiha taqdimoti va shu kabi koʻplab qiziqarli loyihalar sizni kutmoqda!

Forumda ishtirok etish uchun ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting.

Roʻyxatdan oʻtishning oxirgi muddati 16-dekabr 15:00ga qadar.

yoshlarforumi.uz platformasi orqali yo‘nalishlar kesimida o‘z taklif va tashabbuslaringizni yuboring!

Murojaat uchun telefon: +99899 597-01-06

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | You Tube