Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 106

2022-02-03 13:52:48 Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlari 7-fevraldan 24-fevralga qadar bosqichma-bosqich ana’naviy shaklga o‘tkaziladi. Shu davrda dars mashg‘ulotlari bir vaqtning o‘zida ham masofaviy, ham an’anaviy shaklda olib boriladi.

24-fevraldan boshlab barcha oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlari to‘liq an’anaviy shaklda olib boriladi — Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.

@alisher_sadullaev
25.5K viewsedited  10:52
Ochish/sharhlash
2022-02-02 19:17:15 Rasman: 7-fevraldan barcha oliy ta'lim muassasalarida ham an'anaviy shaklda darslar boshlanadi.

@alisher_sadullaev
43.5K views16:17
Ochish/sharhlash
2022-02-02 19:00:45 Tezkor

SSV: Mamlakatimizda oʻquv jarayonlari anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi

Soʻnggi kunlarda yurtimizda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holati kamayayotgani kuzatilmoqda.

Kasallikning tarqalganlik darajasi 0,8 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga koʻra bu koʻrsatkich 1,0 gacha boʻlsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Shuningdek, statsionardan chiqarilayotganlar sonining statsionarga yotqizilayotganlar soniga nisbatan hamda karantindan chiqarilayotganlar sonining karantinga olinayotganlar soniga nisbatan ham ijobiy tomonga siljish kuzatilmoqda.

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43 % holatda kasallangan oila aʼzosi yoki qarindoshlari, 6-7 % holatda bemor koʻshnilari, 10-12 % holatda jamoat joylaridagi muloqot va 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekani aniqlanmoqda.

Tahlillariga koʻra, bogʻcha yoshidagi (3-6 yosh) bolalar oʻrtasida kasallanish, uy qaramogʻidagi shu yoshdagi bolalarga nisbatan (3-3,5-marta) kam uchramoqda.

Respublika maxsus komissiyasi tomonidan ushbu jihatlar inobatga olinib, bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2022-yil 7-fevraldan boshlab umumtaʼlim maktablari, professional, kasb-hunar taʼlim va oliy taʼlim muassasalari, akademik litseylar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlarida oʻquv jarayoni anʼanaviy shaklga oʻtkaziladi.

Bunda, barcha taʼlim tashkilotlarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga qatʼiy rioya etish va antiseptik vositalardan muntazam foydalanish talab etiladi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

@alisher_sadullaev
80.2K viewsedited  16:00
Ochish/sharhlash
2022-02-01 17:05:11 ​​Prezident granti — yoshlar uchun imkoniyat! (4-qism)

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan. Batafsil ma’lumot.

2021-yil Davlat qabul komissiyasining qarori bilan 25 ta ta’lim sohasining har biriga teng 8 tadan kvota ajratilgan. 2021-yilda Prezident granti olgan talabalar soni jami 257 nafarni tashkil etgan. Qoida bo‘yicha sakkizinchi o‘rinda turgan abituriyent bilan bir xil ball to‘plagan barcha abituriyentlarga Prezident granti beriladi. Masalan, huquq sohasida 26 nafar abituriyent 189 ball to‘plagan. Ularning ichidan faqat 8 tasini tanlab olishning iloji yo‘q. Shu sababli 26 nafarning barchasiga Prezident granti berilgan.

Tibbiyot yo‘nalishida o‘qiydigan talabalar juda yaxshi eslasa kerak, bundan bir necha yil oldin kirish imtihonlarida maksimal ball (189 ball) to‘plab ham yoshlar to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan. Bu holat ko‘proq tibbiyot yo‘nalishida kuzatilgan. Sababi o‘shanda hududlar miqyosida ham kvota ajratilardi.

Masalan, buxorolik abituriyent uchun Buxoro davlat tibbiyot insitutiga kvota ajratilgan va bu abituriyent Andijon davlat tibbiyot institutiga topshirsa, uning hududiga kvota ajratilmagan bo‘lsa, u maksimal ball to‘plasa ham, to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan.

2021-yilda esa shu narsaga uzil-kesil chek qo‘yildi va endi bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlar uchun katta imkoniyat taqdim etildi. Maksimal ball to‘pla va Preziednt grantiga da’vogarlik qil! Bu tizim — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha bo'lgan ajoyib tizim!

O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.

Xo‘sh, obunachilarimiz orasida 2021-yilda maksimal ball to‘plab, Prezident grantiga da’vogarlik qilayotgan yoshlar bormi? Maksimal ball to‘plash uchun hozirgi abituriyentlar nima qilishi kerak? Tajriba va tavsiyalaringizni izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
34.3K viewsedited  14:05
Ochish/sharhlash
2022-01-29 12:48:56
Bo'sh vaqtingizda nimalar bilan bandsiz? Dam olish uchun mahallangizda sharoit bormi?

Fikringiz Yoshlar Ishlari Agentligiga yoshlar bo'sh vaqtlarini sifatli o'tkazishi uchun mahallalarda nimalar zarurligini aniqlashda kerak.

U-Report orqali o'z fikringizni bildiring!
__

Что ты делаешь в свободное время? Есть ли в вашей махалле условия для отдыха?

Ваше мнение необходимо Агентству по делам молодежи для создания условий в махаллях для качественного досуга молодежи.

Выскажите свое мнение через U-Report!
10.4K views09:48
Ochish/sharhlash
2022-01-29 10:22:13 Mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazilmoqda. Mazkur so‘rovnomada ishtirok etishingiz qaror qabul qilishimizda muhim ahamiyatga ega.

Ishtirok etish uchun ma’lum soniyalargina vaqtingiz ketadi. Befarq bo‘lmay, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni belgilashingizni so'raymiz.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun: https://forms.gle/WZwkCQhpaJWgRTXj9

@alisher_sadullaev
43.9K viewsedited  07:22
Ochish/sharhlash
2022-01-28 16:53:20 Prezident Shavkat Mirziyoyev:

«Maktablarning dars tugashi bilan yopilishi — bu mutlaqo notoʻgʻri. Kutubxona, sport zal, kompyuter xonalari, tadbirlar zali doimiy ishlashi, ularda har kuni musobaqa, konsert, kitobxonlik, mushoira, “Zakovat” va boshqa intellektual oʻyinlar oʻtkazilishi kerak».

@alisher_sadullaev
30.9K views13:53
Ochish/sharhlash
2022-01-25 10:07:28 Elektr tizimidagi avariya Qozogʻistonda yuz bergan

Soat 10:57 da Qozogʻiston Respubliksi Elektr tarmogʻida katta avariya boʻlishi natijasida Olma-ota, Shimkent, Taras, Turkiston (viloyatlarida) va atrof hududlarida Elektr eyenergiya taʼminotida oʻchishlar yuzaga keldi.

Buning natijasida Qirgʻiziston elektr tarmogʻida, jumladan, Bishkek, Oʻsh va boshqa barcha shaharlarda elektr energiya oʻchishi kuzatildi.

Yagona elektr tarmogʻiga ulangan Oʻzbekiston elektr tarmogʻi bu avariyaning salbiy taʼsiri natijasida Qozogʻistondan keluvchi 530 liniyadagi kuchlanish va chastotani keskin oʻzgarishi oqibatida Toshkent GRESi, Sirdaryo GRESi da avariya himoya vositalari ishlab ketib bu ikkala stansiyani ham avtomatik ravishda oʻchishiga olib kelgan.

Natijada Fargʻona viloyati, Toshkent shahri va viloyati, Fargʻona vodiysi hududi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari tarmoqlarida elektr energiyasi oʻchdi.

Hozirgi vaqtda qoʻshni davlat tarmoqlaridan uzgan holatda har bir IESlarni alohida ishga tushirib, bosqichma bosqich tarmoqlarni ulab, ishga tushirish choralari koʻrilmoqda.

Avariya tavsilotlari boʻyicha qoʻshimcha ravishda axborot beriladi.

Energetika vazirligi Matbuot xizmati

@alisher_sadullaev
47.9K viewsedited  07:07
Ochish/sharhlash
2022-01-25 09:51:49 Elektr ta’minoti qisman Qirg’iziston, Qozog’iston va O’zbekiston shahar va viloyatlarida o’chganligi aytilmoqda. Katta uzilishga o’xshaydi. Umid qilamizki, tez orada mutassadilar texnik nosozlikni bartaraf etishadi. Isitish, oqava va suv ta’minotida ham uzlishilar kuzatilmoqda ekan!

Ko’chalarda tirbandlik ehtimoli ham mavjud. Hozircha shaxsiy avtomobildan foydalanish, zaruriyat bo’lmasa harakatlanmagan ma’qul.

@alisher_sadullaev
36.9K viewsedited  06:51
Ochish/sharhlash
2022-01-23 19:28:16 Yaratganning mo’jizasi — farzand mukofoti ikkinchi marta nasib etdi. Umri, rizqi bilan bergan bo’lsin. Vatanimizga, xalqimizga va oilamizga sadoqatli bo’lib ulg’aygin, jon qizim.

@alisher_sadullaev
14.5K viewsedited  16:28
Ochish/sharhlash