Get Mystery Box with random crypto!

​​Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida siz | Alisher Sadullaev

​​Bugun meni juda chuqur ta’sirlantirgan bir hodisa haqida sizlarga so’zlab bermoqchiman. Chekka hududlardagi mahalla yoshlarining muammolarini o’rganib yurganimizdan xabaringiz bor.

Ayni damda Jizzax viloyatidamiz. Ertalab Zarbdor tumani, tushdan keyin Zomin tumanidagi Hamid Olimjon mahallasiga bordik. Yoshlar bilan muloqot qilib turganimizda Shahodat ismli opaga ko’zim tushib qoldi. Opaning ko’zlarida onalarcha mehr bor edi. Ulardan “farzandlaringiz nima bilan shug’ullanadi, deb so’radim?” Ular “4 nafar farzandim bor, ikki qiz, ikki oʻgʻil — hammasi o’qiydi”, deb javob berdilar. 3 nafari toʻlov-kontrakt, bir nafari grantda o’qirkan.

Xayron bo’ldim, qanday qilib bir vaqtning o’zida 3 ta kontrakt pulini to’lash va qo’shimchasiga talabalar xarajatlarni qoplash mumkin axir? Shahodat opa o’z vaqtida oliy ta’lim olish uchun imkoni bo’lmaganligini, lekin hozir hech bir farzandi oliy ta’lim olish imkoniyatidan voz kechmasligi kerakligini aytdilar. Hatto bu oila uchun og’ir moliyaviy qiyinchiliklar tug’dirsa ham.

Men o’zim uchun bugun yangi qahramonni kashf qildim. O’zi yemay-ichmay bolam deb, farzandlari ta’limi uchun borini beradigan mana shunday ota-onalar jamiyatimizning, zamonamizning haqiqiy qahramonlaridir! Rosti ichimdan nima o’tganini o’zim bilaman. Shahodat opadan ularning oilalariga qanday yordam bera olishimni so’radim, ular kamtarona “o’zimiz uddalaymiz” dedilar.

Taqdirni qarangki, “Talabaga madad” loyihasi orqali bir qizlarining kontrakt pulining yarmini to’lab bergan ekanmiz. Endi yana bir qizlarining kontrakt pullarini bir qismini to’lab beradigan bo’ldik. Ayniqsa, qizlari ta’limi uchun harakat qilayotgan Shahodat opaga hurmatim ikki karra oshdi.

O’g’il farzandlari Bunyodbek esa Toshkentda grant asosida o’qir ekan, uning bir yillik yotoqxona xarajatlarini qoplab beradigan, o’qishi uchun agentligimiz nomidan noutbuk sovg’a qiladigan bo’ldik. Shunaqa gaplar, do’stlar!

@alisher_sadullaev