Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 188.95K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 104

2022-02-25 16:27:07 Live stream scheduled for Feb 25 at 14:00
13:27
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:54:52 Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 1-martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilindi

Shuningdek, epidemik vaziyatdan kelib chiqqan holda fuqorolarning ijtimoiy masofasini ta’minlash qiyin bo‘lgan joylarda:

jamoat transportida;
yirik savdo do‘konlarida;
ta’lim muassasalarida;
davlat va nodavlat idoralarida;
masjidlar, teatr, kinoteatr, muzey, san’at saroylari, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari va boshqa odamlar gavjum joylarda niqob taqish tavsiya etildi.

@alisher_sadullaev
21.0K views15:54
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:40:41Vaqt — yaxshi odatlar sabab do’stingizga, yomon odatlar sabab dushmaningizga aylanadi”.

“Atom odatlar” kitobidan


@alisher_sadullaev
17.3K viewsedited  15:40
Ochish/sharhlash
2022-02-23 18:38:02
10.6K views15:38
Ochish/sharhlash
2022-02-22 18:20:10 ​​25 yoshdan oshmagan yoshlarni ishga olgan ish beruvchilar uchun soliq borasida imkoniyat bor — yoshlar uchun 11-#imkoniyat

Bizga eng koʻp keladigan murojaatlardan biri yoshlarning bandligini ta’minlashdir. Shu yoʻnalishda qanday tizimlar yaratildi, nimalar qilindi, degan savollarni tez-tez so‘rashadi. Bu borada qilingan tizimlardan biri — Hukumat qarori bilan ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan yosh xodimlar uchun to‘lanadigan ijtimoiy soliq summasi Davlat budjetidan qoplab berilishi belgilangan. Batafsil ma’lumot.

Bu imkoniyatdan foydalangan tadbirkor Ahmad aka Melibayev o‘tgan yili Facebook sahifasida 2021-yilning may oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davr uchun 62 414 779,60 so‘m mablag'ini qaytarib olgani haqida yozgandi. Ahmad aka qo‘shimcha qilib, boshqa tadbirkorlar bilan ham gaplashgani va 25 yoshgacha bo'lgan yoshlarga ish bergan bo'lsa, ular ham ijtimoiy soliq summasini qaytarib olganini ta’kidlagandilar.

Avvalo, bu orqali yoshlarga yangi imkoniyatlar ochiladi. Chunki ish beruvchilarda, tadbirkorlarda yoshlarni ishga olish uchun xohish paydo boʻladi, ularga bu motivatsiya boʻladi, nazarimda. Albatta, mazkur tizim sabab ishga kirgan yoshlar ham, ish beruvchi ham, yoshlar ish bilan ta’minlangani uchun davlat ham yutadi, menimcha.

@alisher_sadullaev
44.1K views15:20
Ochish/sharhlash
2022-02-21 14:45:07 O‘zbekistondagi xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalari qaysilar? Yoshlar uchun #tavsiya

Ota-onalar va abituriyent-yoshlar tomonidan nodavlat va xususiy oliy ta’lim muassasalari haqida, ularning diplomi O‘zbekistonda o‘tishi yoki o‘tmasligi haqida ko‘plab savollar kelib turadi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonda nodavlat va xususiy oliy ta‘lim muassasalarining soni ham oshib bormoqda. Bugungi kunga kelib ularning soni 34 taga yetdi.

Asosiy savol: qaysi oliy ta’lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi? Ushbu havolada vakolatli davlat organi hisoblangan Ta’lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan litsenziya olgan xususiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalarining ro‘yxati bor. Hozirda mazkur ro‘yxatdagi oliy ta‘lim muassasalarining diplomi O‘zbekistonda o‘tadi.

Ota-onalar va abituriyent-yoshlar xususiy yoki nodavlat oliy ta’lim muassasasini tanlamoqchi bo‘lsa yoki biror yangi oliy ta’lim muassasasining e’loniga duch kelsa, avvalo, mana shu sahifaga kirib, ro‘yxatdan tekshirib ko‘rishlarini tavsiya qilamiz. Shu ro‘yxatda bo‘lsa, demak, uning diplomi o‘tadi. Buni abituriyent tanishlaringizga yuboring, albatta!

@alisher_sadullaev
32.0K views11:45
Ochish/sharhlash
2022-02-19 16:20:03 ​​Muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarning ta’lim olishi uchun imkoniyatlar bor! Yoshlar uchun #oʻninchiimkoniyat

Prezidentimizning tegishli qarori bilan, to‘lov-kontrakt asosida davlat oliy taʼlim muassasasiga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat oliy taʼlim muassasalari hisobidan o‘qitish tartibi joriy etilgan. Batafsil ma’lumot.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda mazkur imkoniyat sabab 1 431 nafar qizlarning to‘lov-kontrakti hokimliklar hisobidan to‘lab berilgan. Shuningdek, Moliyaviy barqaror oliy ta’lim muassasalari tomonidan esa 1 044 nafar talabalarning (shundan 396 nafari xotin-qizlar) to‘lov-kontrak pullari budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan to‘lab berilgan.

Bundan tashqari, yaqinda yoshlar uchun yaratilgan oltinchi imkoniyat — talaba-yoshlarni qo'llab-quvvatlash uchun ularning ijara to'lovlari qoplab berilishi haqida yozgandim. 2021-yil mazkur imkoniyat asosida 1 940 nafar talaba-qizlarga ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilgan. O'z navbatida bu imkoniyatlar talaba-qizlarimizning ilm olishi uchun yengillik yaratadi, degan umiddamiz.

Bugun yoshlarga yaratilgan 10-imkoniyat haqida ma'lumot berishga harakat qildim. Yoshlar uchun yana yuzga yaqin imkoniyatlar bor. Albatta, ular haqida ham har kuni ma’lumot berib boramiz. Demak, bugungacha ma’lumot berilgan, talabalar foydalanishi uchun yaratilgan imkoniyatlar (davomi bor):
To‘lov-kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalar uchun imkoniyat;
Prezident granti;
Talaba-yoshlar uchun soliq borasidagi imkoniyat;
Talaba-yoshlarning ijara to'lovlari qoplab berish bo‘yicha imkoniyat.

@alisher_sadullaev
31.4K views13:20
Ochish/sharhlash
2022-02-19 10:00:01 ​​Xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar bor? Yoshlar uchun #toʻqqizinchiimkoniyat

Prezident qarori bilan xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan yoshlarni munosib taqdirlash belgilab qo‘yilgan. Birinchi navbatda, xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning o‘qituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlaridagi bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

1-o‘rin (oltin medal) uchun — 500 baravari (hozirda 135 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 450 baravari (hozirda 121 500 000 so‘m);
2-o‘rin (kumush medal) uchun — 300 baravari (hozirda 81 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 250 baravari (hozirda 67 500 000 so‘m);
3-o‘rin (bronza medal) uchun — 200 baravari (hozirda 54 000 000 so‘m), o‘qituvchisiga — 150 baravari (hozirda 40 500 000 so‘m).

Asosiy va xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda ularning o‘qituvchilariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotlari bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Mazkur imkoniyat haqida batafsil ma’lumot.

2021-yil xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan maktab, akademik litsey oʻquvchilarini hamda ularning ustozlarini taqdirlash marosimida ishtirok etib, 32-Xalqaro biologiya olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan qizimiz — Aziza Abduvaliyevani namuna ekani haqida yozgandim.

Xalq ta’limi vazirligi tizimida fan olimpiadalari bo‘yicha iqtidorli o‘quvchilar bilan ishlash departamenti ham tashkil etilgan. Avvalgi yilgi natijalarda tizimning ham hissasi yuqori bo‘ldi. Ishonamizki, bu yil ham xalqaro fan olimpiadalarida yigit-qizlarimiz 2021-yildagidan ham yuqori natijalarni qayd etadilar.

Obunachilarimiz orasida xalqaro fan olimpiadalarga tayyorgarlik ko'rayotgan yoshlar bormi?

@alisher_sadullaev
48.6K views07:00
Ochish/sharhlash
2022-02-17 18:00:14
2021/2022-o‘quv yilida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha viloyatlar reytingi (Davlat test markazidan olingan ma’lumot asosida)

@alisher_sadullaev
19.0K views15:00
Ochish/sharhlash
2022-02-15 17:26:28
Nomdor stipendiya sohibi boʻlib, ijtimoiy tarmoqlar orqali xursandchiligini boʻlishayotgan koʻpchilik talabalarni koʻryapman. Bu yutuqqa erishgan barcha talabalarni, ularning ota-onalarini chin dildan tabriklayman!

Rasmlarda 2021/2022-oʻquv yili uchun bakalavriat bosqichida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasiga sazovor boʻlgan 56 nafar talaba roʻyxati.

Shuningdek, yana 8 turdagi nomdor stipendiya sohibi bo‘lgan 327 nafar talaba roʻyxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

@alisher_sadullaev
17.8K views14:26
Ochish/sharhlash