Get Mystery Box with random crypto!

Alisher Sadullaev

Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev A
Telegram kanalining logotibi alisher_sadullaev — Alisher Sadullaev
Kanal manzili: @alisher_sadullaev
Toifalar: Siyosat
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 208.28K
Kanalning ta’rifi

Bir yoshning jamiyatga oid fikr, qarash va harakatlari haqida
• Yoshlar ishlari agentligi direktori
• Oliy Majlis Senati a’zosi
• O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi raisi
Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: https://myurls.co/alisher_sadullaev

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 113

2021-01-28 16:53:22 ​​ Yoshlar uchun maxsus 20 % lik chegirma!

"Talabalar uchun 20% chegirma" aksiyamizdan keyin loyihamiz rahbari "Faqat talabalar kitob o'qiydimi, boshqa yoshlar ham chegirmadan foydalansin" deb taklif berdilar. Shundan so'ng bor imkoniyatdan kelib chiqib ushbu aksiyani taqdim qilishni lozim topdik.

"Yigirma to'rtga kirmagan kim bor" bo'lsa, tortinmasdan chegirmadan foydalaning. Zero yoshlik qaytib kelmaydi, bu kabi aksiyalar ham

* Asaxiy Books loyihasi doirasida tarjima va chop qilingan kitoblarga amal qiladi.
** Chegirmadan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va rasm talab etiladi.
*** Chegirmadan foydalanishda telegramdan @asaxiybook akkaunti orqali buyurtma qilish maqsadga muvofiq.
**** Chegirma amal qiluvchi kitoblar ro'yxati https://t.me/asaxiybooks/1197
6.3K views13:53
Ochish/sharhlash
2021-01-24 19:45:16 Har safar tashrif jarayonlaridagi samimiy emotsiyalarni ochib beradigan tahliliy format kutardim. Bunisi qiziq va tabiiy chiqibdi. Prezidentimizning tanqid, qarsak va maqtovga munosabatlari. Har bir ishga talabchanlik bilan yondashishlari, muloqot qilish kerakligi haqidagi gaplari va shuningdek yoshlar bilan bo’lgan samimiy uchrashuv!






@alisher_sadullaev
8.6K views16:45
Ochish/sharhlash
2021-01-21 20:49:08 Bugun Prezidentimiz Buxoro viloyati yoshlari bilan IT (Axborot texnologiyalari) sohasida samimiy suhbatlar o’tkazdilar! Buxoroda intelektual salohiyat baland, buni to’gri yo’naltirsak, mamlakat rivoji ancha tezlashishi va bu uchun ta’lim, ayniqsa xususiy ta’lim markazlarini qo’llab-quvvatlash haqida ham alohida to’xtalib o’tdilar.

Safarimiz davom etadi...
6.1K viewsedited  17:49
Ochish/sharhlash
2021-01-14 17:38:59 Bolalagimida harbiy bo’lishni orzu qilardim. Dadam bu ishtiyoqimni ko’rib “Men General bo’laman” degan kitob hadya qilganlari hozirgacha esimda. Doim kitobimni oldimda olib yurar va harbiy bo’lish uchun tinimsiz o’z ustimda ishlar edim. Keyinroq, “Sardor” nomli milliy serialimiz telekanallar orqali uzatilgandi. Serial ta’sirida atrofimdagi aksariyat tengdoshlarim ham askar bo’lishni orzu qila boshlashdi. O’zimda ham bu sohaga qiziqish yanada ortdi! Yillar o’tdi, men harbiy sohani tanlamadim, ko’proq ilm-fan, xalqaro aloqalar va biznes sohasida bilim olishga intildim, o’z tadbirkorligimni boshladim. Uni kengaytirish uchun o’z ustimda ishladim, hamkorlarim bilan yangi loyihalarni boshladik. Biroz o’tib, Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqotlarida o’z takliflarimni bildirganimdan so’ng, ular meni davlat xizmatida ishlab ko’rishimni taklif qildilar va Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinladilar. 2017-yil, 30-iyun yoshligimdan General bo’lishimni istagan ota-onam uchun unutilmas kun bo’lgan edi. Shundan buyon davlat xizmatida ishlab kelmoqdaman, harbiy bo’lmasamda, qayerda bo’lmayin vatan xizmatida xoh tadbirkor xoh o’qituvchi yoki davlat xizmatchisi sifatida ishlashda davom etaman. Eng muhimi, shu xalqqa xizmat qilish va odamlarning og’irini yengil qilish baxtidan Yaratganning o’zi bizni ayirmasin!

Bayramingiz muborak do’stlarim, vatan himoyachilari!

@alisher_sadullaev
9.0K views14:38
Ochish/sharhlash
2021-01-14 17:38:47
6.7K views14:38
Ochish/sharhlash
2021-01-13 19:51:51
#yoshlar_bilan

Anchadan beri Shahobiddin bilan ko’rishamiz deb yurgandik. Pastdarg’om tumanidagi do’stim anchadan buyon meni kutayotgan edi. Shahobiddin bir necha yillar oldin to’rt muchchasi sog’lom, zabardast (hozir ham) o’g’lon edi, ko’ngilsiz hodisa tufali oyoqlari shol bo’lib qoldi. Ammo, g’ayrati shol bo’lmadi, uydagilarga ortiqcha yuk bo’lmaslik uchun anchadan buyon dasturchi bo’lishni orzu qilib, menga xat yozgandi. Dasturlash uchun soz noutbuk va kerakli qo’llanmalar so’ragan edi, mana o’sha kun yetib keldi. Bugun do’stimiz bilan dasturlashni o’rganish uchun ilk qadamni, yaxshi niyat va maqsadni qo’yib oldik.
Jamoamiz bilan uning muvaffaqiyati va sog’ligi uchun harakat qilamiz! Uning g’alabasi uchun, u bilan yelkama-yelka turishga va unga tirgak bo’lishga bizning Agentlik doimo tayyor!

@alisher_sadullaev
6.3K viewsedited  16:51
Ochish/sharhlash
2021-01-13 19:32:42
O'zbekistonda Sindarov xalqaro shaxmat turniri o'tkaziladi!

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Javohir Sindarovning samarali mehnatini qadrlaydi hamda yosh shaxmatchini qo'llab-quvvatlash maqsadida Sindarov xalqaro shaxmat turnirini tashkil etadi.

Musobaqani tashkil etish masalalari bugun jahonning eng yosh grossmeysterlaridan biri Javohir Sindarov, murabbiyi Bobur Sattorov, Komil Sindarov va Yoshlar ishlari agentligi xodimlari o'rtasida muhokama qilinib, zarur rejalar tuzib olindi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
4.6K views16:32
Ochish/sharhlash
2020-12-31 07:09:15
Ўзбекистон. Президент. Йилнома-2020

Узбекистан. Президент. Хроника-2020

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
4.3K views04:09
Ochish/sharhlash
2020-12-29 21:53:44 Oxirgi kunlarda yuzlab yoshlar tunu kun mehnat qilib, katta tashabbus va g`oyalarni ilgari surishdi. Ba`zilari ko`rinmas qahramonlar, "O`zbekiston Yoshlari" forumi sahna ortida qattiq ter to`kishdi, mehnat qilishdi va takliflar berishdi. Barchangizga rahmat, sizlar bilan faxrlanaman!
2021-yil, biz uchun juda mas`uliyatli yil. 2020 haqida alohida yozaman!

@alisher_sadullaev
7.1K viewsedited  18:53
Ochish/sharhlash