Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalar | Davlat Test Markazi
Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon formati va test namunalari
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 34-son qarori bilan 6 ta oliy ta’lim muassasasiga kirishda chet tilidan kasbiy (ijodiy)imtihon o‘tkazilishi belgilangan.
Unga ko‘ra 2022-2023-o‘quv yili qabulidan boshlab xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti; Samarqand davlat chet tillar instituti; Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining
fanlar majmuasiga chet tili birinchi fan sifatida kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hamda
Toshkent davlat pedagogika universiteti; Qo‘qon davlat pedagogika instituti; Nukus davlat pedagogika institutining
xorijiy tillar bo‘yicha pedagoglarni tayyorlovchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarida chet tili fanidan tinglab tushunish, o‘qish, yozish hamda gapirish kompetensiyalarini aniqlash va baholashga qaratilgan kasbiy (ijodiy)imtihon o‘tkaziladi.
Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga kasbiy (ijodiy)imtihon formati(barcha tillar uchun) va test namunalari(ingliz tilidan) joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...