Get Mystery Box with random crypto!

Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diq | Davlat Test Markazi

Diagnostik test materiallariga buyurtma bergan talabgorlar diqqatiga!

Davlat test markazi tomonidan diagnostik test materiallariga buyurtmalarni qabul qilish 30-may kuni to‘xtatilishi haqida xabar bergan edik.

Ma’lumki, diagnostik test topshiriqlarini ishlagan talabgorlar o‘z natijalarini bilish uchun belgilagan javoblarini Davlat test markaziga taqdim etishlari lozim.

Shu sababli diagnostik test materiallariga buyurtma berib, uni olgan talabgorlardan javoblar varaqalarini 2022-yil 15-iyunga qadar taqdim etishlarini so‘raymiz.

Bunda javoblar varaqalarini Davlat test markazi yoki uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlaridan biriga olib kelib topshirish mumkin.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/cj5U_u0G8FJkOGFi