Get Mystery Box with random crypto!

#Universitetlar #YoshlarIttifoqi Eng nufuzli universitetla | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Universitetlar #YoshlarIttifoqi

Eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha qaysi davlatlar yetakchi?

Bilsangiz kerak, dunyoda QS, THE va ARWU reytingi boʻyicha kuchli 1000 talikka kirgan xorijiy universitetlarning diplomi Oʻzbekistonda toʻgʻridan-toʻgʻri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

Xoʻsh, eng nufuzli universitetlar soni boʻyicha dunyoda qaysi davlatlar yetakchi?

Quyida bu boradagi yetakchi 11 ta davlatni ARWU reytingi asosida koʻrib chiqamiz.

1-oʻrin: AQSH. AQSHdagi 196 ta oliy taʼlim muassasasi (OTM) dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

2-oʻrin: Xitoy. Xitoydagi 186 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

3-oʻrin: Birlashgan Qirollik (Buyuk Britaniya). Birlashgan Qirollikdagi 63 ta oliy OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

4-oʻrin: Germaniya. Germaniyadagi 47 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

5-oʻrin: Italiya. Italiyadagi 46 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

6-oʻrin: Ispaniya. Ispaniyadagi 40 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

7-oʻrin: Avstraliya. Avstraliyadagi 33 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

8-oʻrin: Yaponiya. Yaponiyadagi 32 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

9-oʻrin: Janubiy Koreya. Janubiy Koreyadagi 30 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

10-oʻrin: Fransiya. Fransiyadagi 28 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

11-oʻrin: Kanada. Kanadadagi 26 ta OTM dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliygohi roʻyxatidan joy olgan.

Eslatma: Yuqoridagi yetakchi davlatlar ARWU reytingining 2022-yilning iikinchi choragi roʻyxati boʻyicha keltirilgan. Keyingi yillarda yoki boshqa reytinglarda ushbu davlatlarning oʻrni yoki ulardagi top 1000 talikka kirgan oliygohlar soni farq qilishi mumkin.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook