Get Mystery Box with random crypto!

#Referendum2023 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#Referendum2023

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat Kengashi va boshqa bir qator hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki. Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbirini o‘tkazdi.

Tadbir davomida “O‘zbekiston — yoshlar mamlakati” shiori ostida katta gala konsert dasturi ham tashkil etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar yangi konstitutsiyamizning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, unga kiritilayotgan yangi qo‘shimchalar va o‘zgarishlar xalqimizning turmush tarzini yanada yuksalishiga xizmat qilishini ta’kidlab, 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan referendumda faol ishtirok etishlariga da’vat etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook