Get Mystery Box with random crypto!

#HokimVaYoshlar #BefarqEmasman “Hokim va yoshlar uchrashu | O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

#HokimVaYoshlar #BefarqEmasman

“Hokim va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi va Guliston davlat universiteti boshlang‘ich tashkilot yetakchisi tashabbusi bilan Guliston davlat universitetining “Talabalar xiyoboni”da viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliyev va talaba yoshlar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Eʼtiborli jihati, unda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayeva ham ishtirok etdi.

Muloqot jarayonida, 12-aprel — Kosmonavtika kuni munosabati bilan universitet talabalari oʻrtasida texnologik ishlanmalar koʻrik-tanlovi, aprel oyi mobaynida sportning ommaviy turlari boʻyicha “Hokim va rektor kubogi” musobaqasini tashkil etish, shuningdek, talabalar tomonidan ishlangan tasviriy va amaliy sanʼat namunalari sotuvini yoʻlga qoʻyishga kelishib olindi.

Shuningdek tadbir davomida 30-aprel sanasida boʻlib o‘tadigan Referendumda faol ishtirok etishga targʻib etildi. Tadbirda iqtidorli talabalar ham referendum doirasida oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook