Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Yoshlarovozi
Taqdirlashmarosimi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 70.73K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar

2024-05-17 16:31:15
Sizlarni butun dunyo eshitib tan bersin!

“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining 2024-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qaynoq video

Sifatli fotogalereya

#taqdirlashmarosimi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
112.4K views13:31
Ochish/sharhlash
2024-05-17 15:01:12
Yaqinda “Oltin qalam” milliy mukofoti sohibi bo’lgan “Yoshlar ovozi” gazetasining navbatdagi soni bilan tanishing!

15 ta IT-shaharcha tashkil etiladi;
G’olibga 50 million so’m;
Biz “Oltin qalam” oldik;
Abituriyentlarni qanday o’zgarish kutmoqda?
Yigit-qizlarimiz ish bilan band;
Avval test, so’ng tanlov;

Yuklab olish va onlayn mutolaa qilish

Maqolalar yuzasidan fikr-mulohazalaringizni quyidagi @yoshlarovozigazetasibot manziliga qoldirishingiz va takliflaringizni biz bilan bo‘lishishingiz mumkin!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
6.5K views12:01
Ochish/sharhlash
2024-05-17 10:03:43
O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi festivaliga marhamat!

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning 30 yilligi munosabati bilan yoshlarni navbatdagi tadbirga taklif qilamiz.

Joriy yilning 18-may kuni Toshkent Botanika bog‘ida “Yevropa Ittifoqi – O‘zbekiston hamkorligining 30 yilligi”ga bag‘ishlangan ommaviy festivali va Gala-konsert bo‘lib o‘tadi.

Festival doirasidan loyihalar ko‘rgazmasi hamda bayramona tadbirlar o‘rin olgan.

Festival, 18-may kuni soat 14:00da Toshkent Botanika bog‘ida barcha uchun o‘z eshiklarini ochadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
9.2K views07:03
Ochish/sharhlash
2024-05-17 08:30:20
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Qaroriga asosan, hududlarda yoshlarga raqamli texnologiyalar va xorijiy tillarni o‘rganish uchun “IT-shaharcha”lar tashkil etiladi.

Batafsil: lex.uz/pdfs/6927663

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
11.7K views05:30
Ochish/sharhlash
2024-05-17 07:02:04
“UzChess”dan uzoq kutilgan oflayn turnir

Joriy yilning 19-may kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “Uzchess Sovrinli Yakshanbasi” turniri bo’lib o’tadi.

Turnir g’oliblari;
1-o’rin 1 mln. so’m, chempionlik kubogi va maxsus medal;
2-o’rin 500 000 so’m va maxsus medal;
3-o’rin esa 300 000 so’m va maxsus medal;
4-10-o’rinlarning har biriga 100 000 so’m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Turnirda kimlar qatnashadi?

“Uzchess” ning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna bo’lgan, ro’yxatdan o’tish uchun birinchi kelgan 100 kishi.

Turnirda ishtirok etish uchun, belgilangan manzilga kelib 13:00 dan boshlab oflayn ro’yxat oʻtasiz. Musobaqa 14:00 da start oladi.

Turnir formati: blits

Manzil: Toshkent shahridagi Yoshlar Ijod Saroyi 2-qavati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
12.0K views04:02
Ochish/sharhlash
2024-05-16 18:00:50
Uzoq kutilgan natijalar e’lon qilindi!

“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining 2024-yil g‘oliblari bilan tanishing

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/11787

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
151.1K views15:00
Ochish/sharhlash
2024-05-16 17:31:57
Jahon kubogi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi

Joriy yilning 18 may kuni Samarqand shahrida triatlon va paratriatlon bo‘yicha “World Trathlon Cup Samarkand – 2024” va “World Trathlon Para Cup Samarkand – 2024” Jahon kubogi musobaqalari hamda O‘zbekiston chempionati bellashuvlari o‘tkaziladi.

Shu munosabat bilan, bugun, 16-may kuni Samarqand shahrida joylashgan “Hilton Regency” mehmonxonasida xalqaro musobaqalar oldidan tashkilotchilar ishtirokida ommaviy axborot vositalari vakillari va keng jamoatchilik uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Xalqaro Triatlon federatsiyasi va O‘zbekiston Triatlon federatsiyasi rahbariyati, shuningdek, Sport vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi va qator hamkor tashkilotlar rasmiylari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
8.0K views14:31
Ochish/sharhlash
2024-05-16 16:47:41
#Live

Ayni vaqtda “Bo‘zatov Fest” – Yoshlar ovozi tanlovining respublika final bosqichi ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi boshlandi

Taqdirlash marosimi “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallari orqali jonli efirda uzatilmoqda!

#taqdirlashmarosimi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
8.7K views13:47
Ochish/sharhlash
2024-05-16 16:05:03
Yoshlar yetakchilari uchun oromgoh, natijalar qanday?

Xabar berganimizdek, 3 kun davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan seminarlar tashkil etildi.

Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi. Seminar yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, seminarning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, bugungi kunda yoshlarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, insonlarni ishontira olish va yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lish haqida ochiq muloqot qildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
8.6K views13:05
Ochish/sharhlash
2024-05-16 12:30:01
Bo‘zatovda bayram!

Bugun, 16-may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Bo’zatov tumanida “Bo‘zatov Fest” – Yoshlar ovozi tanlovining respublika final bosqichi ishtirokchilarini tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tadi.

Taqdirlash marosimida o’zbek va qoraqalpoq estrada yulduzlari ishtirokidagi gala-konsert dasturi ham o’rin olgan.

Aziz yurtdoshlar, ochilish marosimini bugun soat 18:30da “Yoshlar” va “Mening yurtim” telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin!

Sizlarga, tanlovning qaynoq jarayonlaridan video rolik taqdim etamiz!

#taqdirlashmarosimi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
176.7K views09:30
Ochish/sharhlash