Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 5

2024-03-05 11:00:07
Tayinlov

Jumaniyozov Timur Ikromovich - O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Timur Jumaniyozov O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Timur Ikromovichni yangi mas'uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!

#tayinlov

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
26.2K viewsedited  08:00
Ochish/sharhlash
2024-03-01 13:30:00
Zulfiya Isroilovataniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol.

Zulfiya hayoti va ijodi haqida Jizzax viloyatining “Hamid Olimjon va Zulfiya” nomidagi ijod maktabi o’quvchilari ishtirokida tayyorlangan video orqali bir qator ma’lumotlarga ega bo’lishingiz mumkin.

#Zulfiya109 #bilasizmi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
12.6K views10:30
Ochish/sharhlash
2024-02-29 12:23:27
Prezident Shavkat Mirziyoev Xorazm viloyatiga kelgach, dastlab Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumaniga borib, Amudaryodagi yangi ko‘prikning ochilish marosimida ishtirok etdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
15.3K views09:23
Ochish/sharhlash
2024-02-29 09:20:16
2023-yilda respublikamizda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida qanday ishlar amalga oshirildi?

Bugun, Oliy majlisi Senatida bo‘lib o‘tgan Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi majlisida huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi borasida tegishli vazirlik va idoralarning hamkorlikda olib borgan ishlari yuzasidan axboroti eshitildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/6645

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
13.3K views06:20
Ochish/sharhlash
2024-02-28 08:59:59
Xorazmda dehqonchilik uchun yoshlarga 3 ming gektar yer ajratildi

Endi mamlakatimizdagi eng serunum, suvga boy yerlar ehtiyoji bor yoshlarga beriladi. Xorazm viloyatida ayni paytda “Mahalla yettiligi” taklifi bilan har bir tuman bo‘yicha ajratiladigan yer konturlari belgilandi. Mahallalarda dehqonchilik qilish maqsadida yer so‘rab kelgan yoshlar ro‘yxatlari shakllantirilmoqda.

Bugungi kunda dunyo amaliyotida 1 gektar yerdan kamida 25 ming dollar daromad olish imkoni bor. Buning uchun esa albatta, ilm kerak, yerni tushunish, dehqonchilik ilmini o‘qish kerak. Xiva tumani mana shu amaliyotning start maydoniga aylandi. Ya’ni, tumanda yoshlarga yer berish bilan birga, ularning agrar sohadagi bilimlari oshirilyapti.

#Xorazm_viloyati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
13.9K views05:59
Ochish/sharhlash
2024-02-27 15:59:59
Oʻzbek tilining rivojiga befarq boʻlmang!

Endi siz ham o‘zbek tilining rivojlanishiga bevosita o‘z hissangizni qo‘sha olasiz. Bu borada bir qancha yirik loyihalar faoliyati yo’lga qo’yilgan.

Xususan, Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan dunyodagi eng sara kitoblarni o‘zbek tiliga tarjima qilishga qaratilgan “1000KITOB”, Vikipediyada o‘zbekcha ma’lumotlarni ko’paytirishga qaratilgan “WikiStipendiya”, iste’dodli shoirlarni kashf etadigan “Duel” loyihalari shular jumlasidan.

Endilikda siz ham tilimiz_uchun ko’ngillilar jamoasida volontyor sifatida ishtirok etishingiz mumkin. Tabiiyki, bu jarayonda faol ishtirok etgan, bir nechta tashabbuslarni ilgari surgan volontyorlar alohida e’tirof etiladi.

Jamoaga qo’shilish istagida bo’lsangiz, ushbu so’rovnomani to’ldiring:

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
18.0K views12:59
Ochish/sharhlash
2024-02-26 10:46:07
“Zukko kitobxon” tanlovining saralash bosqichiga start berilmoqda

Aziz kitobxonlar, barchangiz kutgan daqiqalar yetib keldi! Bugun, 26-fevral kuni soat 13:00dan boshlab “Zukko kitobxon” tanlovining saralash bosqichi boshlanadi. Saralash bosqichi test shaklida o’tkaziladi va davomiyligi 3 soatni tashkil etiladi.

Testlar @kitobxontestbot orqali onlayn bo’lib o’tadi.

“Zukko kitobxon” tanlovining 2024-yilgi mavsumi haqida

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
25.2K viewsedited  07:46
Ochish/sharhlash
2024-02-26 07:01:29
Mahallasiga Prezident sovgʻasida kirib borish qanday gʻurur bagʻishlaydi odamga

“Yosh kitobxon” tanlovi 2023-yilgi mavsumining 20-30 yosh toifasida Toshkent shahar sharafini himoya qilib g’oliblikni qo‘lga kiritgan Gulxayo Soliyeva Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomashinasida oʻz mahallasiga kirib bordi. Gulxayoni oila a’zolari va mahalla faollari tantanali kutib olishdi.

#yoshkitobxon

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
18.8K viewsedited  04:01
Ochish/sharhlash
2024-02-25 09:00:54
Navbatdagi Prezident sovg‘asi Qashqadaryoga yetib bordi

Barcha yosh kitobxonlarini bir manzilda jamlagan “Yosh kitobxon” ko’rik tanlovining respublika bosqichida 15-19 yosh toifasi bo’yicha qashqadaryolik Nurmatov Mironshox bosh sovrin “Cobalt” avtomashinasi sovrindori bo’lgan edi. G‘olibimiz Qashqadaryo viloyatiga yetib bordi va uni yoshlar markazi binosi oldida tantanali kutib olishdi.

#yoshkitobxon

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
20.8K viewsedited  06:00
Ochish/sharhlash
2024-02-24 15:59:34
Tayinlov

Palvanov Sardor Maxsudovich — Xorazm viloyati Xiva tuman hokimi etib tayinlandi.

Tayinlovga qadar Sardor Maxsudovich Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi va barcha yoshlar nomidan Sardor Maxsudovichni ushbu masʼuliyatli lavozim bilan tabriklaymiz!

#tayinlov

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
40.6K viewsedited  12:59
Ochish/sharhlash