Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar yetakchilari uchun oromgoh, natijalar qanday? Xabar b | Yoshlar ishlari agentligi

Yoshlar yetakchilari uchun oromgoh, natijalar qanday?

Xabar berganimizdek, 3 kun davomida mahalladagi yoshlar yetakchilariga aynan yoshlar uchun manfaatli bo‘lgan har bir yo‘nalish mas’ullari tomonidan seminarlar tashkil etildi.

Jumladan, yoshlar bandligini ta’minlash, yer ajratish, migratsiyadagi yoshlar bilan ishlash, murojaatlarini tizimli hal etish va yetakchilarning media savodxonligini oshirish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalar berildi. Seminar yakunlari bo‘yicha yoshlar yetakchilari uchun test sinovlari o‘tkazildi.

Qayd etish joiz, seminarning yopilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev yoshlar yetakchilari bilan uchrashib, bugungi kunda yoshlarni qiynayotgan muammolarni tizimli hal etish, insonlarni ishontira olish va yoshlarga haqiqiy yo‘lboshchi bo‘lish haqida ochiq muloqot qildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube