Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 9

2024-01-23 10:43:20
Respublika ishchi guruhi hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda

Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi rahbarligidagi ishchi guruhi Oqdaryo tumanida bo‘lib, mahallalarda o‘rganish ishlarini olib borishdi.

O‘rganishlar natijasi respublika ishchi guruhi vakili Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullaev, sektor rahbarlari hamda mahallalar beshligi ishtirokida muhokama etilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.8K views07:43
Ochish/sharhlash
2024-01-23 09:48:11
Milliy terma jamoamizni birgalikda qo‘llab-quvvatlaymiz!

Futbol bo‘yicha Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogida guruh bahslari qizg‘in pallaga keldi.

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi asosiy raqibi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Mazkur o‘yindagi g‘alaba hamyurtlarimizga pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qiladi.

Eslatib o‘tamiz, guruh bahslarida terma jamoamiz Suriyaga qarshi durang qayd etib, Hindistonga qarshi uchrashuvda ishonchli g‘alabaga erishganlar.

Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 16:30 da boshlanishi kutilmoqda.

Barcha futbol muhlislarini milliy terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlashga chaqirib qolamiz!

Olg‘a O‘zbekiston!

#Futbol #OsiyoKubogi2024

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.5K viewsedited  06:48
Ochish/sharhlash
2024-01-22 18:48:56
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” munosabati bilan mahallalarda yoshlarning taklif va istaklari o‘rganilmoqda

Joriy yilning 5-yanvar sanasidan boshlab Respublikamizdagi 9 448 ta mahallada faoliyat olib borayotgan yoshlar yetakchilari tomonidan xonadonma-xonadon yurib, har bitta yosh bilan muloqot qilinmoqda. Yoshlarning qiziqishi va muammolarini o‘rganish natijasida “Yoshlar balansi” shakllantirilmoqda.

Mazkur “Yoshlar balansi” yoshlarning mavjud muammolarini hal etish, ularning iqtidor va iste’dodlarini ro‘yobga chiqarish, bandligini ta’minlash hamda ular bilan manzilli ishlashga zamin yaratadi.

Batafsil havolaga bosing

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
15.5K views15:48
Ochish/sharhlash
2024-01-19 17:04:10
Siz qaysi hududda yashaysiz?

Butun O’zbekiston bo’ylab yoshlar hayoti hamda yoshlar siyosati sohasida qanday yangiliklar bo’layapdi? Ushbu savollarga javob topishni istasangiz pasdagi havola orqali o’z hududingizni tanlang!

Qoraqalpog’iston Republikasi
Andijon viloyati
Buxoro viloyati
Jizzax viloyati
Qashaqadaryo viloyati
Navoiy viloyati
Namangan viloyati
Samarqand viloyati
Sirdaryo viloyati
Surxondaryo viloyati
Toshkent viloyati
Farg’ona viloyati
Xorazm viloyati
Toshkent shahari

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.4K views14:04
Ochish/sharhlash
2024-01-19 15:36:21
Rossiyada bo’lib turgan o’zbekistonliklar asosan qanday xatolarga yo’l qo’yishadi?

“Xavfsiz migratsiya” loyihasi orqali o’zingizga foydali bo’lgan ma’lumotlarni olishingiz mumkin!

1 - modul: Rossiyaga chiqib ketishda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

2 - modul: Rossiya Federatsiyasida faqatgina patentda ko’rsatilgan kasb bo'yicha ishlash kerakmi?

3 - modul: Rossiyaga o’zingiz bilan isiriq olib kirishingiz mumkin emasligini bilarmidingiz?

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.2K views12:36
Ochish/sharhlash
2024-01-19 09:18:31
“Istiqbolli kadrlar” maxsus-dasturining 1-bosqichiga start berildi!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan mamlakatimizda ilk bor 35 yoshgacha bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash ularni, bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish, rahbarlik lavozimlariga tayyorlash maqsadida 4 bosqichda bo‘lib o‘tadigan “Istiqbolli kadrlar” maxsus-dasturining 1-saralash bosqichi barcha hududlarda boshlandi.

Yuqoridagi shaxsiy rivojlanish rejasini mukammal bajargan, maxsus o‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan hamda mahalliy va xorijiy stajirovkalarni to‘liq o‘tagan g‘oliblar Milliy kadrlar zaxirasiga kiritiladi.

#istiqbollikadrlar

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
16.0K views06:18
Ochish/sharhlash
2024-01-18 09:56:01
Bugun O’zbekiston milliy terma jamoamiz Hindiston terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi

O’yin 18-yanvar Toshkent vaqti bilan 19:30 da “Ahmad bin Ali” stadionida boshlanadi. Mazkur o’yinni “Sport tv” orqali to’g’ridan to’g’ri efirga uzatiladi.

Yigitlarga, bugungi uchrashuvda omad tilab qolamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.4K views06:56
Ochish/sharhlash
2024-01-17 11:41:32
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi va o‘rinbosarlari saylandi

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi taʼsis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda uyushma raisi va uning o‘rinbosarlari saylandi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboyev Qahramon Qo‘chqorovich saylandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga Inog‘omov Jovdatxon Sultanovich saylandi. Bunga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari lavozimiga Aslonov Abdullo Ubaydulloyevich saylandi. U bundan avval O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Uyushma raisi maqomi Bosh vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.6K views08:41
Ochish/sharhlash
2024-01-16 15:00:01
Qoraqalpog‘istonlik yoshlarning media tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanmoqda

Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi qoshida ʼʼYoshlar media markaziʼʼ ish faoliyatini boshladi.

Ushbu manzil 10 ga yaqin tasvirga olish burchaklari, montaj uchun maxsus xonalar, zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan.

Bugun 16-yanvar kuni ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va bloggerlar ishtirokida press tur tashkil etildi. Markazdagi mavjud imkoniyatlar, qulayliklar va oldinga qoʻyilgan rejalar muhokama qilindi.

Faoliyati yoʻlga qoʻyilayotgan media markaz Qoraqalpogʻostonda milliy media taraqqiyotiga hissa qo‘shishiga ishonamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.9K views12:00
Ochish/sharhlash
2024-01-16 12:01:53
"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining 2024-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Ayni paytda Davlat mukofotiga 2024-yilgi saralash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

• Nizom bilan tanishish

#MardOʻgʻlon

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
75.9K views09:01
Ochish/sharhlash