Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 6

2024-02-23 18:27:22
Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bandligini taʼminlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #bandlik

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
23.9K views15:27
Ochish/sharhlash
2024-02-23 17:37:19
Prezident sovg’alari o’z egalariga topshirildi

“Yosh kitobxon” tanlovining 2023-yilgi mavsumida 1-o’rinni qo’lga kiritgan kitobxonlarimizga Prezident sovg’asi “Cobalt” avtomashinasi topshirildi.

• 10-14 yosh toifasida Muxammadiyeva Nargiza Ulmas qizi (Samarqand viloyati)

• 15-19 yosh toifasida Nurmatov Mironshoh Nuriddin o’g’li (Qashqadaryo viloyati)

• 20-30 yosh toifasida Soliyeva Gulxayo Mirzaakbar qizi (Toshkent shahar)

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan barcha ishtirokchi va g’oliblarimizni chin dildan tabriklaymiz. Aziz yoshlar, siz ham Prezident sovg’asini yutishni xohlasingiz hozirdan kitob o’qishni boshlang!

#yoshkitobxon #taqdirlash

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
31.1K views14:37
Ochish/sharhlash
2024-02-10 10:30:25
#start

“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish boshlandi

5tashabbus.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
36.3K views07:30
Ochish/sharhlash
2024-02-09 11:00:35
Yoshlar ishlari agentligining hududiy mas’ullari ishtirokida o‘quv-seminar boshlandi

Mahallalardagi yoshlarni madaniyat, san’at, sport, kitobxonlik, axborot texnologiyalari, intellektual o‘yinlar hamda kasb-hunar sohalaridagi iqtidorlarini kashf etish hamda qo‘llab – quvvatlash maqsadida har yili “Besh tashabbus olimpiadasi” o’tkaziladi.

Bu yilgi mavsumni yuqori saviyada tashkil etish uchun mas’ul bo’lgan yoshlar ishlari agentligining 208 ta hududiy mutaxassislariga 3 kunlik o’quv-seminar boshlandi.

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
20.8K views08:00
Ochish/sharhlash
2024-02-09 07:00:04
Bugun 9-fevral — buyuk shoir, mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning 583 yilligi nishonlanadigan sana

Alisher Navoiy turkiy va forsiy tillarda g’azallar bitgan. Uning nazmiy asarlari 120 ming baytdan ortiq. “Xamsa” esa shoirning shoh asaridir. “Xazoyin ul-maoniy” (Ma’nolar xazinasi) devoni qariyib 45 ming misradan iborat.

Mir Alisher Navoiy butun umrini nafaqat ijodga, balki xalq farovonligi yo’lida bunyodkorlik hamda ezgulik va xayr-saxovat ishlariga bag’ishlagan. Barchamizga yaxshi ayonki, Navoiy o’z davrida zamondosh shoirlar, olimlar va san’at ahlining moddiy va ma’naviy ko’makchisi, san’at va adabiyotning haqiqiy homiysi bo’lgan.

#AlisherNavoiy583

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
20.0K viewsedited  04:00
Ochish/sharhlash
2024-02-08 14:49:30
O‘zbekistonda volontyorlik faoliyatiga oid amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani o’tkazildi

Bugun, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari tomonidan mamlakatimizda volontyorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan matbuot anjumani bo’lib o’tdi.

Anjumanda, 2023-yil davomida O‘zbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va 2024-yildagi rejalar to’g’risida ma’lumot berildi.

Batafsil havolada

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
12.6K views11:49
Ochish/sharhlash
2024-02-08 08:25:41
“Teknofest 2024” tanloviga arizalar qabuli davom etmoqda!

2018-yildan beri Turkiya Respublikasida o‘tkazilayotgan “Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali“ texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

Maktab va o‘rta maxsus ta‘lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Batafsil ma‘lumot va ariza topshirish uchun
https://mth.tc/TEKNOFEST2024Yarismalar
Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
21.4K views05:25
Ochish/sharhlash
2024-02-07 18:03:42
Matbuot anjumaniga taklif etamiz!

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 8-fevral kuni soat 12:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “O‘zbekistonda volontyorlik faoliyatiga oid amalga oshirilayotgan ishlar va yangi rejalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Barcha jurnalist va blogerlarni matbuot anjumanida ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

Undan tashqari, “O‘zbekiston 24“, “Uzreport“ telekanali va Yoshlar ishlari agentligining Facebook sahifasi orqali ham jonli kuzatishingiz mumkin.

#matbuotanjumani

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
12.8K views15:03
Ochish/sharhlash
2024-02-07 16:02:30
“Jasorat maktabi” qanday loyiha va u yoshlarga nima beradi?

“Jizzax tajribasi” sifatida o’tkazib kelinayotgan “Jasorat maktabi” o’quv yig’ini 2023-yilda tashkil etildi. 1000 dan ortiq yoshlarni o’zida jamlagan loyiha o’zi qay tartibda o’tkaziladi? Loyihada yoshlar nimalarni egallaydi? Loyihadan kutilgan maqsad qanday?

Barcha savollarga batafsil javob yuqoridagi lavhada

YouTube orqali ko‘rish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
30.6K views13:02
Ochish/sharhlash
2024-02-06 13:35:06
Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug’ullanuvchi barcha xotin-qizlar diqqatiga!

Yoshlar ishlari agentligi “PhD sari qadam” loyihasining 2-mavsumi uchun grant e’lon qiladi. Ushbu loyiha orqali ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yosh xotin-qizlarga 2 oylik o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagi havoladan foydalaning:

Shoshiling joylar soni chegaralangan, 12-fevral kuni soat 23:59 da ro’yxatdan o’tish rasman yakunlanadi!

#yoshlaragentligi #PhD #tadqiqot #seminar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
25.9K viewsedited  10:35
Ochish/sharhlash