Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Huquqiyyangiliklar
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanaldagi mavzular:
Mahalladagi
Huquqiyyangiliklar
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 72.19K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 131

2021-12-06 08:04:17
Assalomu alaykum, do’stlar!

yoshlarforumi.uz bo’yicha qanday savollaringiz bor? Volontyorlar jamoasiga qo’shilmoqchimisiz yoki ishtirok etib nutq so’zlamoqchimisiz? Umuman barcha jarayonlar bo’yicha savollar berishingiz mumkin. Izohlarda barcha savollarga shaxsan o’zim javob berib boraman.

@alisher_sadullaev
14.7K views05:04
Ochish/sharhlash
2021-12-05 13:01:43
Respublikamiz bo'ylab volontyorlar jamlandi!

Poytaxtimizdagi Yoshlar press-klubida 5-dekabr - Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan respublika volontyorlari bilan onlayn konferensiya o'tkazildi. Konferensiyada BMT volontyorlar dasturining MDH va Yevropa davlatlari bo‘yicha koordinatori Rimma Sabaeva O'zbekiston volontyorlarini bayram bilan samimiy tabrikladi.

Shuningdek, respublikamizdagi "Volontyorlar maktabi" mentorlari tomonidan 2021-yil davomida amalga oshirilgan ishlari va kelajakdagi yangi rejalari yuzasida taqdimot hamda bayram dasturi namoyish qilindi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
16.3K views10:01
Ochish/sharhlash
2021-12-05 11:14:26
5-dekabr - Xalqaro volontyorlar kuni!

Qadrli volontyorlar!

Mamlakatimizda volontyorlik harakatini rivojlantirishga qo'shgan hissangiz, minglab insonlarning manfaati uchun qilgan mehnatlaringiz va jamiyatdagi ijobiy o'zgarishlar jarayonida ishtirok etayotganingiz uchun Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sizga minnatdorchilik bildiramiz.

Biz, natija uchun harakat qilayotganingiz, yaxshilik qilish va yaratish istagingizni qadrlaymiz!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
25.9K views08:14
Ochish/sharhlash
2021-12-04 21:49:10
Yaqin soatlar ichida yoshlarforumi.uz platformasiga 289ta takliflar kelib tushdi. Yangi takliflarni ko’zdan kechira turib Abduqodir Ismoilovning yo’llagan murojaatiga ko’zim tushib qoldi. Shaxsan o’zim ham tanlovlarda shunday holatga duch kelganman. O’ylaymanki kichik bo’lsada, boshlanishiga juda yaxshi taklif. Hukumat qaroriga albatta kiritamiz. Sizlar ham taklif yo’llab, forumda o’zingiz yoshlarni o’ylantirayotgan masalalarni katta maydonga olib chiqa olasiz degan umiddaman.

Taklifni batafsil o’qish uchun: https://yoshlarforumi.uz/uz/takliflar/?type=voting

@alisher_sadullaev
5.3K views18:49
Ochish/sharhlash
2021-12-04 15:02:13
«O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» boshlanmoqda!

Qadrli yoshlar, 18-dekabrdan 25-dekabrga qadar yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — «O‘zbekiston yoshlari forumi-2021» boshlanmoqda. Takliflaringizni yuboring va forumda ishtirok etish imkoniga ega bo‘ling! Taklif yuborish uchun: https://bit.ly/3GboFtY

Maqsadimiz — yoshlarning g‘oya va takliflarini eshitish uchun maydon yaratish, zamon qahramonlarini kashf etish, ularning ilmiy va ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish va mamlakatdagi yangilanishlarga faol jalb qilishdan iborat!

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram:
@yoshlarforumi
Veb-sayt | Facebook | Twitter
YouTube | Instagram | TikTok
10.6K views12:02
Ochish/sharhlash
2021-12-04 13:53:08
Volontyor yoshlar diqqatiga!

Hududlarda "O'zbekiston yoshlari forumi-2021" doirasida volontyorlarning yil davomida amalga oshirgan ezgu ishlarini sarhisob qilish yangi rejalar, eng faol volontyorlar va volontyorlik guruhlarini munosib rag'batlantirish maqsadida "Biz birgamiz" shiori ostida volontyorlar forumi o'tkaziladi.

Hududlarda o'tkaziladigan volontyorlar forumi bo'yicha ma'lumotlarni ushbu havola orqali bilib olib Siz ham ishtirok etishingiz mumkin!

Ma'lumot uchun III-Respublika Volontyorlar forumi 17-19-dekabr kunlari Jizzax viloyatidagi Zomin oromgohida o'tkazilishi rejalashtirilgan.

Aksiyada ishtirok etish uchun @VolontyorForumBot orqali ro'yxatdan o'ting!

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
657 views10:53
Ochish/sharhlash
2021-12-03 20:30:40
3-dekabr – “Xalqaro nogironlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish kuni” munosabati bilan Respublikamizning barcha hududlarida 1-4-dekabr kunlari “Biz bir safdamiz!” shiori ostida “E’tibordagilar” loyihasi o‘tkazildi

Loyiha doirasida 3 kun davomida Andijon, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Navoiy viloyatlari Yoshlar markazlarida nogironligi boʻlgan yoshlarning jamiyatga ijtimoiy moslashuvini taʼminlash, ularning kasb-hunar egallashlariga koʻmaklashish, ijodiy qobiliyatlarini namoyish qilish maqsadida hududlardagi Yoshlar markazlari huzurida pazandachilik, sartaroshlik, rassomchilik, dizaynerlik, to‘quvchi va tikuvchilik, kompyuter savodxonligi, mobil telefon va texnika jihozlarini ta’mirlash kabi 20 dan ortiq kasbga o‘rgatadigan to‘garaklarni o‘z ichiga olgan “Inklyuziv markaz”lar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Loyiha doirasida 2500 dan ortiq uyda ta’lim olayotgan o‘quvchi-yoshlar holidan xabar olindi.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
19.1K views17:30
Ochish/sharhlash
2021-12-03 20:01:47
Yoshlar ishlari agentligi direktorining Xorazm viloyatiga tashrifi davom etmoqda!

Xabaringiz bor, respublikamizning barcha viloyatlarida “Viloyat hokimining yordamchisi – yoshlar yetakchisi” lavozimi har bir mahallalarda joriy etiladi.

Ko’pchilikni qiziqtiradigan savol - ularning asosiy vazifalari nimalardan iborat?

- “yoshlar daftari” va yoshlar dasturlarini shakllantirish va ularning ijrosini ta’minlash;
- mahalladagi har bir yoshlar bilan manzilli ishlab, ularning muammolarini hal etish;
- yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ayniqsa, “Besh muhim tashabbus” ijrosini tashkil etish;
- yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash;
- hokim yordamchilari bilan birgalikda yoshlarning kasb ko‘nikmalarini shakllantirish va bandligini ta’minlashdan iborat bo‘ladi.

Ana shunday lavozimga nomzodlarni tanlash maqsadida barcha hududlarda yoshlar bilan suhbat jarayonlari davom etmoqda.

Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
15.6K views17:01
Ochish/sharhlash
2021-12-03 18:31:07 Nay chalishni bilmay o'lgandan ko'ra, bilib o'lganim yaxshi!

Xabaringiz bor, Imkon loyihasi mutasaddilari tomonidan "Mening hikoyam" turkumida filmlar ishlashni boshlagan edi. Bugun ushbu loyiha ishtirokchisi Shohrux o’zining hikoyasini biz bilan bo’lishdi.

Hozirda Yoshlari ishlari agentligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi va Najot Taʼlim markazi hamkorligida tashkil etilgan IMKON loyihasi doirasidagi SMM kursida tahsil olayotgan Shohrux, IT olamiga kirishdagi mashaqqatlari haqida so'zlab berdi.

Agarda filmni birinchilardan bo'lib ko'rishni istasangiz, YouTube havola orqali film premyerasini ko'rishingiz mumkin.

Havola:



Telegram sahifamiz @yoshlaragentligi
27.2K viewsedited  15:31
Ochish/sharhlash
2021-12-03 18:21:22 “Imkoniyat” loyihasining g‘oliblarini e’lon qilamiz!

Yaqinda chekka hududlarda o’quv markaz tashkil etish uchun 70 nafar yoshlarga 50 million so’mgacha moliyaviy ko’mak berish maqsadida ochiq tanlov e'lon qilgandik.

Mazkur ochiq tanlovga 1630 ta ariza kelib tushdi va shundan har bir hudud doirasida umumiy 70 nafar eng yuqori ball to'plagan ishtirokchilar 3,5 milliard so‘mlik moliyaviy ko’makni (ssuda) qo‘lga kiritishdi.

“Imkoniyat” loyihasining g'oliblari uchun joriy yilning 7-13-dekabr kunlari Toshkent viloyatining Bo'stonliq tumanidagi yoshlar oromgohida eng sara tadbirkorlar ishtirokida offlayn o'quv jarayonlari tashkil etiladi.

@alisher_sadullaev
13.7K views15:21
Ochish/sharhlash