Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2024-03-15 13:10:07
Bugungacha “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’tgan ishtirokchilar soni 4,5 milliondan oshdi.

Qadrli yoshlar o’z istedodingizni namoyon qilish uchun sizda hali imkon bor. Hoziroq 5tashabbus.uz saytidan ro’yxatdan o’ting va musobaqalarda ishtirok eting!

#beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
14.6K views10:10
Ochish/sharhlash
2024-03-15 08:50:03
Joriy yilning 16-18-mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

Qadrli yoshlar, Siz ham yurtimizni obod qilishda o’z hissangizni qo’shing!

#hashar

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
19.2K views05:50
Ochish/sharhlash
2024-03-14 10:55:02
“Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining mahalla bosqichlari bo’lib o’tmoqda

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining mahalla bosqichlari joriy yilning 17-mart sanasiga qadar davom etadi. Tanlov uch yosh toifasidagi (10-15 yosh 2009–2014-yillar uchun, 16-22 yosh 2002–2008-yillar uchun, 23-30 yosh 1994–2001-yillar uchun) ishtirokchilar o’rtasida oʻtkaziladi.

Ushbu jarayonlar Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Navoiy viloyatining mahalla bosqichlaridan.

#beshtashabbusolimpiadasi #yoshlarovozi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
18.8K views07:55
Ochish/sharhlash
2024-03-13 08:36:24
Yoshlarni nemis tiliga o‘qitish bo‘yicha hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev va Germaniyaning “GP Gyunter Papenburg” kompaniyalar guruhining boshqaruvchi direktori Angela Papenburg o‘rtasida o‘zbekistonlik yoshlarni nemis tiliga o‘qitish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/7318

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
12.7K views05:36
Ochish/sharhlash
2024-03-12 17:02:34
“Kelajak kasblari” loyihasi yoshlarga qanday yordam bermoqda?

Yoshlarni zamonaviy kasblar va xorijiy tillarga bepul o’qitish uchun “Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilgan. Mazkur loyihada bugungi kungacha 17 205 nafar yosh 40 dan ortiq yo‘nalishlar bo‘yicha zamonaviy kasblarga o‘qitilib, ularga jami 37,5 mlrd. so‘m miqdorida yordam ko‘rsatildi.

Samarqandlik yoshlar ham loyiha doirasida chet tillarini o’rganib IELTS darajasini olishmoqda. Misol uchun, Nurobodlik Fatxulla Musurmonov 6 oy davomida ingliz tilini o’rganib IELTS 6,5 darajasiga ega bo’ldi.

Video davomida ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlarning fikrlari bilan tanishib olishingiz mumkin

#Yoshlardaftari #KelajakKasblari

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.9K views14:02
Ochish/sharhlash
2024-03-12 10:32:21
“Yoshlar ovozi” tanlovining mahalla bosqichlariga start berildi

“Bo‘zatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining mahalla bosqichlari 10-martdan 17-martga qadar respublikamizning barcha mahallalarida bo’lib o’tadi. Ushbu tanlov yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, ularni isteʼdodlarni kashf etish, katta sahnalarda oʻz sanʼatini namoyish etishi uchun keng imkoniyat yaratadi.

Tanlov nizomi bilan ushbu havola orqali tanishing

#BoʻzatovFest

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
24.1K views07:32
Ochish/sharhlash
2024-03-11 15:12:36
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumi respublika ochilish marosimidan yorqin lahzalar

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
16.3K views12:12
Ochish/sharhlash
2024-03-11 09:53:35
“WikiOromgoh IV” tadbiri yoshlarga nima beradi?

“WikiStipendiya” marafoni doirasida 2024-yilning 4-9-mart kunlari Toshkent viloyatidagi Bo‘stonliq tumanida joylashgan Yoshlar oromgohida “WikiOromgoh IV” tadbiri tashkil etildi.

Olti kun davom etgan oromgohda talaba yoshlar, tajribali vikipediya administratorlaridan mahorat darslarini oʻrganish bilan bir qatorda, o‘zlarining ilk maqolalarini yaratishdi.

Ushbu oromgohda tashkil etilgan tadbirda yakuniga ko‘ra, o‘zbekcha vikipediyalar 8 626 ta yangi maqolalar bilan boyitildi, shulardan 8 103 tasi (94 foiz) aynan oromgoh ishtirokchilari tomonidan yaratildi.

Batafsil: gov.uz/yoshlar/news/view/7168

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
18.6K views06:53
Ochish/sharhlash
2024-03-10 20:01:55
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumi Jizzax viloyatida qanday boshlandi?

Jizzaxlik yoshlar ham “Jizzakh cyber arena” majmuasida olimpiadani yuqori kayfiyat bilan qarshi olishdi. Qizgʻin jarayonlarni ushbu video rolikda koʻrishingiz mumkin

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
13.0K views17:01
Ochish/sharhlash
2024-03-10 13:16:25
“Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumi boshlandi

Bugun Oʻzbekiston Taekvondo assotsiatsiyasi Universial sport saroyida boʻlib oʻtgan ochilish marosimida Yoshlar ishlari agentligi, Sport vazirligi, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda hamkor tashkilot mas’ul rahbarlari ishtirokida “Besh tashabbus olimpiadasi”ning 2024-yilgi mavsumiga rasman start berildi.

Ushbu mavsumda mahalla yoshlari jami 26 ta musobaqa va tanlovlarda oʻzaro bellashadilar.

5tashabbus.uz sayti orqali ro’yxatdan o’ting va musobaqalarda ishtirok eting!

#Beshtashabbusolimpiadasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
14.9K views10:16
Ochish/sharhlash