Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 10

2024-01-15 13:31:21
"Teknofest 2024" tanloviga arizalar qabuli boshlandi!

2018-yildan beri Turkiya Respublikasida o'tkazilayotgan "Teknofest Aviatsiya, Koinot va Texnologiya Festivali" texnologiya sohasidagi eng yirik musobaqalardan biridir.

Bu yilgi festivalda 46 ta asosiy va 117 ta quyi kategoriyada musobaqalar bo‘lib o‘tadi. Simsiz aloqa, blokcheyn, havo mudofaasi, moliyaviy texnologiyalar shular jumlasidan.

Maktab va o‘rta maxsus ta'lim, magistratura va bakalavr yo‘nalishidagi bitiruvchi yoshlar tanlovda qatnashishi mumkin.

Batafsil ma'lumot va ariza topshirish uchun
https://mth.tc/TEKNOFEST2024Yarismalar
Arizalar 2024-yil 20-fevraligacha qabul qilinadi.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.2K viewsedited  10:31
Ochish/sharhlash
2024-01-14 08:55:08
Bu kun, sharaf va tinchlik bilan mukofotlangan vatanimizning muhofazasi kunidir

Jonajon yurtimizning mard va jasur farzandlari, sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan 14-yanvar "Vatan himoyachilari" kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 32 yilligi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz!

Vatanni sevishda, el-yurt xizmatida bardavom bo‘ling, matonat va jasorat doimo hamrohingiz bo'lsin!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.8K viewsedited  05:55
Ochish/sharhlash
2024-01-13 12:13:47
Sen yolg‘izmassan orzuying bor seni...

Xabar berganimizdek, Bugun futbol bo‘yicha milliy terma jamoamiz Qatardagi Osiyo kubogining ilk o‘yinini o‘tkazadi.

O‘zbekiston — Suriya. Millionlar bahsi Toshkent vaqti bilan 22:30 boshlanadi.

Ushbu videodagi musiqa esa g‘alaba haqida! Qonimizda mavj urayotgan g‘alaba haqida!

Qit’amizning to‘rt yillikdagi eng nufuzli musobaqasida hamyurtlarimizga omad yor bo‘lsin. Olg‘a, O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
13.2K views09:13
Ochish/sharhlash
2024-01-12 14:42:40
O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbol bo‘yicha Osiyo Kubogiga shay!

Hamyurtlarimiz bahs olib boradigan raqib jamoalar ma'lum bo‘ldi.

Ma'lumot o‘rnida, ushbu Osiyo kubogi Qatar davlatida o‘tkazilmoqda. Termamiz a'zolariga esa Sloveniyalik murabbiy Srechka Katanes boshchilik qilmoqda.

Olg‘a yigitlar!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
14.8K views11:42
Ochish/sharhlash
2024-01-11 17:01:17
Dizayner va rassomlar diqqatiga!

16 yoshdan katta bo‘lgan havaskor, professional dizayner va rassomlar uchun Mudofaa vazirligi tomonidan harbiy xizmatchilari uchun yagona namunadagi milliy formali kiyim rusumini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi.

Ishlanmalar 2024-yil 30-yanvar kuni soat 18:00ga qadar Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 100-uy manzili bo‘yicha Mudofaa vazirligining ruxsatnomalar byurosida qabul qilinadi.

G‘oliblar quyidagi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar:

10 million so‘m;
7 million so‘m;
5 million so‘m.

Tanlov shartlari bilan batafsil havola orqali tanishib chiqing:
https://mudofaa.uz/37635/

#Tanlov #Mudofaa

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
45.5K viewsedited  14:01
Ochish/sharhlash
2024-01-10 16:40:13
Endilikda talabalar, haq to‘lanadigan amaliyot o‘tashi mumkin

Oliy ta’lim talabalarining ishlab chiqarish korxonalarida haq to‘lanadigan amaliyot tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ushbu amaliyot uchun har yili bir marotaba tanlov o‘tkaziladi.Tanlovga 500 ta o‘rin ajratiladi. (Toshkent shahri uchun – 45 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 35 tadan). Amaliyot 1 oydan 3 ochgacha muddatda amalga oshiriladi.

Amaliyot bo‘yicha xarajatlar Maxsus komissiya tomonidan BHMning 2 baravari miqdorida ish haqi va unga hisoblangan ijtimoiy soliq 15 kun davomida qoplanadi.

#huquqiyyangiliklar

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
27.2K viewsedited  13:40
Ochish/sharhlash
2024-01-09 14:00:06
Gadjetlarga qaramlik: falokatli oqibatlar oldini olaylik!

Gadjetlarga qaramlik – axborot texnologiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan davrda yangi tushuncha emas.

Avvalo, bu qaramlikning simptomlarini sizda bor-yo‘qligini aniqlaymiz.

Keyin esa uning ortga qaytarib bo‘lmas “izlari” hamda qaramlikdan xalos bo‘lish yo‘llari va kutilajak natijalar bilan tanishamiz.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
16.1K views11:00
Ochish/sharhlash
2024-01-08 15:03:01
Inson kuniga 70 marta ya’ni har 15 daqiqada telefonini tekshiradi

Odamlarning gadjetlarga munosabati haqida yuqoridagi video orqali bilib olishing mumkin.

- 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarning 41%i doimiy onlayn rejimda;

- 14 yosh oralig‘idagi bolalarning 85%i gadjetlarsiz kun o‘tkazmaydi;

Gadjetlarga qaram bo‘lgan odamlarning miyasidagi biokimyoviy o‘zgarishlar giyohvandlik davridagi o‘zgarishlar bilan bir xil.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
15.0K views12:03
Ochish/sharhlash
2024-01-08 08:00:17
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prokuratura organlari xodimlari kuni

O‘zbekiston Respublikasi hududida qonun ustuvorligini taʼminlash, adolatni qaror toptirish, inson huquqlari himoyasi va yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirishdagi xizmatlaringizda omad va zafarlar yor bo‘lsin!

Sizlarni Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan 8-yanvar — Prokuratura organlari xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etamiz!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
15.3K views05:00
Ochish/sharhlash
2024-01-07 09:00:06
Qadrli yoshlar!

2024-yil "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"da qanday yangiliklar kutmoqdasiz?

Yoshlarning taklif va istaklarini o‘rganish, ular bilan ishlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, sohaga oid tizimni yanada takomillashtirish bo‘yicha so'rovnoma o'tkazilmoqda.

Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etib, barcha savollarni diqqat bilan o‘qib, o‘zingizga maʼqul kelgan javoblarni tanlashingizni so'raymiz.

P.S. So’rovnomada ishtirokingiz muhim ahamiyatga ega.

So'rovnomada ishtirok etish:

https://forms.gle/1pu6kKXTS9befwkD8
29.6K views06:00
Ochish/sharhlash