Get Mystery Box with random crypto!

Yoshlar ishlari agentligi

Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi Y
Telegram kanalining logotibi yoshlaragentligi — Yoshlar ishlari agentligi
Kanal manzili: @yoshlaragentligi
Toifalar: Siyosat , Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 69.92K
Kanalning ta’rifi

Yoshlar ishlari agentligining rasmiy Telegram sahifasi
• 📥 @yoshlarmurojaati_bot
• info@yoshlar.gov.uz
• ☎️ 1093
• Alisher Navoiy ko‘chasi, 11A uy
• gov.uz/yoshlar/
Ijtimoiy tarmoqlarda biz:
http://myurls.co/yoshlarishlariagentligi

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 8

2024-01-29 17:03:34
Ibrat Academy marafoni uchun ro’yxatdan o’tish tartibi

Ro’yxatdan o’tish yuqoridagi videoda ko’rsatilgan tartibda amalga oshiriladi.

Ilovani yuklab oling hamda g’oliblik uchun harakatni boshlang.

Havola — IOS
Havola
— Android

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
17.1K views14:03
Ochish/sharhlash
2024-01-29 15:46:01
Yilning eng kitobxon jamoalari

2023-yil davomida 80 mingdan ortiq kitobxonlarni jamlagan “Zukko kitobxon” tanlovining natijalari tuman (shahar)lar kesimida sarhisob qilindi.

Mazkur tanlov har oyda 2 bosqich (saralash va hududiy)da tashkil etilgan bo‘lib, unda har bir tuman (shahar)dan 1 ta jamoa (6 nafar ishtirokchi) saralanib hududiy bosqichlarda o‘zaro bellashdi. O‘tgan yil davomida eng ko‘p natija qayd etganligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rin tuman (shahar) jamoalari aniqlandi.

O‘z tuman (shahar)ingiz natijasini ushbu havola orqali bilishingiz mumkin.

#sarhisob

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
30.1K views12:46
Ochish/sharhlash
2024-01-29 10:02:16
#bilasizmi

Yoshlarga oid davlat siyosati dasturi nimalardan iborat?

2024-yilga mo'ljallangan Yoshlarga oid davlat siyosati amalga oshirish bo’yicha yoshlar dasturi haqida ma'lumotga egamisiz?

Batafsil videoda tomosha qiling!

YouTube orqali ko‘rish

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
40.1K views07:02
Ochish/sharhlash
2024-01-28 10:22:31
Chet elda oʻqish afsona emas…

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qo’llab-quvvatlanayotgan Oʻzbekistonlik.STUDENTS maxsus loyihasining 4-qism qahramonlari chet elda oʻqish afsona emas, balki haqiqat ekanligini yana bir bor isbotlamoqdalar. Doimo bilim egallash va nima boʻlishidan qat’iy nazar maqsad sari borish muhim.

Xorijda oʻqish narxi qancha?
Talaba qayerdan ish topishi mumkin?
Londonda yoʻqolib qolmaslik uchun nima qilish kerak?

To’liq filmni Youtubeda tomosha qiling

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
21.1K views07:22
Ochish/sharhlash
2024-01-27 17:30:00
Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi “Xalq xizmatchisi” nomli ijtimoiy videorolikni taqdim etdi.

Rolikda og‘ir ijtimoiy muhitdan ilmi va mehnati bilan chiqib, davlat xizmatiga ishga kirgan, odamlarning duosini olayotgan xalq xizmatchisi ichki kechinmalari, og‘riqlari, armonlari va maqsadlari aks etgan.

Yuqori sifatda tomosha qilish uchun havola ga bosing.

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
19.1K views14:30
Ochish/sharhlash
2024-01-27 11:53:39
Tez kunda “Yoshlar ovozi” — Boʻzatov Fest’ning 3-mavsumiga start beriladi!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
20.1K views08:53
Ochish/sharhlash
2024-01-26 11:29:48
26-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kuni!

Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan bojxona xizmati tizimlarida faoliyat yuritayotgan barcha bojxonachilarni kasb bayramlari bilan samimiy muborakbod etamiz. Yurt ravnaqi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishdan charchamang!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
17.4K views08:29
Ochish/sharhlash
2024-01-25 16:10:11
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da Xorazm yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratiladi?

25-yanvar kuni Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida tashkil etilgan press turda OAVlari yuqorida keltirilgan savolga javob olishdi.

Bugungi kunda yoshlar markazida “Ibrat farzandlari” filiali, “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” markazi, “Yosh fermerlar innovatsion maktabi”, “Yoshlar media markazi”, “Inklyuziv ta’lim markazi” sport to‘garaklari, hamda barcha turdagi zamonaviy kitoblarni o‘z ichiga olgan “Book cafe” yangicha formatda o‘z faoliyatini olib boryapdi. Yoshlar markazi binosi bir vaqtning oʻzida 500 nafarga yaqin yoshni turli xil tanlov va loyihalar orqali qamrab olish imkoniyatiga ega.

#Xorazm #YoshlarMarkazi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram Facebook YouTube
13.1K views13:10
Ochish/sharhlash
2024-01-25 11:06:02
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar uchun 25 ga yaqin imtiyozlar mavjud.

Yoshlar daftari — Ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi.

Imtiyozlar:


1. Bir martalik moddiy yordam

2. Yoshlarning tadbirkorlik va kasb-hunarga o‘qish xarajatlari qoplab beriladi

3. Yoshlarning avtomaktabda o‘qish xarajatlari qoplab beriladi

4. Dehqonchilik va tomorqa yuritish bilan shug‘ullanayotgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya beriladi.

5. Tadbirkorlik uchun ijara xarajatlari qoplab beriladi

Kerakli hujjatlarni ilova qilgan holda ariza topshirishingiz mumkin. Yoshlardaftari.uz

Batafsil

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
19.8K views08:06
Ochish/sharhlash
2024-01-23 17:16:48
Milliy terma jamoamiz pley-off bosqichiga yo‘llanmani naqd qildi!

Avstraliya 1:1 O‘zbekiston

Futbol bo‘yicha Qatar maydonlarida o‘tayotgan Osiyo Kubogi 3-turdan keyin "B" guruhidagi vaziyat:

1. Avstraliya
2. O‘zbekiston
3. Suriya
4. Hindiston

Hamyurtlarimiz navbatdagi bosqich 1/8 Finalda, "F" guruhida 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoaga qarshi bahs olib boradilar.

Olg‘a O‘zbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
@yoshlaragentligi Instagram Facebook YouTube
12.6K views14:16
Ochish/sharhlash