Get Mystery Box with random crypto!

Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohl | Xushnudbek.uz

Yaxshi xabar: O‘zbek tili izohli lug‘atining veb-sayti – izohli.uz ishga tushibdi

Ushbu sayt rasmiy maqomda bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ishlab chiqilgan.

Sayt bazasida O‘zbek tilining izohli lug‘atiga kiritilgan 80 mingdan ortiq so‘z va so‘z birikmalari joy olgan.

Bugun o‘tkazilgan taqdimotda mas’ullar kelgusida ushbu sayt yanada takomillashib, yangi funksiyalar va qulayliklar qo‘shilishi haqida ma’lumot berishgan.


@xushnudbek