Get Mystery Box with random crypto!

Buxoroda yangi xalqaro aeroport, quyosh elektr stansiyasi va g | Xushnudbek.uz

Buxoroda yangi xalqaro aeroport, quyosh elektr stansiyasi va gaz-kimyo majmuasi qurilishiga start berildi

— Kecha, 31-may kuni davlatimiz rahbarining Buxoro viloyatiga tashrifi Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qilishdan boshlandi;

— shundan soʻng, “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushgan birinchi zavod – umumiy qiymati 58 million dollar boʻlgan, metall quvurlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Enpipe” korxonasi faoliyati bilan tanishdi;

— Shavkat Mirziyoev, shuningdek, Buxoro viloyatida ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi bilan tanishdi. Investorlar va tarmoq rahbarlari yangi loyihalarni taqdimot qildi;

— koʻrgazmadan soʻng, uchta yirik loyiha – “Qorakoʻl” erkin iqtisodiy zonasida polimer mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan gaz-kimyo majmuasi, Olot tumanida 250 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasi hamda Buxoro tumanida yangi xalqaro aeroport qurilishiga start berildi;

— soʻngra, Prezident Qorakoʻl tumanida jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashdi;

— davlat rahbari tashrifning keyingi qismida Qorakoʻl tumanida “Yangi Oʻzbekiston” massivini borib koʻrdi;

— Prezident Qorakoʻl tumanida yangi loyiha asosida taʼmirlangan avtomobil yoʻlini koʻzdan kechirdi va avtomobil yoʻllarini qurish boʻyicha namunaviy loyihalar bilan tanishdi.


@xushnudbek