Get Mystery Box with random crypto!

Toshkentda bayram munosabati bilan tashkil etilgan tekinga nar | Xushnudbek.uz

Toshkentda bayram munosabati bilan tashkil etilgan tekinga narsalar tarqatish aksiyalari toʻxtatildi — Ichki ishlar vazirligi

Bugun, 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Ashxobod” sayilgohida tekinga oʻyinchoqlar tarqatilishi haqida eʼlon qilinishi ortidan soat 12:00 larda bogʻ atrofida va uning ichida tiqilinch vaziyat yuzaga kelgan. Shuningdek, sayilgoh yaqinidagi avtomobil yoʻllarida tirbandliklar kelib chiqqan.

Shu sababli Ichki ishlar vazirligi poytaxtda jamoat joylarida bayram munosabati bilan tashkil etilishi rejalashtirilgan bu kabi aksiyalar toʻxtatilganini maʼlum qildi.

Ayni paytda vaziyat toʻliq nazoratga olingani, tiqilinchlar va yoʻllardagi tirbandliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar amalga oshirilayotgani bildirildi. Yuzaga kelgan vaziyatda jarohatlanganlar va tobi qochganlar haqida maʼlumot kelib tushmagan.


@xushnudbek